|
Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar
|
bet | 9/17 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 55,71 Kb. | | #261490 |
Bog'liq tarix401370 yil iyunida Samarqandda qurultoy chaqirdi. Unda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qo’shin tuzish masalalari muhokama etildi. Amir Temur mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etd
1370 yil oxiri va 1371 yil boshida Sharqiy Turkiston tomon yurish qilindi.
1370-1371 yillarda Hisor, Badaxshon, Qunduz kabi viloyat amirlari ham Amir Temur hokimiyatini tan olib, unga bo’ysundilar. 1370 yil kuzi va 1371 yil bahorida Afg’oniston shimolidagi Shibirg’on viloyati bo’ysundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldi.
Amir Temur o’z saltanati tarkibiga Xorazm mulkini ham qo’shib olish uchun besh marotaba (1371, 1373, 1375, 1379, 1388) harbiy yurish qildi. 1388 yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, uning hududlari Amir Temur davlatiga bo’ysundirildi.
1371-1390) mobaynida Sohibqiron Mo’g’ulistonga yetti marta yurish qilib, mo’g’ul hukmdorlari Anqoto’ra va Qamariddin ustidan g’alaba qozondi
23Amir Temurning saltanatni barpo etish yo’lidagi harbiy yurishlari
Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi. 1381 yil u Hirotni egalladi.
1381-1384 yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi.
Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda “uch yillik (1386-1388)”, “besh yillik (1392-1396)” va “yetti yillik (1399-1404)” urushlar nomi bilan mashhur.
Amir Temur bilan Usmonli turklar sultoni Boyazid qo’shinlari o’rtasidagi hal qiluvchi jang 1402 yil 20 iyulda Anqara yaqinida sodir bo’ldi. Bu jang tarixda “Anqara jangi” deb ataladi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bo’lib 360 ming nafar askar qatnashadi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchlari turk qo’shinini tor-mor etdi.
Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404 yil 27 noyabrida 200 ming qo’shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Lekin yo’lda shamollab qoladi va 1405 yil yanvar oyining o’rtalarida O’trorga to’xtashga qaror qilishdi. Shu yerda 18 fevral kuni buyuk jahongir Sohibqiron Amir Temur vafot etdi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn qilindi.
.25Amir Temur davridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
Amir Temur hayotligi chog’idayoq saltanatni asosan to’rt qismga (ulus) bo’lib, o’g’il, nabiralariga taqsimlab bergan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot) Shohruhga (1377-1447); G’arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga (1366-1408); Fors, ya’ni Eronning sharqiy qismi (markazi Sheroz) Umarshayx Mirzoga (1354-1394); Afg’oniston va Shimoliy Hindiston (markazi G’azna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga (1376-1407) suyurg’ol qilib berilgan.
Amir Temur davrida davlat o’z tarkibiy tuzilishiga ko’ra harbiy siyosiy tartiblarga asoslangandi. Sohibqiron o’ziga qadar mavjud bo’lgan davlatchilikning sakkizta asosiga amal qiladi:
Markaziy hokimiyat tizimida shayxulislom, qozikalon, qoziyi ahdos (odat bo’yicha hukm chiqaruvchi qozi), qozi askar, sadri a’zam (vaqf yerlari, mulklari mutasaddisi), dodxoh (shikoyatlarni ko’ruvchi), eshikog’a, saroy vaziri, yasovul (hukmdorning shaxsiy buyrug’ini bajaruvchi), qalaqchi (xiroj miqdorini aniqlovchi), muhassil (soliq undiruvchi), tavochi (asosiy qo’shinlarni to’plash ishiga mutasaddi amaldor), qorovulbegi, muhtasib (shariat qoidalari ijrosini, bozor tartiblarini nazorat qiluvchi) va boshqalar bo’lgan.
|
| |