|
I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari
|
bet | 10/25 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 149,64 Kb. | | #266440 |
Bog'liq alisherMuqayyad qofiya. Qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra turi to‘rtta bo‘lib, oxirgi ko‘rib o‘tadigan qofiya turi muqayyad qofiyadir. “Arab tilida “bog‘langan”, “kishanlangan” kabi ma’nolarni bildiruvchi qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi bu turi qaydli qofiya deb ham nomlanadi. Ma’lumki, “qayd” so‘zi arab tilida “kishan” degan ma’noni bildiradi. Bunday qofiya turida o‘zak tarkibida qisqa unlidan so‘ng qator undosh keladi. Shuni esda saqlash kerakki, qator undoshdan oldin faqat qisqa unli kelishi shart, agar cho‘ziq unlilardan birortasi kelsa, demak bunday qofiya murdaf qofiyaning ridfi zoyid turiga kiradi. Qaydli qofiyada qisqa unli hazv, raviydan oldin turgan undosh qayd deb ataladi”16.
La’li mayi aqlni mast aylasa,
Mast nekim, bodaparast aylasa.
Ushbu baytda mast-bodaparast so‘zlari o‘zaro qofiyadoshlikni hosil qilgan. Qofiya bo‘lib kelgan har ikkala so‘zda “t” undoshi raviy, undan oldin turgan “s” undoshi esa qayddir. Qayddan oldin joylashgan qisqa “a” unlisi hazv hisoblanadi.
Qaydli qofiyaning ham raviydan so‘ng qo‘shimcha harflar kelish yoki kelmasligiga ko‘ra muqayyad va mutlaq turlari bor. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan bayt qaydli muqayyad qofiya edi. “Hayrat ul-abror”da muqayyad qofiyaning ham bir necha turidan unumli foydalanilgan.
Qaydli mutlaq – vasl:
Qaysi quyosh, bazmfuruzanda o‘t,
Dema furuzandaki, so‘zanda o‘t.
Shart bukim, yetsa gazande sanga,
Solsa falak hilasi bande sanga. (HA 150)
Qaydli mutlaq – xuruj:
Mehr eliga javrmu erdi ekin?
Qoida bu tavrmu erdi ekin?
Qaydli mutlaq – mazid:
Chun tushubon nayza aduv farqig‘a,
O‘xshabon ul lahza balo barqig‘a (HA 53)
Charx kibi yetsa zabardastliq,
Yer quyisida tilamak pastliq. (HA 117)
Muqayyad qofiya dostonda murdaf qofiya va mujarrad qofiya kabi ko‘p qo‘llanilmagan bo‘lsa-da, shoirning badiiy maqsadini amalga oshirishda qo‘llagan qofiyalar ohangining go‘zal bo‘lishini ta’minlagan. Shuni e’tiborga olish lozimki, “Hayrat ul-abror” dostonida muqayyad qofiya murdaf qofiyaning ridfi zoyid turidan ko‘ra ko‘proq qo‘llanilgan.
|
| |