|
Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar
|
bet | 5/17 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 55,71 Kb. | | #261490 |
Bog'liq tarix40M.a. I asrda Kosonsoy Kushonlar saltanatining poytaxti bo’lgan.
Kudzula Kadfizning o’g’li Vima Kadfiz (30 yil podsholik qilgan), xususan, Kanishka I (23 yil podsho bo’lgan) va uning o’g’li Vasishka (4 yil podsholik davrini surgan) davrida Kushonlar davlati har tomonlama kuchayib dunyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Buni m. III asridagi budda matnidagi «dunyo uch qismga (Xitoy, Rim va Kushon) bo’lingan» degan jumlalar ham isbotlaydi.
Kushon saltanatining inqirozi Xuvishka (151-190) podsholigi davri (32-yil hukm surgan)dan boshlandi. Bu jarayonda Sosoniylar davlatining tarix sahnasiga chiquvi asosiy omil bo’ldi. Xususan, sosoniy hukmdorlardan Shopur I ning (m. 242-243 yillardagi yurishlari) va Shopur II ning (209-279) kushonlarga bergan zarbalari hal qiluvchi o’rin tutdi. M. III asrning 1-yarmi yoki o’rtalarida Kushon podsholigi barham topgan.
15. V-VIII asrlarda davlatchilik rivojlanishining xususiyatlari.
V-VIII asrlarda davlatchilik rivojlanishining xususiyatlari.
Eftaliylar davlati. M. IV-V asrdan O’rta Osiyo hududida yerga egalik munosabatlari, ya’ni feodal ishlab chiqarish munosabatlari qaror topa boshladi. «Feodal» lotincha – «katta yer egasi» ma’nosini anglatadi. Bu davrdan yerga bo’lgan munosabat o’zgarib bordi.
Bu mulkdorlar ilk o’rta asrlarda «dehqon», ya’ni «qishloq hokimi» nomi bilan shuhrat topgan. Ularga qaram kishilar «kadivar», ya’ni «qishloq qo’rg’onlarida yashovchilar», deb atalgan. Erkin yer egalari esa «kashovarzlar» deb nomlangan.
Eftaliylar davrida davlatning boshida podsho turgan. Ammo taxt otadan bolaga meros bo’lib qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Taxminiy fikrlarga ko’ra bunday markaz Poykand yoki Balx shahri bo’lgan deyiladi.
Eftaliylar Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan elchilik, savdo-sotiq munosabatlarini olib borishgan. Bu savdo jarayonida sosoniy tangalar bilan bir qatorda mahalliy tangalar ham qo’llanilgan.
Turk xoqonligi. VI asrning o’rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va O’rta Osiyodagi turli qabilalar va xalqlar birlashib katta Turk xoqonligi davlatini tashkil qildilar.
563-567 yillar davomida Turk xoqonligi qo’shinlari eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib, O’rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo’lgan yerlarni egallashga muvaffaq bo’ladi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi. Turk xoqonligi O’rta Osiyo yerlarini ishg’ol etgach, uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi.
Arab xalifaligi. O’rta asrlar dunyosida juda katta iz qoldirgan, qudratli saltanat darajasiga ko’tarilgan Arab xalifaligi o’zining ijtimoiy-tadrijiy taraqqiyoti davomida murakkab, ziddiyatli tarixiy jarayonlarni bosib o’tgan.
Arab xalifaligining istilochilik yurishlarida O’rta Osiyo yerlarini bosib olish va uning xalqlarini itoatga keltirish, bu hududda islom dinini yoyish alohida o’rin tutadi. VII asr o’rtalariga kelib, Eron hududlari egallangach, endilikda xalifalik e’tibori Xuroson va O’rta Osiyo yerlarini bosib olishga qaratiladi.
16. Movarounnahrda Somoniylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi. Davlatni boshqarish tartibi.
|
| |