|
Jadid" arabcha so’z bo’lib, "yangi"
|
bet | 17/17 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 55,71 Kb. | | #261490 |
Bog'liq tarix40Jadid" arabcha so’z bo’lib, "yangi" degan ma’noni bildiradi.
Ismoilbek Gaspirali darslik yaratadi, o’zining "Tarjimon" (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng targ’ib qiladi.
I. Gaspirali 1893 yilda Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo’ldi. Buxoroda amir Abdulahadni jadid maktabi ochishga ko’ndiradi. Bu maktabga "Muzaffariya" nomi beriladi. 1899 yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901 yilda Qo’qonda Salohiddin domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo’lib jadid maktablarini ochadilar. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar ham yaratganlar.
40. Turkiston jadidlarining faoliyati.
. Jadidlarning xalq ma’rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo’nalishdan iborat bo’lgan:
1. Yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish.
2. Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish.
3. Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop etish.
Shu dasturni amalga oshirish borasida Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho’lpon va boshqa ziyolilar jonbozlik ko’rsatishdi. Yangicha o’qitish musulmon bolalariga qisqa vaqt ichida dunyoviy, diniy ta’lim berish dasturi asosida olib borildi. Bu dasturga ko’ra maktablarda o’qitish tizimi ikki bosqichdan iborat bo’lgan. Birinchi bosqich ibtidoiy qism deb atalib, uning tahsil muddati 4 yil bo’lgan. Birinchi bosqichni tugatgan shogird eski maktabda 10 yil o’qigandan ko’ra yaxshiroq savod chiqargan. Ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan shogird arabcha, forscha, turkiy tilda bemalol so’zlashib, ruschada erkin gaplasha olar edilar.
1906 yilda Ismoil Obidovning muharrirligida "Taraqqiy", shu yili Munavvarqori muharrirligida "Xurshid", 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida "Shuhrat", Ahmadjon Bektemirov muharrirligida "Osiyo" ro’znomalari chop etildi.
|
| |