|
Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar
|
bet | 6/17 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 55,71 Kb. | | #261490 |
Bog'liq tarix40IX asrning 2 yarmida Movarounnahrda vujudga kelgan Somoniylar sulolasi xalifa Ma’mun e’tiboriga tushgan. Bu sulolaga Balx yaqinida yirik yer egasi Somonxudod asos solgan. Xalifa Ma’munning topshirig’i bilan Xuroson noibi Tohir ibn Husayn 820 yili Somonxudodning o’g’li Asadga katta ishonch bildirib, uning o’g’illari - Nuhni Samarqandga, Ahmadni Farg’onaga, Yahyoni Shosh va Usrushonaga, Ilyosni Hirotga noib qilib tayinlagan. Movarounnahrni o’z qo’l ostida birlashtirishga kirishgan Ahmad 864 y. vafot etdi. O’rniga taxtga o’tirgan o’g’li Nasr Ahmadning ishini davom etdirdi. 874 y. u Buxoroda tohiriylarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olondan foydalanib, Buxoro shahrini egalladi va shaharni boshqarishni ukasi Ismoilga topshirdi. Biroq, keyinchalik Nasr va Ismoil o’rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayib, 888 yildagi to’qnashuvda Ismoil akasi ustidan g’alaba qozondi. 892 yildan Ismoil Somoniy Movarounnahr hukmdorligini qo’lga kiritdi.
17. Qoraxoniylar davlatida davlatni boshqarish tartibi.
Qoraxoniylar davrida davlat boshqaruvi somoniylarda bo’lganidek markazlashgan asosda emas, balki ko’proq mahalliy xududiy usulda boshqarilgan. Xonlar xoni Tamg’achxon Qashg’arda yashab, viloyatlarni idora qilishni mahalliy iloqxonlar ixtiyoriga topshirib qo’ygan. Qoraxoniylar davrida Movarounnahr poytaxti Samarqand bo’lib, uning Iloqxoni katta obro’ga ega bo’lgan. Shaharlar hokim, rais va muhtasiblar tomonidan boshqarilgan
Qoraxoniylar davlatida ham madaniy hayotga katta e’tibor berilgan. Jumladan, Shams-ul-mulk davrida Buxoro yaqinida saroy, Hazora qishlog’ida Dingaron masjidi va karvonsaroy, Arslonxon davrida mashhur Minorai Kalon qurildi (1127). XII asr oxirida Buxoro sadri Abdulaziz II Vobkentda minora bunyod etdirdi. 1108-1109 yillarda Jarqo’rg’onda minora qurildi. Shuningdek, Samarqand, Termiz va Urganchda ham qator qurilishlar qilindi
18. G`aznaviylar davlatida davlatni boshqarish tartibi.
G’aznaviylar davlati. 962 y. jasur turkiy sarkarda Sabuqtegin G’azna shahrida g’aznaviylar davlatiga asos solgach, bu shahar Xurosonning siyosiy markaziga aylandi. Uning o’g’li Sulton Mahmud davrida (998-1030) G’aznaviylar davlatining qudrati yanada oshib, xududi shimoliy-g’arbiy Hindistondan Chag’oniyon va Xorazmgacha cho’zildi. Bu davlat xududiga Eronning shimoli-sharqiy qismi ham kirgan edi. Mahmud G’aznaviy yaxshi qurollangan, intizomli, qudratli qo’shin tuzib, ko’plab istilochilik yurishlari qildi. Jumladan, Hindistonga 17 marta harbiy yurish qilgan. U 1019 y. Kanauja shahrini egallab, u yerdan 20 mln. dirham, 57 ming qul va 350 ta filni qo’lga kiritgan. 1017 y. Xorazm hukmdori Ma’munning o’ldirilishidan keyin bu yerda sodir bo’lgan beboshliklardan foydalangan Mahmud Xorazmni ham o’ziga bo’ysundirdi. Sulton Mahmud hukmdorligi davrida ilm-ma’rifatga ma’lum darajada e’tibor berilgan. U Abu Rayxon Beruniyni ham Xorazmdan G’aznaga, o’z saroyiga olib ketdi va Beruniyning ilm bilan shug’ullanishi uchun zarur sharoit yaratib berdi. Mahmud G’aznaviy vafotidan keyin (1030) uning o’g’li Ma’sud davrida (1030-1041) mamlakatda ichki ziddiyatlarning kuchayishi va saljuqiy turklarning hujumlari, xususan, 1040 yilgi Dandanakon jangidagi mag’lubiyatdan keyin G’aznaviylar davlati inqirozga yuz tutdi.
19. Saljuqiylar davlatida davlatni boshqarish tartibi.
|
| |