|
Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar
|
bet | 3/17 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 55,71 Kb. | | #261490 |
Bog'liq tarix40Qadimgi davrda O’rta Osiyo ikki daryo oralig’ida davlat birlashmalarining har xil shakllari mavjud bo’lgan:
1. Dalat tipi – podsholik. Boshqaruv shakli – mutlaq monarxiya.
2. Davlat tipi – konfederativ podsholik. Boshqaruv shakli – cheklangan monarxiya. Ular odatda qabila boshliqlari yoki o’z tangasini zarb qiluvchi urug’ boshliqlari tomonidan boshqariladigan bir nechta o’lkalardan iborat bo’lgan.
3. Dalat tipi – mulkka egalik qilish. Boshqaruv shakli – qabila dohiylari yoki urug’ boshliqlarining meros qilib qoldiriladigan hokimiyati.
O’rta Osiyodagi qadimgi davlatchilik evolyusiyasini (taraqqiyotini) bir necha davrlarga ajratib ko’rsatish mumkin:
1-davr. M.a. 2 ming yillikning ikkinchi yarmi – O’zbekiston janubida davlatchilik tuzilmalarining ilk belgilari paydo bo’ldi. Davlatning bunday namunasi Jarqo’tonda topilgan.
2-davr. M.a. 1 ming yillikning boshi – Xorazm, Baqtriya, Sug’d tarixiy-madaniy viloyatlarining shakllanishi.
12. Qadimgi Xorazm, Baqtriya, Sug’diyona va ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti.
O’zbekiston hududida m.a. VII-VI asrlarda dastlabki davlat birlashmalari (Xorazm, Baqtriya va Sug’diyona) vujudga keldi. Bu davlatlar o’ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o’tgan.
Qadimgi Xorazm (m.a. VII - m. IV asrlar) – Turon va Eron mintaqalari oralig’idagi davlat, ya’ni Amudaryo quyi havzasidan Turkmaniston janubiga qadar, shuningdek, O’rta Osiyoning markaziy mintaqalarini o’ziga birlashtirgan,
Xorazm davlati egallagan hududlar ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi Xorazm yerlari bilan cheklanib qolmay, balki undan ancha janubga, ya’ni Murg’ob va Tajang daryolari atroflariga qadar ham yoyilgan. Shu boisdan bu qadimgi tarixiy o’lka fanda 2 xil: Katta Xorazm va Qadimgi Xorazm nomlari bilan ma’lum.
Qadimgi Baqtriya. M.a. VII-VI asrlarda tashkil topgan bu davlat – Amudaryoning yuqori va o’rta oqimidagi, hozirgi Surxondaryo, Qashqadaryo, qisman Zarafshon, shuningdek hozirgi Tojikistonning janubi, Afg’onistonning shimoliy-sharqiy qismidagi hududlarni tasarrufiga olgan. Baktriyaning «Ming bir shahar mamlakati» deb nomlanganligi unda shaharlarning ko’plab bo’lganligidan guvohlik beradi. Bu davlatning ko’pdan ko’p yirik shaharlari orasida Baqtra mashhur bo’lib, mamlakatning poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan, unda podshoh qal’asi alohida ajralib turgan.
Qadimgi Sug’diyona (m.a. VII-m. IV asrlar) – bu davlat uyushmasi ham Baqtriya singari qadimdan mustaqil faoliyat ko’rsatgan. Bu davlatning hududiga hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, ya’ni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari, Tojikistonning Panjikent atrofidagi yerlar kirgan. Bu davlatning poytaxti Samarqand shahri bo’lgan. Bu shahar qadimgi «Buyuk ipak yo’li»da joylashgan bo’lib, savdo-iqtisodiy jihatdan Sharq va G’arbni bog’lagan. Sug’d tili qadimda va ilk o’rta asrlarda jahon savdo tili sifatida katta nufuzga ega bo’lgan. Sug’diyonada aholi yuqori darajada dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik madaniyatiga ega bo’lgan.
13. Davan va Qang’ davlatlarining tashkil topishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.
Davan davlati. Davan (xitoycha Dayyuan nomidan olingan) – Farg’ona vodiysidagi qadimgi davlat. M.a. II-I asrlarda Davan keng, obod, boy mamlakat bo’lgan. Davan shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulug’ hukmdor qarorgohi Gushan (hozirgi O’zgan)da bo’lgan. Podsho hokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qo’yilgan
|
| |