• II BOB “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA QOFIYA SAN’ATLARI TADQIQI 2.1 Qofiya san’atlari. Tarse’ san’atining dostonda qo‘llanilishi
  • I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari




    Download 149,64 Kb.
    bet12/25
    Sana03.07.2024
    Hajmi149,64 Kb.
    #266440
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
    Bog'liq
    alisher

    Birinchi bob bo‘yicha xulosa
    Qofiya sheʼr ritmi va musiqiyligini taʼminlaydi. U ritmiklik va ohangdoshlikdan tashqari, yana bir nechta vazifani bajaradi. Ana shu vazifalardan biri qofiyaning sheʼr gʻoyaviy mazmuni bilan bogʻliqligidir. Shu bois u sheʼr mazmunini goʻzal va taʼsirchan ifodalashga xizmat qiladi. Qofiyada odatda sheʼr gʻoyasini tashuvchi soʻzlarni misraning sheʼrxon diqqatini oʻziga tortadigan oʻrniga joylashtirish taqozo etiladi. Shu bilan birga qofiya badiiy takt vazifasini ham bajaradi. Badiiy takt esa sheʼr gʻoyasining taʼsirchan va jozibali ifodalanishiga koʻmak beradi. Qofiyaning yana bir vazifasi sheʼr qurilishida kompozitsion uyushtiruvchilikdan iborat, chunki u misralarni uygʻunlik, ohangdorlik bilan bir-biriga ulaydi, bogʻlaydi, bayt yoki band kabi sheʼriy birliklarni tashkil etadi. Qofiyaning vazifalaridan yana biri shundaki, u sheʼr intonatsiyasini (ohangdorligini) yuzaga keltiradi. Sheʼrning poetik mazmuni, undagi soʻzlar ohangdorligi, ritmi, vazni, band tuzilishi bilan uzviy bogʻliqlikda oʻzining intonatsion vazifasini bajaradi. Qofiya ritmik vazifa ham bajaradi. Bunday qofiyalar sheʼrda radif boʻlmagan hollarda misralar soʻngi (chegarasi)ni taʼkidlab, izchil ritmik qatorlarni tashkil etishda yetakchi vazifani ado etadi.

    II BOB “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA QOFIYA SAN’ATLARI TADQIQI
    2.1 Qofiya san’atlari. Tarse’ san’atining dostonda qo‘llanilishi

    Mumtoz adabiyotimizda qofiyadan foydalanish shoirning badiiy mahorati belgisi hisoblanadi. Chunki qofiya she’riy asarning ohangdorligi, serjiloligi va badiiy ta’sirchanligini ta’minlaydigan asosiy unsurlardan biridir. Qofiyaning ushbu xususiyatlarini yanada oshiradigan san’atlar ham mavjudki, ular Sharq she’riyatida asrlar davomida shakllangan va shoirlarning so‘z tanlash mahoratini ko‘rsatib turgan.


    Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida qofiya san’atlarini ko‘p uchratish mumkin. Shu jumladan, tarsi’ san’ati qofiya san’atlaridan biri bo‘lib, unda baytdagi so‘z yoki so‘z birikmalarining har biri o‘zaro qofiyadoshlik hosil qiladi. Quyida dostondan olingan ba’zi baytlarni ko‘rib o‘tamiz.
    Ravzai jannatg‘a eshik “ro”lari,
    G‘unchai vahdatg‘a beshik “ho”lari.
    Ko‘rib turganimizdek, baytdagi har bir so‘z o‘zaro ohangdosh bo‘lib kelmoqda: ravzai-g‘unchai, jannatg‘a-vahdatg‘a, eshik-beshik, “ro”lari-“ho”lari. Tarsi’ san’atini qo‘llashning ahamiyati katta, chunki ushbu she’riy san’at vositasida, baytdagi ohang undan anglashilayotgan mazmunning ham ta’sirchanligini oshiradi. Quyidagi yana bir baytda rishta-shu’la, anga-anga, tori-nuri, inoyat-hidoyat so‘zlari o‘zaro qofiyadosh bo‘lib kelgan:
    Rishta anga tori inoyat bo‘lub,
    Shu’la anga nuri hidoyat bo‘lub.
    Bir qarashda rishta va shu’la so‘zlari qofiyadosh emasdek tuyulishi mumkin. Buning sababi ushbu so‘zlardagi ba’zi tovushlarning, ya’ni i-u, sh-’, t-l larning o‘zaro uyg‘unlik kasb etmaganligidir. Qofiya raviy harfiga asoslanishini hisobga oladigan bo‘lsak, har ikkala so‘zlardagi raviy harfi “a” bo‘ladi. Qofiyadagi ohangdoshlik raviydoshlikka asoslangani uchun yuqoridagi baytda rishta-shu’la so‘zlari qofiyadosh hisoblanadi.
    Ne bo‘lub avvalda bidoyat sanga,
    Ne kelib oxirda nihoyat sanga.
    Bu baytni tahlil qiladigan bo‘lsak, ne bo‘lub-ne kelib, avvalda-oxirda, bidoyat-nihoyat so‘zlari o‘zaro qofiyalangan, sanga-sanga so‘zi esa radif ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
    Ikki anga gavhari ulviy najod,
    Ikki yana javhari sifliy nihod.
    Alisher Navoiy tarse’ san’atini qo‘llashda naqadar mohir ekanligi ushbu baytdan ham ko‘rinib turibdi.
    Avj tutub shu’lai jabborliq,
    Mavj urub lujjai qahhorliq.
    Ushbu baytda avj-mavj, tutub-urub, shu’lai-lujjai, jabborliq-qahhorliq so‘zlari o‘zaro qofiyalanib tarsi’ san’atini yuzaga keltirgan.
    Navoiy so‘zlardan shu qadar ustalik va mahorat bilan foydalanganki, ular ham bayt mazmunidagi, ham uning shaklidagi, qolaversa, baytning musiqiyligidagi nozik qirralarni-da o‘quvchi qalbining tub-tubigacha yetkazib bergan. Quyidagi “Hayrat ul-abror”dan olingan yana bir
    Ham mutafakkir bo‘lubon avliyo,
    Ham mutahayyir qolibon anbiyo.
    baytida ham tarsi’ san’ati go‘zal ohangni yuzaga keltirgan: ham-ham, mutafakkir-mutahayyir, bo‘lubon-qolubon, avliyo-anbiyo. E’tiborli jihati shundaki, misradagi so‘zlar juda mohirona tanlangan. Mazmun ham g‘oyat darajada ajib: Avliyolar tafakkur qiladilar, mulohaza yuritadilar, nabiylar hayratda qoladilar. Ushbu baytda oldingi baytlarni birgalikda ko‘rib o‘tsak, mazmun va shaklning naqadar munosib tushganligiga qoyil qolamiz.
    Hokimi odil bo‘lubon hukmron,
    “Doma lahul mulk va lahulhukmu shon”.
    Avj tutub shu’lai jabborliq,
    Mavj urib lujjai qahhorliq.
    Ham mutafakkir bo‘lubon avliyo,
    Ham mutahayyir qolibon anbiyo.
    Ma’nosi: Mahshar maydonida odil hukmdor – Alloh hukmronlik qilar, binobarin, “uning podsholigi doimiy bo‘lsin, hukm chiqarish va sha’n-shavkat uning qo‘lidadir”. Zulm shu’lasi avjiga minib, qahr dengizi mavj urib boshlaydi. Bu lahzada avliyolar ham o‘ylanib, tafakkur qilib qoladi, payg‘ambarlar ham hayrat ichida qoladilar.
    Alisher Navoiy mumtoz Sharq adabiyotining vakili sifatida o‘z davrida mavjud nazariy qarashlarni chuqur o‘rgandi va ayni paytda uning ijodiy merosi ham adabiyot nazariyasining  taraqqiy topishga, boyishiga zamin bo‘lib xizmat qildiki, bu holat bevosita uning qofiya san’atlari va turlaridan foydalanish mahoratida ham yaqqol namoyon bo'ladi.She’riyatga ham ilm, ham san’at, ham xalq ma’naviyatining ajralmas qismi sifatida munosabatda bo‘lgan mutafakkir shoir qofiya tizimiga muhim yangiliklar kiritdi va shu amaliy harakatlari bilan turkiy adabiyotni mumtozlik darajasiga ko‘tara bildi. Navoiy she’riyatida qo‘llanilgan qofiya tizimida ustoz ijodkorlar tomonidan amalga oshmagan quyidagi jihatlar ko'zga tashlanadi. Alisher Navoiy davrigacha bo‘lgan turkiy she’riyatning qofiya tizimi fors-tojik she’riyati tufayli an’anaviylik kasb etgan qofiyadosh so‘zlar asosida shakllangan. Navoiy bu an’anani ijodiy o‘zlashtirib, forsiy qofiyadosh so‘zlar tizimiga turkiy qofiyadosh so‘zlarni shu qadar mahorat bilan singdirganki, asli forscha bo‘lgan so'zlar ham turkcha jarang va ohang kasb etadi. Masalan, arg‘uvon, jon, ravon, zamon kabi arabiy va forsiy qofiyadosh so‘zlar tarkibiga qon, yig‘labon, yomon kabio‘zbekcha qofiyadosh so‘zlar qo‘shilgani tufayli she’r aytish imkoniyatlari yana ham kengaygan. Arab tilida kesim gapning boshida keladi. Forsiy va turkiy tillarda esa, kesim xulosalovchi qism sifatida odatda gapning oxirida kelishini bilamiz. Fors tilida qofiyadosh fe’llar tizimi juda kamligi sababli, fors shoirlari she’rda fe’lni o'rtaroqqa olishga majbur bo‘ladilar. Shu sababli, fors she’riyatining grammatik tuzilishi tilning grammatik qoliplaridan farqlanadi. Turkiy tilda qofiyadosh fe’llar turkumi ko'pligini nozik anglagan Navoiy ko'pincha shunday uslubni tanlaydiki, she’rning nasriy bayoni bilan asl matnning o‘rtasida deyarli farq qolmaydi.17


    Download 149,64 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




    Download 149,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob orif ardabiy va alisher navoiy dostonlarning kompazatsion qurilishi va syujet xususiyatlari

    Download 149,64 Kb.