I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari




Download 149,64 Kb.
bet9/25
Sana03.07.2024
Hajmi149,64 Kb.
#266440
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
alisher

Muassas qofiya. Qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi yana bir turi muassas qofiya bo‘lib, bu qofiya ta’sisli qofiya deb ham ataladi. Bunday qofiya turida cho‘ziq “o” unlisi bilan raviy o‘rtasida bir undosh va undan keyinbir unli keladi. Cho‘ziq “o” unlisi ta’sis deb, undan keying undosh daxil deb, raviy oldidagi qisqa unli esa ishbo‘ deb ataladi15. Muassas qofiya raviy harfidan keyin harflarning qo‘llanilish va qo‘llanilmasligiga ko‘ra muqayyad va mutlaq ko‘rinishlariga ega bo‘ladi. Alisher Navoiy ijodida muassas qofiyaning ko’p turlari qo‘llanilgan. Masalan, ta’sisli muqayyad qofiya. Bunda raviydan oldin bir harakatli bir undosh, undan oldin esa cho‘ziq “o” unlisi, ya’ni, ta’sis keladigan qofiya.
Ko‘rguzibon loba malohat uza,
Lobasi tuz sepsa jarohat uza.

Shohidi gul husnu namoyish uchun,


Xon olib ilgiga kushoyish uchun. (HA)
Raviy harfidan so‘ng harflarning ishtirokiga ko‘ra ta’sisli qofiyaning bir necha mutlaq turlari dostonda qo‘llangan.
Ta’sisli mutlaq – vasl
Oni dog‘i qilma saxo doxili,
Kim kishini tomiami komili.
Baytda doxili-komili so‘zlari o‘zaro qofiyalanib kelgan. Raviy harfi “l” va undan so‘ng kelgan “i” unlisi vasl.
Ta’sisli mutlaq – xuruj
Bo‘lmadi bas noqisu komilda farq,
Topmag‘ay el olimu johilda farq.
Baytda komilda-johilda so‘zlari qofiyadosh bo‘lib kelgan va raviy harfi “l” undoshi. Raviydan so‘ng joylashgan “d” undoshi vasl, vasldan so‘ng joylashgan “a” unlisi xuruj.
Ta’sisli mutlaq – mazid
Aytmakim, to‘mai qobildur ul,
Boshdin ayoq zahri halohildur ul.
Baytda kelgan “ul” so‘zi radif, radifdan oldin joylashgan qobildur-halohildur so‘zlari qofiya. Har ikkala qofiya bo‘lib kelayotgan so‘zlardagi “l” undoshi raviy. Raviydan keyin ketma-ketlikda joylashgan “d” undoshi vasl, “u” unlisi xuruj, “r” undoshi esa mazid.

Download 149,64 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Download 149,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari

Download 149,64 Kb.