• KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
  • Ilmiy kengash toshkent davlat pedagogika universiteti haydarov dilshod shog




    Download 0.88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/33
    Sana20.08.2023
    Hajmi0.88 Mb.
    #79082
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Bog'liq
    bolajak boshlangich sinf oqituvchilarining texnologik loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi
    тўплам учун, ....., Урганч шаҳридагиq2, RAQAMLAR, Kurs ishi Mavzu Rasm sxema,chizma asosida matematikadan masala , Meetings, ethical behaviour and social performance, 6, 7-mavzu Ma’lumot-axborot hujjatlari. Xizmat yozishmalari, INFOR izlew 2- lekciya, Yoriqnoma ERB3agu, Azizova 1, 998945930927, 2badbb85-75df-403e-88b9-ed06cb6354f6, Milliy sertufikat
    Z.N.Mamarajabova 
    ilmiy darajalar beruvchi ilmiy 
    kengash raisi, p.f.d., professor 
    R.G.Isyanov 
    ilmiy darajalar beruvchi ilmiy 
    kengash kotibi, ped.f.n., dotsent 
    S.S.Bulatov 
    ilmiy darajalar beruvchi ilmiy 
    kengash qoshidagi ilmiy seminar 
    raisi, p.f.d., professor 



    KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon ta’lim tizimida 
    bo‘lajak 
    boshlang‘ich 
    sinf 
    o‘qituvchilarining 
    texnologik 
    loyihalash 
    kompetensiyalarini rivojlantirishning kreativ-modulli texnologiyalari amaliyotga 
    tatbiq etilmoqda. Xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha yangi 
    ta’lim Konsepsiyasida ta’lim taraqqiyotning asosiy harakatlanuvchi kuchi va barqaror 
    rivojlanish maqsadlariga etkazuvchi muhim faoliyat
    1
    sifatida tan olingan. Kelajak 
    talabalari va bugungi kun uchun mas’ullar barchasining asl poydevori boshlang‘ich 
    sinf o‘qituvchilaridan boshlanishini inobatga olgan holda, agar biz hozir diqqat 
    qaratib, to‘g‘ri tanlov qilsakkina, ta’lim kelajagiga ishonch bilan qaray olamiz. 
    Bugungi kunda butun jahonda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 
    individual, ijodiy faoliyatini yanada takomillashtirish, loyihalash kompetensiyalarini 
    rivojlantirishda funksional texnologik faoliyat, shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich 
    sinf o‘qituvchilarining texnologik loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish 
    modellari 
    va 
    mexanizmlarini 
    raqamli 
    texnologiyalar 
    vositalari 
    asosida 
    takomillashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib 
    borilmoqda. 
    Jahon ta’lim tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining funksional 
    texnologik bilimlarini texnologiya fanlari integratsiyasi asosida shakllantirish 
    metodikasini rivojlantirish, kreativ shaxsni rivojlantirish, talabalarni zamonaviy 
    texnologiya fanlari rivojlanishiga funksional hamda intellektual jihatdan sezgirligini 
    oshirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqotlar haqidagi 
    tushunchalar va amaliy jarayonlar natijalarini umumlashtirish, tadqiqotda 
    o‘rganilayotgan ob’ektlarning muhim belgilarini bilish, shaxsning bilim olishiga oid 
    kreativ faolligini rivojlantirish, variativ ta’lim orqali talabalarning bilimlarini oshirish 
    hamda qobiliyatlarini shakllantirish, bilim olish motivlarini vujudga keltirish 
    qobiliyatlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida nazariy qoidalar ishlab 
    chiqilmoqda. 
    Respublikamizda so‘nggi yillarda boshlang‘ich sinflarda o‘qish, yozishdan 
    tashqari texnologik ta’lim fanlari integratsiyasini takomillashtirish, o‘quvchilarning 
    kreativligini shakllantirish, bo‘lajak o‘qituvchilarning texnologik loyihalash 
    kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy o‘quv resurslarini ishlab chiqishning 
    me’yoriy asoslari yaratilmoqda. “Mamlakatimizda uzluksiz ta’limni yanada 
    takomillashtirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, maktablarda boshlang‘ich 
    ta’lim sifatini oshirish”
    2
    ustuvor vazifalar etib belgilandi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
    o‘qituvchilarining 
    texnologik 
    loyihalash 
    kompetensiyalarini 
    rivojlantirish 
    boshlang‘ich sinflarda texnologiya asoslaridan dars berish metodikasini egallash 
    imkoniyatlarini kengaytiradi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son 
    1
    Incheon declaration // Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for 
    all (Word Education Forum, 19-22 may 2015. Incheon, Republic of Korea). – 48 p. 
    2
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot 
    sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PQ-3151-son, 2017 yil 27 iyul. 
    O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 30-son, 729-modda. 



    “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 
    to‘g‘risida”, 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy 
    ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 
    farmonlari, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim 
    sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli 
    islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
    to‘g‘risida”, 2022 yil 6 iyuldagi PQ-307-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston 
    Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini
     
    amalga oshirish bo‘yicha 
    tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlari, shuningdek, ushbu dissertatsiya 
    faoliyatiga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni 
    amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. 

    Download 0.88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 0.88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy kengash toshkent davlat pedagogika universiteti haydarov dilshod shog

    Download 0.88 Mb.
    Pdf ko'rish