|
Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar
|
bet | 14/17 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 55,71 Kb. | | #261490 |
Bog'liq tarix40Birinchidan, o’zbek xonliklari o’zaro mol-dunyo, davlat va yer talashib bir-birlarining tinka-madorlarini shu darajada quritgan edilarki, ular tashqi dushmanga qarshi birlashib kurashish u yoqda tursin, hatto o’zlarini biror bir darajada himoya qilishga ham qodir emas edilar
IkkinchidanIshlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun O’rta Osiyo bozorlarini egallash zarur edi. Shuningdek, Rossiya sanoat korxonalariga (ayniqsa uning yengil sanoati uchun) O`rta Osiyoning tabiiy yerosti boyliklari, xomashyo bazalari, paxta, ipak, qorako’l teri va boshqalar zarur edi.
Uchinchidan, Rossiyada o’tkazilgan yer islohotlari tufayli qashshoq qolgan aholini ko’chirib keltirish va ularni yer bilan ta’minlash.
To’rtinchidan, Qrim urushi (1853-1856) natijasida Qora dengiz bandargohlarining qo’ldan ketishi va uning o’rnini O’rta Osiyoni egallash orqali to’ldirish.
Beshinchidan, O’rta Osiyo masalasida ingliz-rus munosabatlarining keskinlashib borishi Rossiya bosqinining tezlashishiga sabab bo’ldi
34. Rossiya imperiyasining Turkiston yerlarini bosib olishi bosqichlari.
Turkistonni bosib olish podsho Aleksandr II (1818-1881) hukmronligi davrida nihoyatda tezlashdi. Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi to’rt bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich – 1847 yildan boshlanib 1863 yilga qadar davom etadi. Bu bosqichda Qo’qon xonligiga qarashli hududlar bosib olinadi. Ikkinchi bosqich – 1865 yildan boshlanib 1868 yilga qadar davom etadi. Bu davrda Toshkent va Buxoro amirligi hududlari bosib olinadi. Uchinchi bosqich – 1873-1879 yillarni o’z ichiga olib, bu davrda Xiva va Qo’qon xonligi hududlari Rossiya qo’shinlari tomonidan zabt etiladi. To’rtinchi bosqich – 1880-1885 yillar bu davrda hozirgi Turkmaniston yerlari bosib olinadi.
Rossiya imperiyasi Turkistonga yurishini dastlab 1853 y. general Perovskiy 2500 kishilik qo’shin va 17 ta to’p bilan Oqmachit qal’asiga hujum qilishdan boshladi.
35 Rossiya imperiyasi davrida Turkistonni boshqarishning mustamlaka tizimi.
1867 yilda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib, o’lka to’la ravishda harbiylar qo’liga o’tdi va o’lkani boshqarish katta vakolatlarga ega bo’lgan Turkiston general-gubernatorligiga topshirildi. Turkiston general-gubernatori lavozimiga general fon Kaufman tayinlandi.
|
| |