loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi




Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/33
Sana20.08.2023
Hajmi0.88 Mb.
#79082
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
bolajak boshlangich sinf oqituvchilarining texnologik loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi
тўплам учун, ....., Урганч шаҳридагиq2, RAQAMLAR, Kurs ishi Mavzu Rasm sxema,chizma asosida matematikadan masala , Meetings, ethical behaviour and social performance, 6, 7-mavzu Ma’lumot-axborot hujjatlari. Xizmat yozishmalari, INFOR izlew 2- lekciya, Yoriqnoma ERB3agu, Azizova 1, 998945930927, 2badbb85-75df-403e-88b9-ed06cb6354f6, Milliy sertufikat
loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi” deb nomlangan ikkinchi 
bobida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik loyihalash 
kompetensiyasini rivojlantirish mazmunini shakllantirish modeli, shuningdek, ijodiy 


12 
faoliyat mustaqil ta’lim olish va texnologik mahoratlar, mashq qilish, turli texnologik 
amallar va ijodiy loyihalarni bajarish yo‘li bilan shakllanishi va rivojlanishi haqida 
fikr yuritilgan. 
Texnologik ta’limni o‘qitish jarayonini shakllantirishga nisbatan yuqorida 
bayon qilingan yondashuvlarga asoslanib, tizimga solish maqsadida texnologik ta’lim 
mazmunini shakllantirishning ishchi modeli takomillashtirildi.
Model talabalar texnologik loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish maqsad 
va mazmuni; metodik yondashuvlar va tamoyillar; bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilari texnologik loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish shakl, vosita, 
texnologiya, metodikasini o‘z ichiga olgan tarkibiy tuzilmasi; nazorat va uni amalga 
oshirish shartlari; texnologik mazmuni; talabalar texnologik loyihalash 
kompetensiyasining rivojlanganlik natijasi bo‘lajak o‘qituvchining boshlang‘ich 
sinflarda texnologiya fanining asoslarini o‘qitishga tayyorligi bo‘ladi, bu kasbiy 
mahoratlar majmui orqali amalga oshirilishi mumkin. 
Bu modelda texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining kirish va bu 
fanning asosiy tushunchalarini o‘rganishdan boshlaymiz.
Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanini o‘qitish jarayonlarida bo‘lajak 
o‘qituvchilar ya’ni etuk kadrlarning shu fan yuzasidan va texnologik loyihalash 
kompetensiyasiga ega bo‘lishi, zaruriy bilimlarga ega bo‘lishi va o‘z kasbiy
faoliyatida foydalana bilishi, mehnat xavfsizligi talablari va ishlab chiqarishni nazorat 
qilish hamda zamonaviy yondashuvlarni hisobga olish, o‘quv materiallarini 
modellashtirish lozim. 
Talabalar texnologik loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish mazmunini 
dissertatsiya ishida qo‘yilgan talablar asosida shakllantiramiz. 
Bular, quyidagilar: loyihalash asosida o‘quv jarayonini boshqarish 
texnologiyalarini tizimli tashkil etish; mashg‘ulotlarni loyihalashtirish jarayonini 
tashkil etishni bilish; o‘quv materiallar asosida ish rejasini tuzishi, nazorat qilish va 
amalga oshirilgan ishning natijalarini baholash; ta’lim mazmunini belgilash 
tamoyillari va mezonlariga rioya etishi, o‘quv materiallarini tanlash va 
tizimlashtirishga doir zamonaviy yondashuvlarni hisobga olish, o‘quv materiallarini 
modellashtirish. 
Talabalar texnologik loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish mazmunini 
amalga oshirish shartlari asosida OTM o‘qituvchisi va o‘qituvchilar bilan 
birgalikdagi mahsulli faoliyatda texnologik kompetensiyalarini shakllantirish asosida 
boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanini o‘qitish metodikasi bo‘yicha o‘quv-uslubiy 
ta’minotda texnologik amaliy ishlarni o‘tkazish uchun kerakli uslubiy tavsiyalar 
ishlab chiqish, ta’lim jarayonida “STEAM educational model 3” dan foydalanish 
hamda “Creative space” (Ijodiy makon)ni yaratish. 
Model asosini bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining zamonaviy 
qobiliyatlari, me’yoriy hujjatlar hamda avval belgilangan talablarni hisobga olgan 
holda shakllantirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik 
loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni tashkil etadi hamda bu model 
asosida o‘qitish albatta ta’lim samaradorligini oshirmasdan qolmaydi. 


13 

Download 0.88 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi

Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish