• Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi




    Download 0.88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/33
    Sana20.08.2023
    Hajmi0.88 Mb.
    #79082
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
    Bog'liq
    bolajak boshlangich sinf oqituvchilarining texnologik loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi
    тўплам учун, ....., Урганч шаҳридагиq2, RAQAMLAR, Kurs ishi Mavzu Rasm sxema,chizma asosida matematikadan masala , Meetings, ethical behaviour and social performance, 6, 7-mavzu Ma’lumot-axborot hujjatlari. Xizmat yozishmalari, INFOR izlew 2- lekciya, Yoriqnoma ERB3agu, Azizova 1, 998945930927, 2badbb85-75df-403e-88b9-ed06cb6354f6, Milliy sertufikat
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi ishda qo‘llangan usullar va nazariy 
    ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olingani, taklif va tavsiyalarning amaliyotga 
    joriy etilgani, qo‘llangan yondashuv, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari 
    samaradorligining matematik-statistik metodlar yordamida asoslangani, olingan 
    natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi.
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining 
    ilmiy ahamiyati bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik loyihalash 
    kompetensiyasini rivojlantirishning o‘quv materiallarini zamonaviy dunyoga mos 
    shakllantirishga nisbatan ilmiy hamda amaliy yondashuvlar ishlab chiqilgani, 
    mavzularni boyitishga bo‘lgan extiyojlar aniqlangani va asoslangani, texnologiya va 
    uni o‘qitish metodikasi kursini yaratishda hamda bo‘lajak individual, kreativ 
    o‘qituvchilar o‘z kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashadigan mutaxassis kadrlar 
    tayyorlashda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
    o‘qituvchilarining 
    texnologik 
    loyihalash 
    kompetensiyasini 
    rivojlantirish, 
    “Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha fanning zamonaviy mazmuni 
    hisobga olingan dasturi ishlab chiqilgani va texnologik bilimlar asoslari bo‘yicha 
    ma’ruzalar kursi, amaliy mashg‘ulotlar, topshiriqlar majmuining mazmunini 
    tayyorlashga xizmat qilishi bilan belgilanadi. 
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
    o‘qituvchilarining loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasiga oid 
    olingan natijalar asosida: 
    bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integratsiyalashgan texnologik 
    loyihalash kompetentligi talaba shaxsining ma’naviy-bilim orttirish va qadriyatlarga 
    oid faolligiga, uning ijtimoiy amallarga qodirligini kuchaytirishga, mohir 
    pedagogning yaxlit shaxsini shakllantirishga yo‘naltirish asosida takomillashtirishga 
    oid tavsiyalardan PZ-20170923121 raqamli “SHaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni 
    tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida 
    belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat 
    pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1354/04-son dalolatnomasi). 
    Natijada, talabalarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik 
    imkoniyatlari kengaytirilgan; 
    bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik loyihalash 
    kompetentligini texnologik jarayonlarni ajratish va abstraksiyalash, bilimlarni 
    umumlashtirish hamda bochqichma-bochqich rejalashtirish maqsadning realligiga 
    mos ravishda hamda harakat qilishning aniq traektoriyasini belgilash asosida 
    takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “SHaxs tarbiyasida 



    milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli 
    grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent 
    davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1354/04-son 
    dalolatnomasi). Natijada talabalarning amaliy faoliyatli tashkil etish bo‘yicha bilimlar 
    darajasi pedagogik amaliyotda rivojlantirilgan; 
    bo‘lajak 
    boshlang‘ich 
    sinf 
    o‘qituvchilarini 
    texnologik 
    loyihalash 
    kompetensiyasini rivojlantirishda “STEAM educational model 3” texnologiyasini 
    adaptatsiyalash, bilim, malaka va ko‘nikmalari hamda ta’lim traektoriyalarini 
    mustaqil ta’limga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan PZ-
    20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik 
    faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar 
    ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 
    2022 yil 18 maydagi 02-07-1354/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning 
    amaliy faoliyatli tashkil etish bo‘yicha bilimlar darajasi pedagogik amaliyotda 
    rivojlantirilgan; 
    bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik loyihalash 
    ko‘nikmalarini produktiv hamda reproduktiv faoliyatga kirishish, konstruktiv va 
    rekonstruktiv, ziddiyatlarga nisbatan ta’sirchanlikni aniqlash va ularni maqsadga 
    qaratilgan holda ifodalash mahoratini shakllantirishga ustuvorlik berish asosida 
    takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida 
    hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha 
    doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat 
    pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1354/04-son dalolatnomasi). 
    Natijada talabalarning predmetli amaliy, variativlik mahoratini shakllantirilgan. 

    Download 0.88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




    Download 0.88 Mb.
    Pdf ko'rish