• Beshinchidan
  • 4-5 ming yillar
  • Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar




    Download 55,71 Kb.
    bet2/17
    Sana07.06.2024
    Hajmi55,71 Kb.
    #261490
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    tarix40

    Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani o‘tmishdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi.
    To‘rtinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi.
    O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish makoni-obyekti O‘zbekistonning tarixidir
    Obyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iboratdir.

    4 O`zbekiston eng yangi tarixi fanining boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi.


    Tarix falsafasi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari to‘g‘ri va haqqoniy belgilanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Tarixchi olimlar tarix falsafasini qanchalik chuqur va to‘g‘ri anglasalar, ular tarix fani metodologiyasini shunchalik mukammal qilib belgilay oladilar.
    O`zbekiston eng yangi tarixi fanining g`oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari.
    Tarix falsafasi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari to‘g‘ri va haqqoniy belgilanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Tarixchi olimlar tarix falsafasini qanchalik chuqur va to‘g‘ri anglasalar, ular tarix fani metodologiyasini shunchalik mukammal qilib belgilay oladilar. - tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb tushunmoq;
    - tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazari va bag‘rikenglik asosida yondashish;
    - tarixiy taraqqiyot asosini evolutsion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi deb anglamoq;
    - tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar) dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi;
    - tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani hamda g‘oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi.
    Tarix falsafasi tarix va umuman tarixiy jarayon olimlar tomonidan aqlan har tomonlama to‘g‘ri tasavvur va his etilishidir. Yanada aniqroq aytsak, tarix falsafasi tarixiy jarayonning mazmuni va mohiyati hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘zida aks ettirish bilan birga, ularni bilish va o‘rganish, yozishning eng qulay, to‘g‘ri hamda maqsadga muvofiq yo‘li - usullarini belgilaydi.
    - tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb tushunmoq;
    - tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazari va bag‘rikenglik asosida yondashish;
    - tarixiy taraqqiyot asosini evolutsion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi deb anglamoq;
    6 O`zbekiston eng yangi tarixi fanining metodologik ilmiy usullari va tamoyillari
    ilmiy xolislik (obyektivlik);
    tarixiy tahliliylik;
    mantiqiy uzviylik;
    vorislik va izchillik;
    xronologik izchillik;
    g‘oyaviylik va vatanparvarlik;
    halollik va xolislik;
    qiyoslash va kuzatish;
    kuzatish va umumiylashtirish;
    baxslashish, munozara yuritish va isbotlash;
    matematik hisoblash;
    shakllash va modellashtirish;
    ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka (deduksiya);
    Tarixiy-tanqidiylik ilmiy usul tamoyili tariximizda qadimdan muarrixlar tomonidan qo‘lanib kelingan eng qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy voqea va hodisalarning nechog‘liq to‘g‘ri hamda noto‘g‘riligini aniqlashga, tarixni haqqoniy va to‘g‘ri yozilishiga yaqindan yordam beradi.
    . 7 O`zbekiston eng yangi tarixi fanining yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyati
    Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e’zozlashi ko‘z qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.
    Boshqacha bir ma’noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.
    8 O`zbekiston eng yangi tarixi fanining maqsaq va vazifalari.
    9 Hozirgi davrda O`zbekiston eng yangi tarixi fanining o`qitilishining dolzarbligi nimadan iborat?

    O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash. Uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni tarbiyalash. To‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida tarbiyalash.


    10. Davlatchilik tushunchasi. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari.
    Prezident SHavkat Mirziyoev o’z suhbatlarida ushbu haqiqatni bot-bot tilga oladi, bugungi islohotlar jarayonida tarixni chuqur bilishning ahamiyatini ta’kidlaydi: “Suvorov maktabini Temurbeklar deb o’zgartirdik. Gap nomda emas, g’oyada, mafkurada, g’ururda! Bog’chadayoq bolalarimiz Vatanni, tarixni, madhiyani, bayroqni, Amir Temurni, Birinchi Prezidentimizni… yaxshi o’rganishsin…”
    Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutidagi beshta mustaqil fondlarda jami 25 ming atrofida qo’lyozmalar, 40 mingdan ortiq toshbosmalar, 5000dan ortiq tarixiy hujjatlar ko’z qorachig’idek asrab avaylab kelinadi. Ularda jami 300 mingdan ziyod asarlar nusxalari mavjud, deyiladi. Ushbu institut YuNESKOning insoniyat milliy-madaniy va moddiy boyliklari ro’yxatiga kiritilgan.
    Islom tamadduniga ulkan hissa qo’shgan allomalarning juda ko’pchiligi bizning ajdodlarimiz – Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, xorazmiylar, nasafiylar, buxoriylar, termiziylar, shoshiylar ekanini nazarda tutsak, G’arb olimining fikri haqligi hamda biz qanchalik ulkan xazina sohibi ekanimiz ayon bo’ladi. Masalan, Abu Rayhon Beruniy yozgan asarlar ro’yxatining o’ziyoq, agar mayda harflar bilan yozilsa, oltmish varaqlik kitobcha hosil bo’lar ekan! Buyuk Britaniyaning mashhur Kembrij universitetida Xorazmiy va Ibn Sino stipendiyalari ta’sis etilishi aslo bejiz emas. Dastlabki davlatlar sug’oriladigan dehqonchilik hududlari – Misr, Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan 4-5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Davlatning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi:
    - eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, fir’avn, xon va h.k.):

    11. Qadimgi davlatlarning shakllari va tiplari. O‘zbek davlatchiligining tarixiy bosqichlari.



    Download 55,71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 55,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar

    Download 55,71 Kb.