I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari




Download 149,64 Kb.
bet22/25
Sana03.07.2024
Hajmi149,64 Kb.
#266440
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
alisher

Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar
Bobda keltirilgan misollar va nazariyalardan shu narsa ravshanlashadiki, Navoiy o‘zining lirik hamda liro-epik asarlarida ohangdorlik, musiqiy jozibadorlikni ta’minlashga harakat qilar ekan, vazn, qofiya, radif kabi unsurlarning bir-biriga aloqador holda mushtaraklik kasb etishini ta’minlaydi. Tanlangan o‘lchovlar qofiya va radif bilan birgalikda uyg‘unlik hosil qilsagina ijodkor niyatini, g‘oya va maqsadlarini, qahramonlar qiyofasini hamda ruhiyat tasvirlarini ochib berishi mumkin. Biz tahlilga tortgan ikki doston ham ayni shu kabi qonuniyatlar zamiriga qurilgan. Buyuk ijodkorning qofiya san’atlari, badiiy san’atlar, qofiya, vazn, radif munosabati o‘zaro hamkorlikda shoir mahoratini yana bir karra namoyon qilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, XV asrdan boshlab, baytning vaznini, qofiyasini to‘g‘ri qo‘llay bilish juda muhim sanalgan. Ushbu davr ijodkorlari asarlarini kuzatish davomida bunga guvoh bo‘lamiz. Alisher Navoiy dostonlarini tadqiq qilish mobaynida duch kelgan bu kabi saktaliklarimizni esa bu hajman ancha katta va ma’lum bir sujet asosiga qurilgan asar bo‘lganligi bois bo‘lsa kerak deb taxmin qildik. Doston ma’lum bir voqelikni bayon qiladi. Uning tarkibida qahramonlar harakatlanadi, joylar o‘zgaradi, narsa-buyum nomlarigacha izohlanadi. Ayni shu jihatdan bu kabi holatlar onda-sonda uchrab qolishi mumkin.
Biz shuni alohida ta’kidlab aytmoqchimizki, Navoiy davriga kelib, ya’ni XV asr ijodkorlarining asarlarida qofiya ayblari deyarli uchramaydi. Bu davrdan boshlab ijodkorlarning barchasi vazn, qofiya kabi unsurlarning qonun-qoidalari asosida she’r bitishni asosiy talab sifatida baholaganlar va bunga qat’iy amal qilganlar. “Hayrat ul-abror” dostonini tahlil qilishimiz davomida qofiya ayblariga deyarli duch kelmadik. Bu ham Navoiy ijodining benazir va yuksak iste’dodidan darak beradi.
Dostonni o‘qish va undagi bir-biriga hamohang jumlalarni kuzatar ekanmiz, ularning biri ikkinchisini o‘zaro taqozo etgan deb aytishimiz mumkin. Qofiya turlari ham shunday ketma-ketlikda joylashtiriladiki, biri ikkinchisining xususiyatiga aslo ta’sir o‘tkazmaydi. Qofiya ayblarining dostonlarda uchrashi tabiiy edi, chunki juda katta hajmli bu asarlarni yaratish ijodkordan o‘ta mashaqqatli mehnat talab qiladi. Ammo mana shu kabi murakkab vazifalar ichida ham baytlarga mas’uliyat va talabchanlik bilan yondoshgan Alisher Navoiy ijodi tahsinga sazovor. Dostonni varaqlab qofiya ayblarini qidrmoqchi bo‘lgan har qanday tadqiqotchi baytlar ohanggi, qofiyaviy moslik, vazn va ritmning uyg‘unligiga hayratlanmay qolmaydi.
Agar baytlardagi qofiyalar bir-biriga muvofiq kelmaganda edi, bu kabi musiqiy ohang vujudga kelmagan bo‘lardi. Har bir baytlarning o‘zaro mosligi asosida doston xuddi kuyga solinganday o‘qiladi va o‘quvchiga zavq beradi.
Umuman olganda, dostonlarni o‘rganish davomida ularning vazni, qofiyasi ayni shu dostonlarni yuzaga keltiruvchi asosiy unsur ekanligi va bu yozuvchining mahoratini ko‘rsatib beruvchi omil bo‘lganligini kuzatdik. Bu kabi izlanishlar davomiy bo‘lib, ilm-fanda ochilmagan yoki hanuzgacha hal qilinmay turgan masalalarga oydinlik kiritishiga shubhamiz yo‘q.


Download 149,64 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 149,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari

Download 149,64 Kb.