• O’zlashtirish % Ballar Baho Talabaning bilim darajasi
  • Talabani
  • Talabalar ON dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari
  • Ko’rsatkichlar ON ballari maks 1
  • Talabani fan bo’yicha Attestatsiyadan o’tkazish tartibi
  • 7. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari hamda axborot manbaalari Asosiy adabiyotlar
  • Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari




    Download 65.75 Kb.
    bet4/4
    Sana31.12.2019
    Hajmi65.75 Kb.
    #6930
    1   2   3   4

    6. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari

    «Biofaol moddalar texnologiyasi» fani bo’yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.

    Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:

    joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda laboratoriya mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;

    oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

    yakuniy nazorat (YN) – semestr yakunida muayYN fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan taYNch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi.

    ON o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o’tkaziladi.

    Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YN ni o’tkazish jarayoni muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YN qayta o’tkaziladi.

    Talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

    Talabalarning “Biofaol moddalar texnologiyasi” fanidan o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizim bo’yicha olib boriladi.

    100 balli nazorat sistemasi talabalar bilimini nazoratning barcha turlarida qo’llaniladi:

    1. Laboratoriyada o’quv mashg’ulotlarini nazorat ya’ni JN (TMI ham JN ni ichida)

    2. Oraliq nazorat.

    3. Yakuniy nazorat.




    t/r

    Nazorat turi

    Maksimal ball

    Saralash bali

    1.

    Joriy nazorat

    50

    28

    2.

    Oraliq nazorat

    20

    11

    3.

    Yakuniy nazorat

    30

    17




    Jami

    100

    56

    Joriy nazorat

    Joriy nazorat bo’yicha nazorat 50 balli reyting tizimidagi aniq mezonlarga muvofiq gurux jurnaliga xar bir mashg’ulot uchun olgan ballari qo’yib boriladi. Talabalarning xar bir mashg’ulotda olgan maksimal ballari quyidagilardan tashkil topgan bo’ladi.

    1. Mavzu bo’yicha talabani amaliy va nazariy tayyorgarlik natijasini yangi zamonaviy axborot va pedogogik texnologiyalar bo’yicha tekshirish 3 ball.

    2. Talabani laboratoriya ishni bajarish darajasi, hosil qilgan ko’nikmasi 1 ball.

    3. Daftarni rasmiylashtirilishi va ma’ruza matnining mavjudligi 1 ball.

    Jami: 5 ball.

    JN da talabalarning mashg’ulotga tayyorgarlik darajasi darsni olib borishda foydalanilgan pedagoogik texnologiya orqali tekshiriladi. Laboratoriya ishini bajarganligi tayyor mahsulotni o’qituvchiga topshirganligidan keyin baholanadi. Ko’nikma esa talabani ishni qanday bajarganligini so’rash orqali baholanadi. Agar talabada ma’ruza matni bo’lmasa yoki ma’ruzaga qatnashmagan bo’lsa, shu ma’ruzani yozish talab qilinadi va daftar to’g’ri va to’liq rasmiylashtirilgandan so’ng 1,0 ball beriladi. Agar talaba biron-bir sabab bilan laboratoriya mashg’ulotida qatnasha olmasa, bu mavzuni mustaqil ravishda topshiradi va tegishli ballni qo’lga kiritadi.
    Mavzu bo’yicha JN quyidagicha amalga oshiriladi:

    3 dan kam - qoniqarsiz

    3 - qoniqarli

    4 - yaxshi

    5 - a’lo

    Fan bo’yicha JN quyidagicha amalga oshiriladi:

    28 dan kam - qoniqarsiz

    28 dan - 36 gacha qoniqarli

    36 dan - 43 gacha yaxshi

    43 dan - 50 gacha a’lo

    Talabalarning JN bo’yicha ballarda ifodalangan o’zlashtirishi quyidagicha baxolanadi:




    O’zlashtirish %

    Ballar

    Baho

    Talabaning bilim darajasi

    1

    86-100

    5

    a’lo

    - mavzu bo’yicha berilgan pedogogik texnologiya savollariga to’liq javob bersa;

    - amalda bajariladigan ish daftarga yozib kelingan bo’lsa;

    - laboratoriya ish natijasi, ya’ni tayyorlangan dori shakli talabga javob bersa;

    - ma’ruza matni yozilgan bo’lsa.



    2

    71-85

    4

    yaxshi

    - mavzu bo’yicha berilgan pedogogik texnologiya savollariga yaxshi javob bersa;

    - laboratoriya ish natijasi, ya’ni tayyorlangan dori shakli talabga javob bersa;

    - ma’ruza matni yozilgan bo’lsa;

    - amalda bajariladigan ish daftarga yozib kelingan bo’lsa.



    3

    56-70

    3

    o’rta

    - mavzu bo’yicha pedogogik texnologiya savollarining muxokamasida to’liq qatnashmasa;

    - laboratoriya ish natijasi, ya’ni tayyorlangan dori shakli talabga javob bersa;

    - ma’ruza matni yozilgan bo’lsa;

    - amalda bajariladigan ish daftarga yozib kelingan bo’lsa.



    4

    55 dan kam

    2

    Qoniqarsiz

    Talaba uy vazifasini daftariga yozib kelgan, lekin mavzu bo’yicha savollarga javob bera olmaydi. Mohiyatini tushunmaydi.

    Mavzular bo’yicha joriy baholash YNgi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida olib boriladi. Bu fan bo’yicha tayyorlangan o’quv-uslubiy majmuada o’z aksini topgan.
    Talabani musataqil ishi (TMI)

    Talabaning mustaqil ishi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining 21.02.2005 yildagi 34-sonli buyrug’i va institut rektori tomonidan 2013 yil 27 fevralda tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va nazorat tartibi to’g’risidagi Nizom asosida tashkil etiladi.”

    TMI “Tayyor dori turlari texnologiyasi” fani dasturiga muvofiq taklif etiladi: talabalarni o’quv izlanish ishlarini alohida keltirilgan mavzular bo’yicha; jadvallar, slaydlar, vaziyatli masalalar, testlar tuzish bilan. O’quv jurnalida har bir semestr laboratoriya mashg’ulotdan keyin alohida ustuncha ajratilib, unga talabaning mustaqil bajargan ishiga ball qo’yiladi.

    TMI kafedra arxivida ro’yhatga olinadi va 6 oy mobaynida saqlanadi.

    TMI ning hajmini kafedra xodimlari har bir talaba uchun quyidagi hajmda belgilaydi.

    I. Agar talaba tanlagan mavzusi bo’yicha vaziyatli masala tuzadigan bo’lsa;

    10 va undan yuqori masala uchun 5 ball;

    5 tadan 10 tagacha 4 ball;

    3 tadan 5 tagacha 3 ball bilan baholanadi.

    3 tadan kam bo’lsa baxolanmaydi.

    II. Agar talaba tanlagan mavzusi bo’yicha test tuzadigan bo’lsa: (testlarning har birini 5 tadan javobi bo’lishi shart);

    50 va undan yuqori test tuzilsa 5 ball;

    30 tadan 50 tagacha 4 ball;

    10 tadan 30 tagacha 3 ball bilan baholanadi.

    10 tadan kam testlar baxolanmaydi.

    III. Agar talaba tanlagan mavzusi bo’yicha adabiyotlar taxlilini bergan bo’lsa;

    5 yillik adabiyotlarni ko’rib chiqib, internet ma’lumotlaridan foydalanib, qo’lyozma tipida 10 bet referat tayyorlasa 5 ball;

    5 yillik adabiyotlarni ko’rib chiqib, internet ma’lumotlaridan foydalanib, qo’lyozma tipida 8 bet referat tayyorlasa 4 ball

    5 yillik adabiyotlarni ko’rib chiqib, internet ma’lumotlaridan foydalanib, qo’lyozma tipida 3 bet referat tayyorlasa 3 ball bilan baholanadi.

    3 betdan kam tayyorlangan referat baxolanmaydi.

    IV. Talaba tanlagan mavzu bo’yicha asbob uskunalarni rangli tasvirini tayyorlasa 5 ball bilan baholanadi. Agar tuzilgan tasvir ko’rimsiz, sifatsiz va talabga javob bermasa, mustaqil ish qabul qilinmaydi.


    Oraliq nazorat
    Talabani ON 10 balli reyting tizimi bo’yicha bir semestrda ikki marta o’tkaziladi. ON kafedra majlisining qaroriga muvofiq har semestrda 2 martadan (o’quv yilida 4 marta) yozma(test, og’zaki) shaklida o’tkaziladi

    Har bir oraliq nazorat quyidagicha baholanadi:

    6 dan kam - qoniqarsiz

    6 dan - 7 gacha qoniqarli

    7 dan - 8 gacha yaxshi

    8 dan - 10 gacha a’lo


    Talabalar ON dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari




    Ko’rsatkichlar

    ON ballari

    maks

    1-ON

    2-ON

    1

    Darslarga qatnashganlik darajasi. Ma’ruza darslaridagi faolligi, konspekt daftarlarining yuritilishi va to’liqligi.

    4

    0-2

    0-2

    2

    Test, yozma va og’zaki savol-javoblar va boshqa nazorat turlari natijalari bo’yicha

    16

    0-8

    0-8




    Jami ON ballari

    20

    10

    10

    ON ga laboratoriya mashg’ulotlaridan qarzi bo’lmagan talabalar qo’yiladi.
    Yakuniy nazorat
    YN ga mazkur kursni muvoffaqiyatli yakunlagan, kurs ishini topshirgan hamda JN va ON dan 56% dan yuqori ball to’plagan talabalar qo’yiladi. Institut ilmiy kengashining qaroriga muvofiq YN “yozma” shaklida o’tkaziladi va 30 ball asosida baholanadi.

    17 dan kam - qoniqarsiz

    17 dan - 21 gacha qoniqarli

    22 dan - 25 gacha yaxshi

    26 dan - 30 gacha a’lo

    Talabani fan bo’yicha Attestatsiyadan o’tkazish tartibi


    JN (9 ta dars)


    JN o’rtacha qiymati – 5+5+5+5+5+5+5+5+5=45

    JN bali = 45 + 5 (TMI) = 50 ball (a’lo)



    ON


    1ON =10 ball (a’lo) 2ON =10 ball (a’lo)

    ON bali =1ON +2ON = 20 ball(a’lo)



    YN

    YN = 30 ball (a’lo)

    Fandan olingan baho

    JN + ON + YN = 50 + 20 + 30 = 100 ball (a’lo)


    7. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari hamda axborot manbaalari
    Asosiy adabiyotlar



    1. Komilov X.M., Maxmudov A.A. «Biologik faol moddalar texnologiyasi» fanidan darslik. Toshkent 2010 y


    Qo‘shimcha adabiyotlar


    1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

    2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 47 b.

    3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

    4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

    5. Satoshi Omura Editor. The Search for Bioactive Compounds from Microorganisms. © 2012 Spring-Verlag New York, Inc. Softcover reprint of the hardcover Ist edition 2012.

    6. Komilov X.M., Maxmudov A.A., Tuxtaev F.X. «Biologik faol moddalar texnologiyasi » fanidan elektron darslik. Toshkent 2007 y.

    7. X.M.Komilov, B.T. Isaeva, Maxmudov A.A. «Biologik faol moddalar texnologiyasi» fanidan uslubiy qo‘llanma. Toshkent 2013 y.

    8. Gary Walsh «Pharmaseutical Biotechnology» Conceps and Applications.John Wiley& Sons, Ltd. 2007.

    9. B. Glik, J. Pasternak «Molekulyarnaya biotexnologiya» Per. s angl. pod red.N.K.Yankovskogo. M.Mir. 2002 g.

    10. Sasson A.« Biotexnologiya: Sversheniya i nadejdi» Per. s angl. pod red. V.G. Debabova. M.Mir. 1987g.

    11. Biotexnologiya: printsipi i primenenie/ Per. s angl. pod red. I.Higgins, D. Best, J. Jons. M.Mir 2002g.

    12. Hardy K.G., Bacterial Plasmids, Van Nostrand Reinhold, London. 2011.

    13. British Pharmacopeia 2013. EXE IMAGE TXT.

    14. Davronov Q. Mikroblar dunyosi. Toshkent. ToshDAU. 2001.

    15. Davronov Q., Xo‘jamshukurov N. Umumiy va texnik mikrobiologiya. Toshkent. ToshDAU. 2004.

    16. A.A.Abzalov, M.A.Xoshimova va boshqalar «Molekulyar biologiyadan amaliy mashg‘ulotlar» o‘quv qo‘llanma Toshkent 2009 y.

    17. Ismailova M.G., Sagdullaev B.T., Turaeva D.T., Abzalova N.A. «Biologik faol moddalar texnologiyasi» fanidano‘quv-uslubiyqo‘llanma.(1-qism) .Toshkent 2015 y.

    18. Ismailova M.G., Sagdullaev B.T., Turaeva D.T., Abzalova N.A. «Biologik faol moddalar texnologiyasi» fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma.(2-qism).Toshkent 2015 y.


    INTERNET SAYTLARI

    1. www.google.uz

    2. www.google.ru

    3. www.biotehnolog.ru



    Download 65.75 Kb.
    1   2   3   4




    Download 65.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari

    Download 65.75 Kb.