I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari




Download 149,64 Kb.
bet2/25
Sana03.07.2024
Hajmi149,64 Kb.
#266440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
alisher

Mavzuning o‘rganilish darajasi. Ilmi qofiya va uning asarlarda qo‘llanilish chegarasini o‘rganish bo‘yicha deyarli ilmiy izlanishlar olib borilmagan, maxsus tadqiqotlar qilinmagan bo‘lsa-da, qofiya ilmiga doir ayrim ishlarni – rus sharqshunoslaridan P.A.Grintser, I.Y.Krachkovskiy, V.M.Jirmunskiy, A.B.Kudelin, I.V.Stebleva va boshqa ijodkorlarning arab, fors hamda turk qofiya ilmini chuqur o‘rganib, undan so‘ngra mazkur ilm yuzasidan nazariy qarashlarini bayon qilganliklarini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Shuningdek, qofiya ilmi yuzasidan XX asr boshlarida shakllangan nazariy qarashlarning ilk davrida Abdurauf Fitrat hamda Abdurahmon Sa’diyning ma’lumotlari ham e’tiborga molik.
Navoiy poetikasi yuzasidan Alibek Rustamov, Anvar Hojiahmedov, Yoqubjon Is’hoqov kabi olimlarimizning bir qator ishlari borki, biz ular orqali Navoiyning poetik mahorati va uning badiiy asarda yoritilishi yuzasidan atroflicha ma’lumotga ega bo‘lamiz. Navoiy ijodidagi qofiya yuzasidan aynan A.Rustamovning “Navoiyning badiiy mahorati” nomli ilmiy asari orqali “Xamsa” tarkibidagi bosh doston – tadqiqotimiz obyekti bo‘lgan “Hayrat ul-abror” dostonidan olingan misollar yordamida qofiya ilmi va uning ifodalanishiga doir ko‘plab ilmiy ma’lumotlarni olishimiz mumkin3. Bizning tadqiqotimiz ushbu asardan farq qilgan holda, qofiyaga doir barcha nazariy bilimlarni “Hayrat ul-abror” dostoni vositasida amaliy ko‘rsatib berish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, A.Hojiahmedovning “Navoiy aruzi nafosati” nomli asarida ham qofiyaning dostonlarda qo‘llanilishi yuzasidan qimmatli manbalar keltirilgan4.
Shu bilan birga, M.Akbarovaning “Alisher Navoiy g'azallarida qofiya” mavzusidagi tadqiqoti Navoiy g'azallarida qo'llanilgan qofiya turlarini aniqlanganligi bilan e'tiborga molik. Tadqiqotchi qofiyaning 55 turi borligi, uning turkiy she'riyatda 25 ga yaqini qo'llanilganligini keltirish barobarida Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida shoir bularning 23 tasidan samarali foydalanganligini e'tirof etadi5. Biroq she'rshunoslik ilmining badiiy qiymatini belgilovchi dostonlardagi qofiya turlari, ularning mazmun va shakl bilan o'zaro munosabatini ilmiy muammo sifatida fundamental o'rganilmaganligi va bu kabi dostonlarning hali hech biri mukammal ravishda qofiyaviy birliklar sathida qiyosan tadqiq etilmaganligi, dostonlarning har biri alohida yaxlit qofiya jihatdan tahlil etilmaganligi mazkur magistrlik dissertatsiyasining avvalgi ilmiy ishlardan farqini tashkil etadi.

Download 149,64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 149,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari

Download 149,64 Kb.