|
Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar
|
bet | 15/17 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 55,71 Kb. | | #261490 |
Bog'liq tarix40XIX asrning 90-yillariga kelib, Turkiston general-gubernatorligi beshta — Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlariga, viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar bo’lislarga, bo’lislar uchastkalarga bo’linib boshqariladigan bo’ldi.
Turkiston general-gubernatorligining markazi — Toshkentni boshqaruvi 1870 yilgi shahar boshqaruvi qoidasiga ko’ra to’lig’i bilan podsho ma’muriyati qo’liga o’tdi. 1877 yilgacha eski shahar va yangi shahar alohida boshqarilsa-da, lekin eski shaharda hokimiyat general Geyns qo’lida edi. O’sha yili shahar Davlat dumasiga saylovlar bo’ldi. Saylangan 71 deputatning atigi 21 nafari mahalliy aholi vakillari edi.
.36Rossiya imperiyasi davrida Turkiston iqtisodining mustamlakachilik mohiyati
Rossiya O’rta Osiyoda mustamlakachilik siyosatini avj oldirish uchun avvalo temir yo’l qurilishiga kirishildi. U Qizil–Arvot va Ashxobod orqali 1888 y. 15 mayda Samarqandga yetib keldi. 1889 y. Maridan Kushkagacha, 1899 yili Toshkent va Andijongacha temir yo’l o’tdi. 1900–1905 yillarda Toshkent–Orenburg temir yo’li qurildi. Natijada o’lkadan ko’plab xom–ashyo, tabiiy boyliklarni tashib ketish imkoniyati kengaydi.
Masalan, Buxorodan chetga sotilgan paxta 1850–1860 yillarda qariyb 50000 pudni tashkil qilgan bo’lsa, 1915 yilga kelib 2 mln pudga, qora ko’l teri 30–40 ming donadan, 1,5 mln donaga yetdi.
Qishloq xo’jaligida ham katta o’zgarishlar yuz berdi. Sug’oriladigan maydonlar kengaydi, qishloq xo’jalik mahsulotlari ko’paydi. Ayniqsa paxtachilikning rivojlanishiga katta ahamiyat berildi. Amerikadan paxtaning yangi navlari keltirilib katta maydonlarga ekila boshlandi va u boshqa qishloq xo’jalik ekinlarini tobora siqib chiqara boshladi. Natijada Rossiya Turkistonda paxtachilikni rivojlanishi xisobiga chet el paxtasiga to’layotgan bojidan qutildi. 1879–1898 yillarda 203 mln so’m davlat xazinasida qoldi. Shu yillar Turkistondan Rossiyaga 26 mln pud tola olib ketildi.
. 1910 y. Turkistonda (Sirdaryo, Samarqand va Farg’ona viloyatlarida) dastlabki 124 ta rus posyolkalari vujudga kelib, ularda 70 ming kishi yashagan (shaharlardagi ruslar bilan 200 ming kishi).
Ko’chib kelganlarning 36 foizi mol–mulksiz, 61 foizi esa mutlaqo pulsiz bo’lib, mahalliy aholidan unumdor yerlarni tortib olib berilgach, asta–sekin boyib ketishdi.
37. Imperiya istibdodiga qarshi Toshkent qo’zg’oloni
Turkistonda chorizmning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi harakatlar XIX asrning 70 yillaridan boshlandi. 1879 yilda 600 nafarga yaqin alomon harbiy gubernatordan Marg’ilon tumanidan olinayotgan soliqlarni kamaytirishni talab qildi. O’shanda Farg’ona viloyat harbiy gubernatori bevosita qurolli kuch ishlatishdan cho’chigan. Chunki, 1875-1876 yillarda ayni shu viloyatda boshlangan Po’latxon boshchiligidagi qo’zg’olon hamda Mingtepadagi 1878 yilgi Yetimxon boshchiligidagi g’alayon ruslarni chinakamiga tashvishga solgani esidan chiqmagan edi.
|
| |