• III BOB QOFIYA, VAZN, RADIF VA BADIIY SAN’ATLAR MUNOSABATI. QOFIYA AYBLARI 3.1. Qofiya va vazn munosabati
  • I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari




    Download 149,64 Kb.
    bet16/25
    Sana03.07.2024
    Hajmi149,64 Kb.
    #266440
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
    Bog'liq
    alisher

    Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
    Qofiyalanuvchi soʻzlarning uygʻunligi, miqdori, mazmuni, oʻrni va fonetik tarkibiga qarab, qofiyaning zulqofiyatayn (qoʻsh qo‘shqofiyalilik), tarseʼli (baytning har ikki misrasidagi barcha soʻzlarning oʻzaro ohangdosh, vazndosh boʻlib kelishi), tasviriy, tashxisli, tashbehli, tajnisli, takrirli kabi turlari farqlanadi va ularning har biri oʻzbek sheʼriyatida ham muhim shakliy va mazmuniy vazifa bajaradi. Sheʼriy misraning boshlanishi yoki oʻrtasida, oxirida kelishiga qarab esa qofiyaning anaforik, ichki va epiforik turlari farqlanadi.
    Anaforik qofiyada qofiyadosh so‘zlar misraning boshida qo‘llaniladi. Ichki qofiyada asosiy qofiyadan tashqari, misraning o‘rtasida ham qofiyadosh so‘z qo‘llaniladi. Epiforik qofiya esa barchaga ma’lum bo‘lgan an’anaviy qofiyaning misralar oxirida kelishi hisoblanadi. Umuman olganda, qofiya odatda sheʼriy misralar oxirida kelib, ularni ohangdoshlik, uygʻunlik va mazmuniy yaxlitlik asosida birlashtiradi. Bugungi kunda oʻzbek sheʼriyatida sarbast tizimining ham koʻproq mavqe egallab borayotganligi bu xildagi poetik asarlarda qofiyaning tutgan oʻrni, tabiati va gʻoyaviy-badiiy vazifalarini alohida oʻrganishni taqozo etmoqda.
    Qofiya san’atlarining alohida o‘rganilishi “Hayrat ul-abror” dostoni qofiyaga aloqador bo‘lgan barcha tadqiqotlarni olib borichda universal manba bo‘lib xizmat qilishini isbotladi.

    III BOB QOFIYA, VAZN, RADIF VA BADIIY SAN’ATLAR MUNOSABATI. QOFIYA AYBLARI
    3.1. Qofiya va vazn munosabati
    Shе’r ohang jihatidan ma’lum bir qolipga solingan, ijodkorning his-tuyg‘ulari, ichki kеchinmalari ifodasi sifatida vujudga kеlgan ritmik nutqdir. Nutqning bu tarzda qolipga solinishi shе’riy vazn yoki shе’riy tizim dеb ataladi. Vazn nutqni o‘lchash, guruhlash va muayyan tizimga solishga xizmat qiladi, uning musiqiyligi va ohangdorligini oshiradi. O‘zbеk shе’riyatida asosan uchta: barmoq, aruz va erkin vaznlar qo‘llanilib kеlgan. Har bir millat adabiyotidagi shе’riy vaznlar o‘sha xalq tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan kеlib chiqadi. Shu ma’noda o‘zbеk tilining ifoda va ohang imkoniyatlariga eng ko‘p mos kеluvchi shе’riy tizim milliy vaznimiz hisoblangan barmoq vaznidir. Barmoq vazni misralardagi bo‘g‘inlar sonining bir xil miqdorda takrorlanishi va guruhlanishiga asoslanadi. Bu tizimda bo‘g‘inlarning sifati, ochiq yoki yopiqligi muhim emas. O‘zbеk shе’riyatiga XX asrda kirib kеlgan erkin vazn esa bo‘g‘inlar miqdorining turli-tumanligi, qofiyalanish va bandlarda erkinlikka asoslanganligi bilan ajralib turadi. Turkiy shе’riyatga arab va fors adabiyoti orqali kirib kеlgan aruz tizimida bo‘g‘inlarning miqdoridan tashqari qat’iy sifati: cho‘ziq va qisqaligi ham muhim ahamiyat kasb etadiki, bu o‘zbеk kitobxoni uchun muayyan murakkablikni vujudga kеltiradi. Qo‘llanmamizning asosiy maqsadi esa ana shu murakkablikni muayyan darajada bartaraf etishda shе’riyat ixlosmandlariga oz bo‘lsa-da ko‘maklashishdan iborat19.
    Alisher Navoiyning “Xamsa”si tarkibiga kiruvchi dostonlar vaznini qofiya bilan birgalikda o‘rganish shoir badiiy mahoratining yana bir muhim qirrasi haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. “Hayrat ul-abror” dostoni vazn, xuddi qofiya singari, ritmni yuzaga keltirgan. “Sharqshunos olim N.Konrad Navoiy “Xamsa”si haqida gapirar ekan dostonni musiqa ilmidagi pentatonikaga o‘xshatgan edi. “Biri – haqiqiy major, ikkinchisi – haqiqiy minor, uchinchisi – majorga “yaqinlashayotgan”, to‘rtinchisi – minorga “yaqinlashayotgan” va nihoyat beshinchi doston major va minorning ajralmas birligidir”.20 Konradning fikriga qaraydigan bo‘lsak, “Hayrat ul-abror” dostoni ohangi majorga o‘xshatiladi, Musiqa ilmidan ma’lumki, major – “qattiq, ovozdor” degan ma’nolarni bildiradi. Majorda bastalangan kuylar yorqinlik, ko‘tarinkilik, ijobiylik va ulug‘vorlik ruhida bo‘ladi. “Hayrat ul-abror”da qo‘llangan qofiyalar ham, dostonning vazni ham mazmunga mos ravishda qat’iylik va jarangdorlik kasb etgan.
    “Hayrat ul-abror” sari’ bahrining sariyi musaddasi matviyi makshuf vaznida yozilgan. “Sari’” so‘zi arabcha bo‘lib, lug‘aviy jihatdan “shitob bilan yuruvchi”, “tеz” dеgan ma’nolarni anglatadi. Turkiy shе’riyatda mazkur bahrning faqat musaddas ruknli vaznlaridan foydalanilgan.
    Afoyili va taqti’i quyidagicha:
    muftailun muftailun foilun
    VV – / – VV – / – V –
    Mazmuniga ko‘ra pandnoma ruhidagi dostonlar sari’ bahrida yozilgan. A.Rustamov sari’ bahri pand-nasihat ohangiga ega bo‘lgan bahr bo‘lganligi uchun “Xamsa”larning dostonlari shu bahrda yozilgan, degan fikrni bildiradi.
    Sari’ bahridan yuzaga kelgan vazn quyidagicha hosil qilinadi:

    1. dastavval birinchi va ikkinchi rukn o‘rnida mustaf’ilun aslining tarmoq rukni hisoblangan muftailun kеltiriladi. Bilamizki, bu tarmoq rukn matviy dеb nomlanadi. Dеmak, birinchi va ikkinchi ruknlar muftailun muftailun ko‘rinishida bo‘ladi;

    2. uchinchi rukn esa maf’uvlotu aslining tarmoq rukni hisoblangan foilun kеlishi bilan shakllanadi. Bu o‘rinda foilun rukni matviyi makshuf dеb ataladi.

    Qofiyada harflarning cho‘ziq-qisqaligi vaznga qarab belgilanishi ham mumkin. E’tibor qaratadigan bo‘lsak, “o”, “o‘”, “u” unlilari cho‘ziq, “i”, “e”, “a” unlilari qisqa unlilar deb olinadi. Agar baytda shu qisqa unlilardan biri qofiya tarkibida kelib, cho‘ziq hijo hosil qilgan bo‘lsa, demak, hech ikkilanmasdan, bu unlini cho‘ziq deb hisoblaymiz. Masalan,
    Harza erur chunki musha’bid so‘zi
    O‘z tilini ko‘rki kesar ham o‘zi
    baytida so‘zi va o‘zi so‘zlari qofiyadosh bo‘lib kelmoqda. Qofiyada ifodalangan “i” unlisiga diqqat qilaylik. Sariyi musaddasi matviyi makshuf vaznida oxirgi hijo cho‘ziq bo‘lishi talab etiladi. Shuning uchun ham “i” unlisi o‘zidan oldingi raviy harfi hisoblangan “z” harfi bilan birgalikda hijo hosil qiladi va cho‘ziq unli deb olinadi. Bu holat ham qofiya va vazn o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni bildiradi.
    “Hayrat ul-abror” sari’ bahrida yozilganligi uchun misraning oxiri cho‘ziq hijo bilan tugallanadi. Asarning ko‘p o‘rinlarida murdafi muqayyad qofiyaning ridfi zoyid turi va qaydli muqayyad qofiyalaridan foydalanilgani uchun, ushbu baytalrda oxirgi cho‘ziq hijo o‘ta cho‘ziq hijoga o‘zgargan holatlarni ko‘rishimiz mumkin.
    Qildi chu ziynat bila bog‘i sipehr,
    V V – / – V V – / – V ~
    Axtarining har gulini rashki mehr.
    V V – / – V V – / – V ~
    Ushbu baytda ko‘rib turganimizdek, qofiyadosh bo‘lib kelayotgan sipehr va mehr so‘zlari o‘ta cho‘ziq hijoni hosil qilgan. “Hayrat ul-abror”da uning ikki tarmog‘i – matviyi makshuf (foilun) va matviyi mavquf (foilon)dan foydalanilgan, degan xulosani berishimiz mumkin ekan. Demak, qofiya qo‘llanilishidan sodir bo‘lgan bu o‘zgarish sariyi musaddasi matviyi makshuf deb nomlangan asosiy vaznni sariyi musaddasi matviyi mavquf bilan almashtirish mumkinligini ko‘rsatdi. Bunda o‘z-o‘zidan taqte’ va afoyil ham o‘zgaradi:
    muftailun muftailun foilon
    VV – / – VV – / – V ~
    Murdaf qofiyaning ridfi zoyidi muqayyad qofiya turiga misol ko‘rib o‘tamiz:
    Bir-biri birla bo‘lushub o‘yla do‘st,
    V V – / – V V – / – V ~
    Kim kishikim ko‘rsa degay mag‘zu po‘st.
    V V – / – V V – / – V ~



      1. Download 149,64 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




    Download 149,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari

    Download 149,64 Kb.