|
I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari
|
bet | 1/25 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 149,64 Kb. | | #266440 |
Bog'liq alisher
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………………2
I BOB ORIF ARDABIY VA ALISHER NAVOIY DOSTONLARNING KOMPAZATSION QURILISHI VA SYUJET XUSUSIYATLARI
Ilmi qofiyaning yuzaga kelishi, uning turlari va o‘zbek mumtoz adabiyotdagi ahamiyati ………………………………………………………………10
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra turlarining qo‘llanilishi…………………………………………..17
Qofiyaning tuzilishiga ko‘ra turlari va ularning o‘zak tarkibiga ko‘ra tasniflanuvchi qofiya turlari bilan munosabati…………………………29
II BOB “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA QOFIYA SAN’ATLARI TADQIQI
2.1. Qofiya san’atlari. Tarse’ san’ati……………………………………….37
2.2. Zulqofiyatayn va zulqavofe’ san’atlari………………………………...40
III BOB QOFIYA, VAZN, RADIF VA BADIIY SAN’ATLAR MUNOSABATI. QOFIYA AYBLARI
3.1. Qofiya va vazn munosabati…………………………………………….46
3.2. Qofiya va radif munosabati…………………………………………….49
3.3. Qofiya va badiiy san’atlar munosabati…………………………………53
3.4. Qofiya ayblari…………………………………………………………..65
XOTIMA
Umumiy xulosalar…………………………………………………………....75
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
………………………………………………………………………………..80
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya, ilm-ma’rifat, adabiyot sohalarida olib borilayotgan islohotlar fikrimizning isboti. Oxirgi yillar ichida “Yangi O‘zbekiston” tushunchasi real voqelikka aylanib bormoqda. Bu yangilanishlarning mazmun-mohiyatini birinchi navbatda nimalarda ko‘rishimiz mumkin? Avvalo, shuni aytishimiz kerakki, o‘z yurtida ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan har qanday xalq, har qanday millat mashaqqatli taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi. Xalq ilm-ma’rifatli bo‘lsagina, haqiqiy taraqqiyotga erishiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “…har qaysi xalq hayotidagi ma'naviy uyg'onish jarayonlari milliy o‘zlikni anglashga olib keladi1” degan so‘zlaridan ham adabiyot xalq ma’naviyatini yuksaltirishda katta o‘rin tutishini anglash qiyin emas. Biz bugun adabiyotimizni har tomonlama chuqur o‘rganib, yosh avlodga ham foydasi tegadigan tadqiqotlarni amalga oshirishimiz oldimizdagi muhim vazifadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmoni, uning uzviy davomi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 117-sonli qarori ham aynan tilimiz va adabiyotimizni o‘rganish millat yuksalishida katta ahamiyat kasb etishini dalillaydigan hujjatlardir.
Davlatimiz rahbari tomonidan barcha sohalar bilan bir qatorda bebaho xazinamiz bo‘lmish mumtoz adabiyotimizni, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini o‘rganish borasida yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar beqiyosdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotni xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida keltirilgan quyidagi fikrlar mumtoz adabiyotimiz, uning boy merosini yanada chuqurroq tahlil qilishga qaratilgan ishlar ko‘lamini belgilashga xizmat qiladi: “… o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotni xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga ega2”.
Qofiya ilmining adabiy ilmlar uchligida alohida olingan bir soha sifatida o‘rganilishi barchaga ma’lum, uning nazariy masalalariga doir fikrlar talaygina. Biz mazkur dissertatsiyamizda bevosita nazariyaning amaliyotga tatbiqi bo‘lgan – qofiyaning dostonlarda qo‘llanilishi, she’riy unsurlarning munosabati va ularning o‘ziga xos xususiyatini ochib berishga harakat qildik.
Alisher Navoiy dostonlarida qo‘llanilgan qofiya turlari va ularning tarkibiy qismlarini o‘rganish davomida Navoiyning poetik mahorati nechog‘liq yuksakligini yana bir karra ko‘rsatishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Alisher Navoiyning ijod mahsuli bo‘lgan “Hayrat ul-abror” dostonini o‘rganar ekanmiz, muallif ifodalamoqchi bo‘lgan g‘oya va maqsadlarni she’riy unsurlar vositasida naqadar mohirlik bilan yoritganligini ko‘rsatib berishga harakat qildik. Shu ma’noda dostondagi shaklning mazmunni ifodalashdagi jihatlariga e’tibor qaratish bilan bog‘liq masalalar bugungi kun adabiyotshunosligimizda hali to‘la yoritilmagan va bu boradagi tadqiqotlar deyarli amalga oshirilmagan edi, bu esa magistrlik dissertatsiyamiz mavzusining dolzarbligini bildiradi.
|
| |