• Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
  • “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida texnologik loyihalash kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari”
  • “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi




    Download 0.88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/33
    Sana20.08.2023
    Hajmi0.88 Mb.
    #79082
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
    Bog'liq
    bolajak boshlangich sinf oqituvchilarining texnologik loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi
    тўплам учун, ....., Урганч шаҳридагиq2, RAQAMLAR, Kurs ishi Mavzu Rasm sxema,chizma asosida matematikadan masala , Meetings, ethical behaviour and social performance, 6, 7-mavzu Ma’lumot-axborot hujjatlari. Xizmat yozishmalari, INFOR izlew 2- lekciya, Yoriqnoma ERB3agu, Azizova 1, 998945930927, 2badbb85-75df-403e-88b9-ed06cb6354f6, Milliy sertufikat
    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 2 ta respublika 
    hamda 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda muhokama qilingan. 
    Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha jami 
    16 ta ish, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi 
    tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini ilmiy nashrlarda chop 
    etish uchun tavsiya qilingan nashrlarda 4 ta maqola, shundan 3 tasi respublika va 1 
    tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan. 
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishi kirish, 3 ta bob, xulosa 
    va 
    tavsiyalar, 
    foydalanilgan 
    adabiyotlar 
    ro‘yxati va ilovalardan iborat. 
    Dissertatsiyaning umumiy hajmi 130 betni tashkil etadi. 
     
    DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
     
    Kirish 
    qismida 
    dissertatsiya 
    mavzusining 
    dolzarbligi 
    asoslangan; 
    muammoning o‘rganilganlik darajasi bayon qilingan; tadqiqotning maqsadi, 
    vazifalari, ob’ekti, predmeti, metodlari aniqlangan; tadqiqot ishining fan va 
    texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan. 
    Shuningdek, tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, ilmiy va amaliy 
    ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy qilinishi, e’lon qilinganligi, ishning 
    tuzilishiga doir ma’lumotlar keltirilgan. 


    10 
    Dissertatsiyaning “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida texnologik 
    loyihalash kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan 
    birinchi bobida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik ta’limini 
    rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, texnologik loyihalashtirish, texnologik 
    loyihalash kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini oshirish 
    sharoitlari o‘rganilgan. 
    So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar 
    yoshlarga ta’lim berishda asosiy maqsadni belgilash borasida o‘zgarishlarni taqazo 
    qildi. 
    “Texnologiya” fanini ta’lim sohasiga joriy qilishda bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
    o‘qituvchilari o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan loyihalash kompetensiyalari texnologiyada 
    faoliyatli yondashuvni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratish kerakligini 
    anglatadi. 
    Texnologiya (yunoncha “technologia” so‘zidan olingan) – bu mahsulot yaratish 
    va rivojlantirish hamda bilim olish uchun ishlatiladigan san’at, mahorat yoki 
    qobiliyat. 
    Sh.S.Sharipov va N.A.Muslimovning ilmiy ishlarida “texnologiya” o‘zida 
    to‘rtta mohiyat xususiyatlarini birlashtirgan ko‘p jihatli tushuncha – ob’ekt, bilim, 
    jarayon va iroda (motivatsiya, ehtiyojlar, niyatlar, qadriyatlar) sifatida ta’riflanadi. Bu 
    usullar o‘zaro aloqador bo‘lib, ularning natijasi inson yaratgan moddiy olam 
    hisoblanadi. 
    Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik ko‘nikmalarga ega 
    qo‘l mehnati reproduktiv usul bilan foydali narsalar yasashga mo‘ljallangan hamda 
    yo‘naltirgan sharoitlarda ijodiy shakllangan kasbiy tayyorgarligining tarkibiy qismi 
    sanaladi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Texnologiya” fanini o‘qitishga 
    texnologik jihatdan tayyorgarlik ko‘rmagan, fanning o‘quv dasturi mohiyati, o‘qitish 
    maqsadini bilmaydigan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarining zamonaviy 
    texnologik ta’limi uchun shart-sharoitlarni yarata olmaydi. Texnologiyani o‘rganishni 
    takomillashtirishni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining texnologik loyihalash 
    kompetensiyasini rivojlantirishdan boshlash zarurligi shubhasiz. 
    Shular asosida ilmiy-tadqiqot ishimiz doirasida texnologiya fani o‘quv dasturi 
    doirasida texnologik loyihalash kompetensiyalarini amalga oshirish jarayonini 
    loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish o‘rganildi. 
    Texnologik ta’lim bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining keng madaniy 
    saviyasi, unumli ijodiy tafakkuri, ijodiy qobiliyatlari, imkoni boricha individual 
    rivojlanishi, insonning o‘zgartiruvchilik, loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish 
    qonuniyatlari bilan tanishish hamda eng oddiy texnologik bilim, ko‘nikma va 
    malakalarni o‘zlashtirish jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy xislatlarini 
    shakllantirish jarayonini ta’minlashi lozim bo‘ladi. “Texnologiya va uni o‘qitish 
    metodikasi” fanining mazmuni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy 
    ahamiyatli shaxsiy xislatlarini rivojlantirish, eng oddiy kreativ qobiliyatlari, 
    loyihalash kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish vositasi sifatida qabul 
    qilinadi. Fan mazmunida bilimlar va qobiliyatlar, texnologik madaniyat asoslari aks 


    11 
    etgan bo‘lib, bu insonning har qanday amaliy faoliyati uchun xos bo‘lgan dastlabki 
    umumiy texnik bilimlar va ijodiy qobiliyatlardir. Demak, texnologik bilimlar va 
    ijodiy qobiliyatlar kamchiliklari kengaytirish tamoyiliga ko‘ra o‘rganiladi. Bu 
    bilimlar, avvalo, texnologik amallar, usullar va jarayonlar, shuningdek, ishlab 
    chiqarish iqtisodi va tashkillanishi hamda umumiy mehnat madaniyatining ular bilan 
    bog‘liq masalalaridir. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik 
    bilimlar doirasi kengaytirilib, mehnatning yangi usullari hamda asbob-uskunalar, 
    materiallar turlarini o‘zlashtiradi. 
    Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining faoliyati o‘quvchilarga atrofdagi 
    borliqning variativ usul va vositalarini egallash, boshqa fanlarni o‘rganishda 
    o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash imkoniyatini ta’minlashga 
    qaratilgan bo‘lib, “Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv fani mehnat 
    ta’limidan texnologik ta’limga o‘tishni yakunlaydi. Loyihalashtirilgan mehnat 
    faoliyati asosida yaratilgan ushbu fan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 
    texnologik, amaliy, iqtisodiy va ekologik tayyorgarligi, ularni kasbga yo‘naltirish 
    borasidagi ijobiy mahalliy va xorijiy tajribani sifat jihatidan yangi darajada amalga 
    oshirishga undaydi. Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fani integratsiyalashgan 
    xususiyatga ega. Integratsiya moddiy olamning turli hodisalari bilan tanishishdan 
    iborat. Bu hodisalar ularga xos bo‘lgan, inson faoliyatini amalga oshirish usullarida, 
    yog‘och, xom ashyo, harakat va axborotning variativ texnologiyalarda namoyon 
    bo‘ladigan umumiy qonuniyatlari bilan birlashgan. 
    Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik loyihalash 
    kompetensiyasini rivojlantirish mazmuniga nisbatan quyidagi talablarni taklif 
    qilamiz: 
    1. Texnologiya ta’limning zamonaviy maqsadlari – har bir o‘quvchi shaxsini 
    rivojlantirishni – aks ettirishi lozim. 
    2. Texnologik loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni zamonaviy 
    texnologik ta’limga yo‘nalgan bo‘lishi lozim. Bu quyidagilarni nazarda tutadi: 
    talabalar ongida olamning yaxlit texnologik manzarasini shakllantirish; kreativ 
    faoliyatning umumiy uslublari va vositalari, ya’ni texnologiyalarni o‘rganish va 
    ularni o‘zlashtirish; talabalarning texnologik tafakkurini va ijodiy qobiliyatlarini 
    rivojlantirish. 
    3. Texnologik loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish mazmunining 
    texnologik komponenti o‘rganilayotgan materialni umumlashtirish darajasini 
    oshirishga asoslanishi lozim: mazmun bir xillashtirilgan texnologik amallarni 
    o‘rganish ketma-ketligi sifatida tuziladi. Talabalar variativ faoliyat texnologiyalari 
    sohasida tarqoq bilimlarni emas, balki umumlashgan bilimlarni o‘zlashtiradi. 
    4. Texnologik loyihalash mazmuni talabalarning nafaqat texnologik, balki 
    kasbiy-pedagogik mahoratini ham shakllantirish vositasiga aylanishi lozim. 
    Dissertatsiyaning “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik 

    Download 0.88 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




    Download 0.88 Mb.
    Pdf ko'rish