|
Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar
|
bet | 12/17 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 55,71 Kb. | | #261490 |
Bog'liq tarix40XV asr oxiri va XVI asr boshlarida O’rta Osiyo zaminida bunday o’zgarishlar yuz bergan bir davrda, Eronda ham katta siyosiy o’zgarishlar yuz beradi. G’arbiy Eronda hokimiyatga yangi siyosiy kuch – Ismoil Safaviy (1502-1524) boshchiligida safaviylar keladilar.
Safaviylar va shayboniylar o’rtasidagi jangga qadar Shayboniyxon Eronni bosib olish uchun tayyorgarlik ko’rgan. 1509 yilda Marv shahrini egallagan Shayboniyxon Eronning ichki viloyatlariga yurish qiladi. Mashhad va Tus shaharlarini egallab, ulardagi muqaddas joylarni ziyorat qiladi va ta’mirlaydi. 1510 yilda Erondan orqaga qaytgan Shayboniyxon orqadan katta kuch bilan yetib kelgan Eron shohi Ismoil Safaviy qo’shinlari bilan Marv yaqinida, Movarounnahrdan yordam kelishini kutmasdan jangga kirishga majbur bo’ladi va son jihatdan ustunlikka ega bo’lgan safaviylar qo’shinidan mag’lubiyatga uchraydi. Muhammad Shayboniyxonning o’zi ham bu jangda halok bo’ladi.
Movarounnahrda 100 yilgacha davom etgan Shayboniylar davrida tinchlik bo’lmadi, o’zaro ichki kurashlar davom etdi. 1530 yilda Ko’chkunchixonning o’limidan so’ng Movarounnahr taxtiga uning o’g’li Abu Saidxon o’tkazildi. U 1533 yilgacha hukmronlik qildi. Undan keyin Buxoroda shayboniylar sulolasining xoni qilib Ubaydulloxon ko’tarildi. Ubaydulloxon Samarqanddagi Ko’chkunchixon avlodlari qarshiligi tufayli oliy hokimiyatni Buxoroda turib boshqaradi va poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko’chiradi. Shuning uchun 1533 yil tarixda Buxoro xonligi tashkil topgan yil bo’lib kirdi.
29. Ashtarxoniylar (joniylar) hukmronligi davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli
Ashtarxoniylar sulolasi davrida Buxoro xonligida tinchlik, osoyishtalik bo’lmadi. Xonlik viloyatlarida hukmronlik qiluvchi amirlar va beklarning o’zboshimchaligi, markaziy hokimiyat amaldorlari o’rtasidagi o’zaro kelishmovchilik, nizolar mamlakat tinkasini quritib borardi. Ashtarxoniylardan bo’lgan Abulfayzxon (1695-1747) davridan boshlab bu sulolaning nufuzi pasaya boshlagan.
Abulfayzxon (1711-1747) nomigagina xon qilib o’tkazilgan. Hokimiyatdagi muhim lavozimlar nufuzli amirlar qo’liga o’tib qoladi. Ayniqsa, Abdullabiy, Ibrohimbiy, Muhammad Hakimbiylar davlat boshqaruvida katta ta’sirga ega bo’lganlar.
|
| |