|
I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari
|
bet | 14/25 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 149,64 Kb. | | #266440 |
Bog'liq alisherDoirani juz bu sifat tuzmayin,
Silsilani bir-biridin uzmayin
baytida doirani-silsilani qofiyalari zulqofiyatayndagi qo‘sh qofiyaning birinchisi bo‘lib, ular misralarning boshida kelgan. Ikkinchi qofiya tuzmayin-uzmayin so‘zlari esa misralarning oxirida joylashgan. Bundan ko‘rishimiz mumkinki, ushbu baytda mahjub qofiya qo‘llanilgan. Zulqofiyataynning mahjub turini mukammalroq tushuntirish maqsadida yana bir baytni ko‘rib chiqamiz.
Bir-birig‘a bo‘yla tuzub marhala,
Silsilag‘a bog‘lanibon silsila.
Bu baytdagi bir-birig‘a- silsilag‘a so‘zlari misralar boshida qofiyadosh bo‘lib kelayotgan bo‘lsa, marhala-silsila so‘zlari misralar oxiridagi qofiyani tashkil etgan. Ko‘rib turganimizdek, baytda mahjubi zulqofiyatayn yuzaga kelgan.
Qofiya san’atlaridan yana biri zulqavofiy deb nomlanadi. Zulqavofiy san’atida qofiya bo‘lib kelayotgan so‘zlarning soni ikkitadan ortiq bo‘lishi talab etiladi. Agar ikkita qofiya qo‘llansa, zulqofiyatayn bo‘lishini ko‘rib o‘tgan edik. Demak, zulqavofiyda uchta va undan ortiq so‘zlar qofiya bo‘lib kelishi kerak.
Shahr aro po‘ya urdi ko‘y bako‘y,
Telba yanglig‘ yugurdi so‘y baso‘y.
Bu baytda urdi-yugurdi, ko‘y-so‘y, bako‘y-baso‘y so‘zlari qofiya bo‘lib kelgan. Qofiya ikkitadan ortiq bo‘lganligi uchun zulqavofiydir.
Shayx Ahmad Taroziy “Funun ul-balog‘a” asarida zulqofiyatayn san’atini zulqavofiy san’atining ichida ekanligini aytib o‘tadi. Aslida ham ikkala san’at o‘rtasida u qadar katta farq ko‘zga tashlanmaydi. Ammo qofiya san’atlari shaklga asoslanganligi uchun ham qofiya bo‘lib kelayotgan so‘zlarning soni katta ahamiyat kasb etadi. Shuni hisobga oladigan bo‘lsak zulqavofiy san’ati zulqofiyatayndan kengroq. Zulqavofiyning ichida zulqofiyatayn mavjud bo‘lishi mumkin, lekin zulqofiyataynning ichida zulqavofiy bo‘lishi mumkin emas. Shu jihatdan Taroziyning ushbu san’atlar xususidagi fikri asoslidir.
Zulqavofiy san’ati ham zulqofiyatayn kabi mutakarrin – ketma-ket yoki mahjub – turli o‘rinlarda joylashgan bo‘lishi mumkin.
Bo‘ldi risolat durining maxzani,
Balki nubuvvat gulining gulshani.
Halqa bo‘lub javhari ulviy xirom,
Xotam anga nuqtayi sifliy maqom.
Kishvar anga nuru safo xittasi,
Anshi etib hamdu sano xutbasi.
Ushbu baytlarda qofiya bo‘lib kelayotgan har uchala so‘z ketma-ket joylashgan bo‘lib, mutakarrini zulqavofiy hosil bo‘lgan. Quyidagi baytlarda esa bu holatning aksini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni qofiya bo‘lib kelayotgan so‘zlar ketma-ket joylashmagan.
|
| |