|
Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar
|
bet | 7/17 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 55,71 Kb. | | #261490 |
Bog'liq tarix40. X asr o’rtalarida o’g’uzlar ittifoqi negizida tashkil topgan Saljuqiylar davlatining dastlabki markazi Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan Yangikent shahri bo’lgan. O’g’uzlarning yobg’usi (yetakchisi) Saljuqbek va uning avlodlari Tug’rulbek, Chag’irbek va Shakarbeklar bu davlatni buyuk saltanat darajasiga ko’tardilar. Asosan ko’chmanchi chorvachilik bilan kun kechirgan o’g’uzlarning bir qismi 1020-30 yillarda qoraxoniy, keyinchalik, g’aznaviy hukmdorlarning roziligi bilan dastlab Nurota tog’lari yon bag’irlariga va undan Marvga, bir qismi Kat (Xorazm) orqali Kaspiy dengizining janubiy-sharqiy qismlari (Obivard, Farovi atroflari)ga joylashdilar. O’g’uzlar tezda Tug’rulbek boshchiligida birlashib, g’aznaviylarga qarashli Xuroson yerlarini egallay boshladilar. 1040 y. Dandanakonda bo’lgan jangda Tug’rulbek qo’shinlari g’alaba qozongach g’aznaviylarga tegishli katta hududlar ular ixtiyoriga o’tdi. Shundan keyin saljuqiylar istilochilik yurishlarini davom ettirishib, Eronning shimoliy qismi, Ozarbayjon, Kurdiston, Iroqni egalladilar. 1055 y. xalifalik poytaxti Bag’dodni qo’lga kiritishdi. 20. Xorazmshohlar davlatida davlatni boshqarish tartibi.
20. Xorazmshohlar davlatida davlatni boshqarish tartibi.
Saljuqiylar hukmdori Malikshoh davrida Xorazmni mustaqil boshqarish huquqini qo’lga kiritgan Anushtagin, uning avlodlari Qutbiddin Muhammad (1097-1127) va Jaloliddin Otsiz (1127-1156) davrida Xorazm ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ancha rivojlandi. Usta diplomat va mohir sarkarda bo’lgan Otsiz mustaqil tashqi siyosat olib bordi. U Sirdaryoning quyi oqimi va Mang’ishloq atroflarini bosib olib, Xorazm yerlarini ancha kengaytirdi. Biroq, saljuqiylarga qarshi bir necha marta (1138, 1142, 1148) isyon ko’tarishiga qaramasdan mustaqillikka erisha olmadi. Otsizning vorisi El Arslon mustaqillik uchun qoraxitoylarga qarshi kurash olib bordi. El Arslon vafoti (1172)dan so’ng qoraxitoylar Xorazmga bostirib kirib aholini o’lpon to’lashga majbur etdilar. Takash hokimiyatida oliy idora - devon bo’lib, davlatning ichki va tashqi siyosatini vazir boshqargan. Davlat boshqaruvida Takashning xotini Turkon xotun va uning urug’lari – qipchoqlarning ta’siri katta bo’lgan. Takash o’limidan keyin, 1200 y. hokimiyatni egallagan Alouddin Muhammad qoraxitoylar yordami bilan Xurosonni egallab oldi. 1207 y. u katta kuch bilan Movarounnahrga yurish boshladi. Bunga 1206 yilda Buxoro sadri (hokimi) Muhammad ibn Abdulazizning zulmiga qarshi boshlangan xalq harakati ham sabab bo’ldi. Sadr Muhammad qo’zg’olonni bostirish uchun qoraxitoylardan yordam so’radi. Biroq, Muhammad Xorazmshoh qoraxitoylardan oldinroq harakat qilib Buxoroni egallab oldi.
21 XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.
|
| |