|
Tadqiqot ishining obyekti va predmeti
|
bet | 3/25 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 149,64 Kb. | | #266440 |
Bog'liq alisherTadqiqot ishining obyekti va predmeti. Magistrlik dissertatsiyasining obyekti sifatida Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni va dostonning poetik jihatlarini o‘rganishda foydalaniladigan adabiyotshunoslik manbalari tanlab olindi.
Tadqiqotimizning predmeti qofiya ilmi, ilmi qofiyaga bag‘ishlangan ilmiy asarlar va tadqiqotlar. Mumtoz adabiyotshunoslikda ilmi qofiya, ilmi aruz va ilmi bade’ga bag‘ishlangan asarlar yaratgan Atoullo Husayniy, Shayx Ahmad Taroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va yana bir qancha mumtoz manbalardagi nazariy fikrlarga tayanildi. Mumtoz adabiyotimizni poetik jihatdan o‘rgangan Anvar Hojiahmedov, Alibek Rustamov, Hamidulla Boltaboyev, Yoqubjon Is’hoqov, Izzat Sultonov, Shuhrat Sirojiddinov, Aftondil Erkinov, Dilnavoz Yusupovalarning tadqiqotlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Mumtoz adabiyotimizda qofiyadan foydalanish shoir badiiy mahoratining muhim qirralaridan biri bo‘lib hisoblangan. Mumtoz qofiya yuzasidan shu kunga qadar birmuncha tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsa-da, hali talaygina tadqiqotlar qilish ilm ahlining oldidagi vazifalar bo‘lib turibdi. Shu ma’noda, qofiyaning xususiyatlarini o‘rganish bugungi kunning dolzarb talabiga aylanmoqda.
Mazkur dissertatsiya orqali Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni qofiyasiga doir izlanishlarning yoritib berilishi maqsad qilib qo‘yilgan. Shu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish magistrlik ishimizning asosini tashkil etadi:
“Hayrat ul-abror” dostonida qofiyaning qo‘llanilish darajasini o‘rganish;
qofiyalarning shakl va mazmun mutanosibligini ro‘yobga chiqarishdagi ahamiyatini o‘rganish;
har bir qofiya turning o‘ziga xosliklarini aniqlash;
vaznning qofiyaga va qofiyaning vaznga ta’sirini o‘rganish;
qofiyada qo‘llaniladigan badiiy san’atlarning yuzaga kelish omillarini aniqlash;
radif va hojibning qofiya bilan munosabatini o‘rganish;
qofiya ayblarining yo‘l qo‘yilish sabablarini o‘rganish;
ilmi qofiyaning mumtoz poetikada o‘rganilish tarixini tadqiq qilish va mumtoz asarlarning bugungi kun qofiya mumammolariga ta’sirini izohlash;
adabiyotshunoslik sohasidagi har bir o‘zbek farzandi uchun mumtoz adabiyotining nechog‘lik bebaho va qimmatli ekanligini anglatish.
“Hayrat ul-abror” dostoni orqali Alisher Navoiyning qofiya qo‘llash mahorati va qofiya, vazn, radif hamda badiiy san’atlarning munosabati yuzasidan izlanishlar olib borish, undan olingan yangiliklar va xulosalarni ilm ahliga taqdim etish ishimizning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
|
| |