Mo‘l alar chehrasin qilib gul-gul




Download 149,64 Kb.
bet20/25
Sana03.07.2024
Hajmi149,64 Kb.
#266440
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
alisher

Mo‘l alar chehrasin qilib gul-gul.
Dedi donoki, ulki, derlar zol,
Zoldek men yasabmen ul timsol.(HA)

Radd ul-qofiyа (arabcha – qofiyaning takrorlanishi) – g‘azal yoki qasida matla'idagi qofiyaning undan keyingi baytlardan birida yoki maqta'da takrorlanishiga asoslangan badiiy san'at. XVI asrgacha yaratilgan poetikaga doir manbalarda “iyto” deb yuritilgan. Sakkokiyning “Miftoh ul-ulum”, Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam” (1218-1233), Nasiriddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or”, Husayn Voiz Koshifiyning “Badoyi' ul-afkor fi-sanoyi' ul-ash'or”, Abdurahmon Jomiyning “Risolai qofiya”, Atoulloh Husayniyning “Risolayi vofiy dar qavoyidi ilmi qavofiy” asarlarida mazkur san'at haqida ma'lumotlar keltiriladi. Ushbu asarlarning deyarli barchasida iyto qofiya nuqsonlaridan biri sifatida e'tirof etilib, agar takrorlanuvchi qofiyalar orasida muayyan masofa bo‘lsa (g‘azal va qit'ada 7 baytdan keyin, qasidada esa 14-20 baytdan keyin) yoki she'r ikki matla'ga ega bo‘lsa (she'r o‘rtasida yana bir qo‘sh qofiyalanuvchi bayt kelsa), iytodan foydalanish mumkin degan umumiy xulosa aytiladi. Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarida radd ul-qofiya san'ati radd ul-matla' tarkibida tahlil qilinib, risolada keltirilgan radd ul-matla'ning ikkinchi va uchinchi turlari aynan radd ul-qofiya san'atiga mos keladi: “Ikkinchi nav'i ulkim, avvalgi misra'ning qofiyasini maqta'ning oxirinda radd qilurlar... Uchinchi nav'i ulkim, avvalgi misra'ning qofiyasini ikkinchi bayt yo uchinchi baytta radd qilurlar”. Bunda muallif san'atining matla'dagi qofiyaning maqta'da yoki ikkinchi va uchinchi baytlardan birida takrorlanishiga asoslanishini ta'kidlayapti. Alisher Navoiy g‘azaliyotida ushbu san'at ancha faol qo‘llanilgan bo‘lib, “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida uning turli ko‘rinishdagi 450 dan ortiq namunalarini uchratish mumkin24. Radd ul-qofiya qofiya bilan bog‘liq san’at bo‘lishiga qaramay, uni dostonlar tarkibida o‘rganib bo‘lmaydi. Buning sababi bu san’atni hosil qilish uchun, aytib o‘tilganidek, matla’ bo‘lishi talab etiladi.


Qofiya va she’riy san’atlar haqida juda ko’p bahs va munozaralar bayon etilgan, o’nlab ilmiy asarlar yaratilgan. Mumtoz adabiyotimizda yuzdan ziyod ma’naviy, lafziy va mushtarak хаrakterdagi badiiy san’atlar mavjud. Ular asosan she’riy asarlar tarkibida ko’proq qo’llaniladi.
Qofiya va she’riy san’atlar haqida juda ko’p bahs va munozaralar bayon etilgan, o’nlab ilmiy asarlar yaratilgan. Mumtoz adabiyotimizda yuzdan ziyod ma’naviy, lafziy va mushtarak хаrakterdagi badiiy san’atlar mavjud. Ular asosan she’riy asarlar tarkibida ko’proq qo’llaniladi.


Download 149,64 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 149,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mo‘l alar chehrasin qilib gul-gul

Download 149,64 Kb.