I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari




Download 149,64 Kb.
bet19/25
Sana03.07.2024
Hajmi149,64 Kb.
#266440
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
alisher

Takrir - “takrorlash” ma'nosini ifodalovchi lafziy san'at bo`lib, she'rda u yoki bu so`zni takror qo`llashni nazarda tutadi. Takrorlash vositasida so'z ma'nosini, uning mohiyatini ta'kidlab ko`rsatish ushbu san'atning asosiy xususiyati sanaladi.
Kufr boshin kesting etib qahr fosh,
Boshig‘a far qolmadi jismig‘a bosh.

Eski amomaki bo‘lub pech-pech,


Pechdin o‘zga nima yo‘q anda hech.(HA)

Mukarrar” so'zi “qayta-qayta”, “ust-ustiga” ma'nolarini ifodalaydi. Shu nom bilan ataluvchi lafziy san'at esa baytning har ikki misrasida juft so`z qo`llashni nazarda tutadi. Atoulloh Husayniy o`zining “Badoyi'us-sanoyi’” asarida “Rashidi Vatvot depturkim, shuaro mukarrar deb andoq she’rni ayturkim, bir baytta bir lafzni keltirurlar va o`zga baytta aning ta'sirida o`shul lafzni yana keltirurlar”, – deb ta'kidlaydi va Asjadiy she'ridan misol keltiradi. Demak, allomaning yozishicha, ushbu san'atda bir baytning ikki misrasida keltirilgan ikki juft so`z keyingi bayt misralarida ham takrorlanishi kerak. Ammo she'riyatimizda mukarrarning boshqa bir ko`rinishi, ya'ni bir baytning har ikki misrasida juft so`z qo‘llash san’atidan ko`proq foydalanilgan.


Din chekibon motamig‘a hoy-hoy,
Piri xirad tifldek angusht xoy.

Dashtda otlig‘ ko‘runub xayl-xayl,


Zohir etib borchasi javlong‘a mayl.

Eski amomaki bo‘lub pech-pech,


Pechdin o‘zga nima yo‘q anda hech.(HA)

Qaytarilishga asoslangan badiiy san’atlardan yana biri bu tasbig‘ san’atidir. Bu san’at ilmiy manbalarda “tashobih ul-atrof” nomi bilan ham uchraydi. Bu san’atda oldingi gap, misra yoxud baytda qaytarilib, mazmuniy va fikriy izchillik ta’minlanadi. Ushbu san’atda misra va baytlarda zanjir hosil qilinadi.


Chunki nabiy mujdai jonon topib,
Mujdai jonon chu topib jon topib.

Ham Hamalu Savr berib jon anga,


Jon etibon ikkisi qurbon anga.

Shoh ila no‘sh qildi gulgun mo‘l,



Download 149,64 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Download 149,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari

Download 149,64 Kb.