|
Ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1991–2016-yillar
|
bet | 16/17 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 55,71 Kb. | | #261490 |
Bog'liq tarix401880-1883 yillarda mustamlakachilik zulmiga qarshi qator chiqishlar bo’lib o’tdi.
1892 yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda rus mustamlakachilarini talvasaga solgan va tarixga “vabo isyoni” yoki “toshotar voqyeasi” sifatida kirgan qo’zg’olon bo’ldi. Iyun oyida Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma’muriyati shoshilinch choralar ko’rdi. Vabo kasali bilan o’lganlarni shahar ichkarisidagi 12ta qabristonga ko’mish man etildi, shahar tashqarisida 4 ta yangi qabriston ochiladi
38. Imperiya istibdodiga qarshi Andijon va Jizzax qo’zg’olonlari
) Andijon qo’zg’oloni. Turkistonda ko’tarilgan ozodlik harakatining eng yirigi 1898 yilgi Andijon qo’zg’olonidir. Qo’zg’olonga Andijon yaqinidagi Mingtepa qishlog’ida yashovchi Muhammad Ali Eshon boshchilik qildi. 1898 yil 17 may kuni bir guruh kishilar Muhammad Ali Eshonni oq kigizga o’tqazib, xon deb ko’tardilar, xaloyiqni qo’zg’olonga da’vat qildilar. Shu kuni xufton paytida har kim qo’liga tushgan narsani olib Andijon shahriga jo’nadilar.
Qo’zg’olonchilar Andijondagi mustamlakachilarning harbiy garnizoniga bostirib kiradi va kazarmaning piramidalarida turgan 30 ga yaqin miltiqni o’lja qilib olib, birinchi qatordagi soldatlar ustiga tashlanishadi.
Jizzax qo’zg’oloni. Birinchi jahon urushi unda ishtirok etayotgan Rossiya imperiyasini tobora holdan toydirmoqda edi. O’n minglab askarlari jangda qurbon bo’ldilar. Talvasaga tushgan Rossiya Oliy Bosh qo’mondon shtabi harbiy vazirlikdan “armiya ehtiyojlari uchun salmoqli miqdorda kuch ajratishni” zudlik bilan talab qildi. Bu kuchni harbiy vazirlik mustamlakalardan to’plashga umid bog’ladi. Natijada, Rossiya imperatori Nikolay II 1916 yil 25 iyunda Turkiston, Sibir va Kavkazdagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan erkaklarni front orqasidagi xizmatlar uchun safarbar qilish to’g’risida farmon chiqardi.
1916 yildagi qo’zg’olonning eng kuchli nuqtasi Jizzax qo’zg’oloni bo’ldi. Jizzax shahri aholisi 13 iyul kuni safarbarlikka chaqirilgan ro’yxatni talab qilib oqsoqol va mingboshi mahkamasiga to’plandilar. Oqsoqolni o’ldirib, mingboshi mahkamasini vayron qildilar, ro’yxatni topib olib yondirib tashladilar. Qo’zg’olonni bostirishga yetib kelgan jazo otryadi katta zarbaga uchradi. Qo’zg’olonchilar safi kengayib bordi. 18 iyul kuni Nazirxo’ja Eshon boshchiligida yangi shaharga tomon yurdilar. Jazo otryadi bilan qo’zg’olonchilar o’rtasida bo’lgan to’qnashuvda ikkala tomondan ham qurbonlar bo’ldi.
1916 yilgi Qo’zg’olon butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar va kambag’allar qo’zg’olonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’ldi Qo’zg’olon bostirilgan bo’lsada, mustamlakachilar ham anchagina kuchlaridan ajraldilar. Shuning uchun ham, 1916 yil 13 dekabrda IV Davlat Dumasida so’zga chiqqan noib A.F.Kerenskiy “Urush frontlariga yangi bir front - Turkiston fronti qo’shildi”, - deb vaziyatga jiddiy va xolis baho bergan edi.
39. Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi.
Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo’l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko’rdi. Bu borada jadidchilik harakati katta rol o’ynadi.
Jadidchilik rus mustamlakachiligiga qarshi milliy demokratik harakat bo’lib, u o’sha davr Turkistondagi qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat hayotida ijtimoiy va madaniy islohotlar o’tkazish, pirovardida milliy mustaqillik g’oyalarini hayotga tadbiq etish maqsadini o’z oldiga qo’ygan edi.
Jadidchilik harakatini quyidagi uchta bosqichga bo’lish mumkin:
Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon xalqlari orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy-dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gaspirali (1851-1914) bo’ldi. Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 bolaning savodini chiqaradi.
|
| |