• Muhammad Shayboniyxon (1451-1510)
  • 1487-1488 yillarda
  • XVI asr boshlaridan
  • 1500 va 1501 yillarda
  • 1504 yilda
  • yilga kelganda Xurosonda Xusayn Boyqaro




    Download 55,71 Kb.
    bet11/17
    Sana07.06.2024
    Hajmi55,71 Kb.
    #261490
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
    Bog'liq
    tarix40

    1469 yilga kelganda Xurosonda Xusayn Boyqaro hokimiyatni egallab, bu hududlarda tinchlik o’rnatdi. Uning do’sti - buyuk shoir Alisher Navoiy (1441-1501) muhrdor, vazir, Astrobod hokimi lavozimlarida ishlab, Xuroson ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o’ynaydi
    27XV-XVI asr boshlarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Muhammad Shayboniyxon.
    Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudog’ sultonning o’g’li edi. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qo’ygan. U Abulxayrxon vafotidan so’ng Dashti Qipchoqning asosiy hududida o’z hukmronligini o’rnatish maqsadida harbiy yurishlarni olib borib, nihoyat, 1487-1488 yillarda O’tror, Sayram, Yassa, Sig’noq shaharlarini bosib oldi. Shayboniyxon juda katta hududni qo’lga kiritib, Xorazmga ham tahdid sola boshladi.
    Samarqand hokimi Ahmad Mirzo mo’g’ullarning qilib turgan hujumidan charchab Shayboniyxonga yordam so’rab murojaat qiladi. Shu bahona bilan Shayboniyxon Movarounnahrga kirish imkoniyatini qo’lga kiritdi. U 1497 yilda Movarounnahrga o’zining dastlabki hujumini uyushtirdi. U katta kuch bilan Samarqandga yurish qildi, lekin shaharni ololmasdan, Qarshi va Shahrisabzga hujum qilib katta o’lja bilan qaytib ketdi.
    XVI asr boshlaridan Muhammad Shayboniy Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib markazlashgan davlat tuzish maqsadida asosiy harbiy harakatlarini boshlaydi. Xususan, Shayboniyxon qo’shinlari 1499 yildan Movarounnahrni istilo qilishga kirishdi. 1499 yilda Shayboniyxon Buxoro va Qorako’lni egallaydi. Shayboniyxon Buxoroga o’z hokimini tayinlab, uni o’zining bosh qarorgohiga aylantiradi.
    1500 va 1501 yillarda Shayboniyxon ikki marta Samarqandni egallaydi. 1503 yilda Shayboniyxon Sirdaryo tomon yurish qilib Toshkent va Shoxruxiya shaharlarini egallaydi. 1504 yilda Farg’ona ishg’ol qilinadi. Shayboniyxon Samarqandni o’z davlatining poytaxti qiladi.
    1504 yilda Shayboniyxon Hisor va Qunduzni bo’ysundiradi. So’ngra Xorazmga yurish qiladi va 1505 yilning avgust oyida Urganch taslim bo’ladi. Natijada butun Xorazm yerlari Shayboniyxon tasarrufiga o’tadi.
    28. Shayboniylar sulolasining o’rnatilishi. Buxoro xonligining tashkil topishi.

    Download 55,71 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




    Download 55,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    yilga kelganda Xurosonda Xusayn Boyqaro

    Download 55,71 Kb.