• 1753 yilda
  • Elbars ni 1511 yili
  • 1512 yilda
  • 1709 yilda
  • XVIII asr o’rtalarida
  • Ivan IV (1530-1584)
  • Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar




    Download 55,71 Kb.
    bet13/17
    Sana07.06.2024
    Hajmi55,71 Kb.
    #261490
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    tarix40

    1747-1756 yillarda taxtga Abulfayzxon vorislari qo’g’irchoq xonlar sifatida taxtga o’tkazilgan. Davlat hokimiyati amalda Muhammad Rahim asos solgan mang’itlar sulolasi qo’liga o’tdi. Mamlakat yana ichki nizolar girdobiga tortilgan, viloyat hokimlari isyon ko’targanlar. Muhammad Rahim ularni shafqatsiz suratda bostirgan. Muhammad Rahim 1753 yilda o’z nomiga xutba o’qittirdi va xonlar avlodiga mansub bo’lmagani uchun o’zini «amir» deb e’lon qildi. Shu asosda 1753 yildan keyin Buxoro xonligining nomi Buxoro amirligi deb nomlana boshlandi.
    31. Xiva xonligining tashkil topishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.

    Hukmdorlarni Dashti Qipchoq vakillariga almashtirish jarayonida xorazmliklar Jo’ji avlodidan bo’lgan Berka sultonning o’g’li Elbarsni 1511 yili Vazir shahriga (Ko’hna Urganch yaqinida) taklif qildilar. Elbars o’z ukasi Beybars bilan Xorazmda kelayotganini eshitgan aholi eroniylarga qarshi qo’zg’olon ko’tarib ularni butunlay qirib tashlashdi va 1511 yil Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbars Xorazm hukmdori deb tan olindi. Ushbu sana tarixchi olimlar tomonidan Xiva xonligining tashkil topishi deb baho beriladi. 1512 yilda Xorazm mustaqil davlatga aylandi. Aynan shu davlat zaminida Xiva xonligi shakllandi. 1920 yilgacha faoliyat ko’rsatgan Xiva xonligi taxtida asosan ikki sulola vakillari: 1511-1770 yillar orasida Arabshoh naslidan tarqagan shayboniylar sulolasi, 1770-1920 yillarda esa qo’ng’irotlar sulolasi o’tirgan.


    32. Qo’qon xonligining tashkil topishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
    1709 yilda Qo’qon atrofida yashab turgan o’zbek qabilalaridan biri - minglar o’z yetakchisi Shohruxbiyni hokimiyat tepasiga ko’taradilar. Shu tariqa, Qo’qon xonligi tashkil topdi, o’zaro ichki kurashlar botqog’iga botib qolgan Buxoro xoni Ubaydullaxon o’ziga qarashli hududning ajralib chiqib, alohida davlat tuzishiga qarshilik ko’rsatolmadi. Qo’qon xonligida ming qabilasi sulolalari 1876 yilgacha hukmronlik qildi. Qo’qon shahri chetida joylashgan Tepaqo’rg’on Qo’qon xoni Shohruhbiyning qarorgohiga aylantirildi. Tepaqo’rg’onda mustahkam qal’a, bozor va aholi yashaydigan mahallalar qurildi. Qo’qon xonlari Farg’ona vodiysini, Xo’jand, O’ratepani birlashtirgach, Qo’qon xonligining mustaqilligi XVIII asr o’rtalarida Buxoro davlati tomonidan tan olindi. XVIII asr oxirlarida Qo’qon xonlari Toshkentni bo’ysundirishga kirishdilar. 1784 yilda Shayxontohur dahasi sobiq hokimining o’g’li Yunusxo’ja Toshkentni Buxoro tobeligidan chiqarib, mustaqil siyosat yuritardi. Toshkent bekligi o’ziga xos boshqaruv tizimiga ega edi. Yunusxo’janing to’rt maslahatchisi bo’lgan. Toshkent shahar nazorati va soliq yig’ish Boshxo’janing qo’lida bo’lib, savdo-sotiqni qozi va devonbegi nazorat qilishgan. Shariat qonun-qoidalari, narx-navo, o’lchovlar ustidan Rais lavozimidagi amaldor nazorat qilgan
    33. Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi sabablari.
    . Rossiya podsholari Turkiston yerlarini bosib olish borasidagi maqsadlarini hali o’lkada shayboniylar hukmronlik qilgan davrlardan boshlagan.
    Grozniy” (“Dahshatli”) laqabi bilan atalgan Ivan IV (1530-1584)ning o’zi boshlab beradi. Biroq Turkistonni Rossiyaga qaram qilish uchun to’g’ridan to’g’ri amaliy ochiq harakat Pyotr I (1672-1725) davridan boshlanadi.

    Download 55,71 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 55,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar

    Download 55,71 Kb.