|
I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari
|
bet | 15/25 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 149,64 Kb. | | #266440 |
Bog'liq alisherHam uchurib zuhdu vara’ xirmanin,
Ham sovurub sabru sukun maskanin.
Ham to‘quz aflokni chekting rafe’,
Ham kurai xokni yoyding vase’.
Keltirilgan baytlarda qofiya bo‘lib kelayotgan so‘zlar misralarning turli o‘rinlarida joylashgan. Bu hodisa mahjubi zulqavofiy deb nomlanadi.
Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida qofiya san’atlaridan unumli foydalanganligi bilan bir qatorda qofiyadoshlikni hosil qilishda ham mazmun va shaklning uyg‘un bo‘lishiga katta e’tibor qaratgani sir emas. Shu o‘rinda qofiyadoshlik yuzaga kelishi uchun qanday usullardan foydalanish mumkinligiga ham to‘xtalib o‘tsak. Qofiya hosil bo‘lishi uchun misra oxiridagi yoki radifdan oldingi so‘zlar qofiyadosh bo‘lishi kerak. Qofiyadoshlik quyidagi turlarga bo‘linadi:
o‘zak + o‘zak
Kimki g‘animat uchun aylar g‘azo
Man’i shahodat anga basdur jazo.
Borcha jahon ahlig‘a zoti nihon,
Mazhari asmou sifoti jahon.
Birinchi misrada kelayotgan g‘azo-jazo yoki ikkinchi misrada kelayotgan zoti nihon-sifoti jahon so‘zlari o‘zagida qofiyadoshlik yuzaga kelgan.
o‘zak + qo‘shimcha
Amr bo‘lub tavba desa chin durur
Gar oni hifz etmasalar sindurur.
Lillah esa yaxshiroq eldin qiroq,
Haq chu bilur, bilmasa el yaxshiroq.
Ikkinchi usulda o‘zak va qo‘shimcha o‘rtasida qofyadishlik shakllangan bo‘lishi kerak, xuddi keltirilgan baytlardagi kabi: durur-sindurur, qiroq-yaxshiroq.
qo‘shimcha + qo‘shimcha
Shod ani bil dahrda kim g‘am yemas
Dah rishi chun g‘am yegali arzimas.
Bir-birig‘a bo‘yla tuzub marhala,
Silsilag‘a bog‘lanibon silsila.
Uchinchi usulda qofiyadoshlik har ikkala so‘zning o‘zagida emas, balki qo‘shimchalarida bo‘lishi kerak. Birinchi baytdagi yemas-arzimas qofiyalarida qo‘shimchalar o‘rtasida qofiyadoshlik mavjud. Ikkinchi baytda bir-birig‘a-silsilag‘a so‘zlarida ham qo‘shimchalar qofiyadosh bo‘lib kelmoqda.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, qofiya san’atlari doston yoki she’riy asarlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini ochishda va mazmun va shaklning uyg‘unligida katta ahamiyat kasb etadi. Qofiyadoshlik turlaridan unumli foydalanish va qofiya san’atlarini qo‘llash ijodkor asarining yanada ohangdor va ulug‘vor bo‘lishiga xizmat qiladi.
|
| |