• Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
  • Ishning asosiy manbalari
  • Tadqiqotning metodi va metodikasi.
  • I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari




    Download 149,64 Kb.
    bet4/25
    Sana03.07.2024
    Hajmi149,64 Kb.
    #266440
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    alisher

    Ilmiy yangiligi. Shu kunga qadar qofiya faqat shakliy jihatdan tadqiq etilganligini hisobga olgan holda, ushbu tadqiqotda qofiya faqat shakliy jihatdan emas, balki mazmunga bo‘lgan ta’siri jihatdan ham o‘rganilgan. Alisher Navoiy ijodida qaysi qofiya turning ahamiyati katta bo‘lganligi va har bir qofiya qo‘llanilishida mazmunga aloqador izchillikda bo‘lishi, har bir qofiya turi o‘zi qo‘llanayotgan baytning ohangi, o‘quvchiga baxsh etadigan ruhiy-hissiy kayfiyatini yuzaga chiqarishda muhim rol o‘ynashini aniqlash ushbu tadqiqotimizning shu kungacha qilingan ishlardan farqli jihatidir.
    Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqot ishining asosiy masalalari: mavzuni belgilash, qamrab olingan jihatlarni ketma-ket va izchillikda o‘rganish, tadqiqot jarayonidagi natijalarni mustaqil yondashuv asosida yoritish.
    Ushbu tadqiqot orqali bo‘lajak adabiyotshunoslarning poetika, xususan, mumtoz poetika unsurlari borasidagi bilimlarini takomillashtirish farazi ko‘zda tutilgan. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan nazariya va tajribadan iborat. Tadqiqot ishidan olingan natijalar va xulosalar kelgusida qofiya yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar uchun manba bo‘lib xizmat qilishi ushbu dissertatsiyaning yana bir farazidir.
    Ishning asosiy manbalari. Magistrlik dissertatsiyamizga asosiy manba sifatida Alisher Navoiyning 20 jildlik Mukammal asarlar to‘plamining 7- jildi, 10 jildlik To‘la asarlar to‘plamining 5-jildi, Aziz Qayumov boshchiliga to‘plab nashrga tayyorlangan 2006-yilda chop etilgan “Hayrat ul-abror” dostoni, Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarlari asos qilib olindi. Shuningdek, zarur o‘rinlarda mumtoz poetikada qofiya ilmiga doir yaratilgan arab va fors-tojik, risolalaridan ham qiyos uchun foydalanildi.
    Tadqiqotning metodi va metodikasi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning kitob va nutqlarida ilgari surilgan fikrlar ushbu magistrlik dissertatsiyasining metodologik asosini tashkil etadi.
    Qofiya ilmini o‘rganish juda qadim davrlarga borib taqalishi bilan birga bu sohada qalam tebratgan ijodkorlar ham talaygina. Xususan, qofiya ilmi yuzasidan ilk nazariyalarga asos solgan arab adabiyotshunosligi ko‘plab namoyondalarni yetishtirgan. Shunday olimlaridan – Ibn Qutayba, Qudama ibn Ja’far, Asmaiy kabilar mumtoz she’riy unsurlarga oid ish olib borgan bo‘lsalar, fors ijodkorlaridan Shams Qays Roziy, Abdurahmon Jomiy, Vohid Tabriziy, Nosiriddin Tusiy, Shams Faxriy Isfahoniy, Yusuf Aziziy hamda Husayn Voiz Koshifiylarning ijodlarini misol qilib ketiramiz. Turkiy ijodkorlardan Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarida ham qofiya ilmi yuzasidan atroflicha ma’lumotlar beriladi. Xorazimiyning qofiya borasidagi ilmiy merosi bugungi kunda ham tadqiqotchilar nigohida. Forobiy, Beruniylarning aynan qofiyaga doir asarlari bo‘lmasa ham, ular ham mazkur ilm yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini keltirib o‘tganligini ilmiy manbalarimiz orqali bilishimiz mumkin.
    Mumtoz adabiyotshunoslikda ilmi qofiya, ilmi aruz va ilmi bade’ga bag‘ishlangan asarlar yaratgan Atoullo Husayniy, Shayx Ahmad Taroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va yana bir qator mumtoz manbalardagi nazariy fikrlarga tayanildi. Shuningdek, Navoiy poetikasi masalalariga e’tibor qaratgan Anvar Hojiahmedov, Alibek Rustamov, Yoqubjon Is’hoqov, Izzat Sultonov, Hamidulla Boltaboyev, Shuhrat Sirojiddinov, Aftondil Erkinov, Dilnavoz Yusupova, Olim Davlatov kabi olimlarning ishlarida ilgari surilgan badiiy ijod va poetik mahoratga oid fikr-qarashlarga tayanildi.
    Ishda emperik-nazariy tadqiqot metodlaridan struktural, statistik va tahliliy metodlardan foydalanildi. Shuningdek, emperik tadqiqot metodlaridan ham foydalanildi. Nazariy tadqiqot metodi sifatida umumlashtirish metodidan foydalanildi. Bunda tadqiqotdan kelib chiqqan natijalar umumlashtirib, umumiy xulosalar berildi.

    Download 149,64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 149,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari

    Download 149,64 Kb.