• Tug’luq Temur 1360-1361 yillarda
  • Amir Temur
  • 1360 yilning
  • Amir Husayn
  • 1364 yili
  • 1365 yil 22 mayda
  • Suyurg’atmish (1370-1388
  • Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar




    Download 55,71 Kb.
    bet8/17
    Sana07.06.2024
    Hajmi55,71 Kb.
    #261490
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
    Bog'liq
    tarix40

    XIV asr o’rtalarida Chingizxon egallab olgan yerlar uning merosxo’rlari qo’l ostida bo’lsa ham, bu yerlar mayda bo’laklarga bo’linib ketib, ularda toju taxt, hokimiyat uchun o’zaro nizolar kuchayib ketgan edi.
    XIV asrning 50-60 yillarida Chig’atoy ulusiga qarashli Movarounnahr hududida 10 ga yaqin mustaqil bekliklar vujudga keldi. Buning ustiga, 1348 yil taxtni egallagan Tug’luq Temur 1360-1361 yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kirdi. Mana shunday o’zaro ichki urushlar qizigan, mo’g’ullar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda edi. Bunday qaltis vaziyatda siyosiy kurash maydoniga yosh Amir Temur kirib keldi.
    Amir Temur 1336 yil 9 aprelda Kesh, hozirgi Shahrisabz shahri yaqinidagi Xoja Ilg’or (hozirgi Yakkabog’ tumani) qishlog’ida barlos urug’ining oqsoqollaridan hamda Chig’atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisoblangan Amir Tarag’ay oilasida dunyoga keldi. Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik bo’lgan.
    Amir Temur 1360 yilning boshida Tug’luq Temur tomonidan yuborilgan beklar bilan kelishib, xon xizmatiga kirdi va Kesh viloyatining xokimi etib tayinlandi. Biroq, Movarounnahrning hukmdori etib tayinlangan Ilyosxo’ja bilan Amir Temurning murosasi kelishmay qoladi. Shu sababdan 1361 yilning oxirida u mamlakatni tark etishga majbur bo’ladi.

    22Amir Temurning markazlashgan davlatning tashkil topishi yo’lidagi harbiy yurishlari.


    Amir Temur Tug’luq Temurning yana bir raqibi - qaynog’asi Amir Husayn bilan yaqinlashadi. Ularning bir-biri bilan juda yaqinlashgan va yaxshi munosabatda bo’lgan davrlar 1361-1365 yillarni o’z ichiga oladi.


    1362 yilning kuzida Seyistonda (Eron va Afg’oniston chegarasida joylashgan tarixiy viloyat) viloyat hukmdori Malik Qutbidinning tarafida turib mekroniylar bilan bo’lgan to’qnashuvda Amir Temur o’ng kafti va o’ng oyog’idan jarohatlandi. 1363 yil Tug’luq Temur vafot etib, Mo’g’ulistonda xonlik taxtini Ilyosxo’ja egalladi. Shu yili Amir Xusayn va Amir Temur Amudaryoning chap sohilida, Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g’alaba qozondi. Keyingi ikkki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxo’ja qo’shinlari bilan bir necha marta jang qildilar. Nihoyat 1364 yili oxirida ular mo’g’ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar.
    Biroq Movarounnahrni qo’ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo’ja 1365 yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo’shin tortadi. Ikki o’rtadagi jang Toshkent bilan Chinoz o’rtasidagi Chirchiq daryosi bo’yida 1365 yil 22 mayda sodir bo’ladi. Tarixda u “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Jangda Amir Xusaynning xiyonati oqibatida mag’lubiyatga uchraydilar va bu hodisa ularning ittifoqiga raxna solidi
    Amir Xusayn tomonidan qatl etilishi o’rtadagi ittifoqning barxam topishiga sabab bo’ladi. 1370 yil Amir Temur qo’shinlari Balxda Amir Xusaynni mag’lubiyatga uchratdi va shu yerda amirlar qurultoyida Amir Temur Movarounnaxr xukmdori etib saylandi. Amir Temur xukmronligi yillarida Chingizxon naslidan Suyurg’atmish (1370-1388) va uning o’g’li Sulton Mahmud (1388-1404) rasmiy ravishda taxtni boshqardilar. Amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur o’zi boshqardi. Samarqand davlat poytaxti deb e’lon qilindi. Samarqandda mustahkam devorlar, qal’alar hamda saroylar barpo etildi.

    Download 55,71 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 55,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar

    Download 55,71 Kb.