• Tadqiqotning maqsadi va vazifalari.
  • IMPACT FACTOR(ISI): 0.539 VOLUME 1, ISSUE 5, 2023 61 FEBRUARY, 2022
  • Adabiyotlarni oʻrganish natijasida aniqlangan va oʻrganilmagan muammolar




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/7
    Sana23.01.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #143572
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    eksperimental-tajribalar-yordamida-o-quvchilarda-tadqiqotchilik-amaliy-va-tabiiy-ilmiy-savodxonligini-shakllantirish

    Adabiyotlarni oʻrganish natijasida aniqlangan va oʻrganilmagan muammolar 
    qoʻyidagilardan iborat: 
    eksperimental tajribalarni bajarishda axborot texnologiyalardan foydalanishda fanlar 
    integratsiyasidan foydalanish; 
    eksperimental tajribalar yordamida oʻquvchilarni masalalar yechish metodikasini ishlab 
    chiqilmaganligi; 
    eksperimental tajribalar yordamida oʻquvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini 
    shakllanmaganligi; 
    umumiy oʻrta ta’lim maktablarida laboratoriya tajribalarni bajarish yordamida 
    oʻquvchilarda amaliy kompetensiyasini shakllanmaganligi; 
    eksperimental tajribalar yordamida oʻquvchilarda tabiiy ilmiy savodxonlikni 
    oʻrganilmaganligi aniqlandi [4]. 
    Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. 
    Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida eksperimental tajribalarni bajarish orqali 
    oʻquvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish; 
    tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishda ekspiremental tajribalarni axborot 
    texnologiyalardan foydalanish metodikasini shakllantirish; 
    eksperimental tajribalarni oʻrgatish orqali oʻquvsilarda amaliy va tabiiy ilmiy 
    savodxonligini shakllantirish metodikasini oʻrganishdan iborat. 


    IMPACT FACTOR(ISI): 0.539 VOLUME 1, ISSUE 5, 2023 
     
    61 
    FEBRUARY, 2022
    Tadqiqotning material va usullari quyidagilardan iborat. 
    Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida eksperimental tajribalarni axborot texnologiyalar 
    yordamida bajarish. 
    Darsda oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan yoʻriqnomalar, tavsiya va topshiriqli 
    varaqalar ishlatilishi mumkin. Eksperimental tajribalar matni axborot texnologiyalar 
    yordamida (slayd, animatsiya yoki avdiovizual tarzida) ifodalangan manbalardan ham 
    foydalanish mumkin. Odatda, ularda ishning maqsadi mujassamlanadi hamda tarkibiga ishni 
    bajarish rejasi va topshiriqlar kiritiladi. Bunday varaqalar oʻquvchilarda qoʻyilgan masala 
    mustaqil yechish, kimyoviy tajribalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish malakalarini 
    rivojlantiradi. Mazkur topshiriq varaqalari bilan ishlash jarayonida oʻquvchilarning ilmiy-
    tadqiqotchiligi, faolligi ortib boradi [5; 404-b]. 
    Eksperimental tajribalarni samaradorligini oshirish maqsadida oʻquvchilarni kichik 
    guruhlarga boʻlish, har biriga alohida vazifalar berish, olingan natijalarning himoyasini tashkil 
    qilish mumkin. Hamkorlikda amalga oshirilgan ish esa oʻquvchilarning faolligini oʻstiradi, 
    darsda olingan bilimlarni yanada mustahkamlaydi [6; 136-137-b]. 
    Eksperimental tajribalarda yangi materialni kuzatish, tabiiy obektlardan keng 
    foydalanish uslubini tadbiq etish koʻzda tutiladi. Bunday darslar real bilimlarni toʻplash, 
    amaliy, malaka va koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida oʻtkaziladi. 
    Bilimlarni shakllantirishda oʻquvchilarda turli asboblar (evdiometr, kimyoviy 
    reaksiyalarda issiqlik effektini aniqlash, suvni sintez qilish, kimyoviy reaksiya tezligini 
    aniqlash va boshqalar) va kimyoviy jihozlar bilan ishlash malaka va koʻnikmalarning hosil 
    boʻlishi katta ahamiyatga ega [7; 71-72-b]. 
    Kimyo darslarida oʻquvchilar bajarayotgan amaliy laboratoriya tajribalari ta’lim-
    tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Mustaqil bajariladigan tajribalar oʻquvchilarning bilim-
    malakalarni ongli oʻzgarishlarga, fikrlash faoliyati va kimyo faniga boʻlgan qiziqishlarni 
    rivojlantirishga, mehnat malakalarini tarbiyalashga, kuzatuvchanlik qobilyatini, borliqni toʻg‘ri 
    idrok etishni shakllantirishga oʻz ta’sirini koʻrsatadi [8; 72-b]. 
    Eksperimental tajribalarni tashkil qilishda qoʻyidagi rejadan foydalanish mumkin: 
    oʻtilgan materiallarni takrorlash
    eksperimental tajribalar ishi maqsadi va vazifasini tushuntirish; 
    oʻquv jihozlar bilan ishlash qoidalarini eslash; 
    ish tartibini tushuntirish; 
    belgilangan eksperimental tajribani amalga oshirish
    eksperimental tajribalarni qayd qilish; 
    eksperimental tajribalarni natijalarini himoya qilish; 
    eksperimental tajriba ishini yakunlash; 
    eksperimental tajribalar boʻyicha savol-javob oʻtkazish; 
    eksperimental tajribalar bajargan oʻquvchilarni baholash; 
    Eksperimental tajribalar orqali oʻquvchilarni amaliy va tadqiqotchilik koʻnikmalarini 
    shakllantirish bilan birga ilmiy savodxonligini eksperimental masalalar yechish usullari orqali 
    ham rivojlantirish mumkin [8; 1578-1579-b].



    Download 0,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyotlarni oʻrganish natijasida aniqlangan va oʻrganilmagan muammolar

    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish