• Kalit soʻzlar
  • Impact factor(isi): 539 volume 1, issue 5, 2023 59 february, 2022




    Download 0.78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana23.01.2024
    Hajmi0.78 Mb.
    #143572
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    eksperimental-tajribalar-yordamida-o-quvchilarda-tadqiqotchilik-amaliy-va-tabiiy-ilmiy-savodxonligini-shakllantirish
    Elektroliz


    IMPACT FACTOR(ISI): 0.539 VOLUME 1, ISSUE 5, 2023 
     
    59 
    FEBRUARY, 2022
    EKSPERIMENTAL TAJRIBALAR YORDAMIDA OʻQUVCHILARDA 
    TADQIQOTCHILIK, AMALIY VA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI 
    SHAKLLANTIRISH 
    Iskandarov Aybek Yuldashevich 
    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 
    “Kimyo va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi dotsenti 
    e-mail: oybekiskandarov@mail.ru 
    Kuchkarov Mexriddin Asamovich 
    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 
    “Kimyo va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi 
    Shernazarov Iskandar Ergashovich 
    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 
    “Kimyo va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi v.b.dotsent, PhD 
    e-mail: shernazarov_iskandar855@mail.ru 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarda eksperimental tajribalar orqali amaliy, 
    tadqiqotchilik va tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar yoritilgan. 
    Shu bilan birga kimyo fanidan eksperimental masalalarning oʻrni va ulardan foydalanishning 
    afzalliklari hamda kimyo darslarida qoʻllash uchun ba’zi eksperimental masalalar keltirilgan. 
    Kalit soʻzlar: eksperimental masalalar, koʻnikma, malaka, kompetensiyalar, tajriba. 
     
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7561991 
     
    Kirish. Umumta’lim maktablarida reaktivlarni oʻzaro almashtirish va mahalliy 
    ta’minot asosida uzluksiz ta’lim tizimida kimyo kursining eksperimental qismini kuchaytirish 
    ta’lim va tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshiradi. Kimyoviy eksperiment 
    koʻpchilikka ma’lum boʻlgan ikki guruhga boʻlinadi: koʻrgazmali (demonstratsion) va 
    oʻquvchilar mustaqil bajaradigan eksperimentlar. Oʻquvchilar tomonidan bajariladigan 
    eksperimentlar maqsad va tashkil qilinish usuliga qarab laboratoriya tajribalari, amaliy 
    mashg‘ulotlar va uy tajribalariga boʻlinadi. Koʻrgazmali tajribalarga qoʻyilgan talablar ichida 
    asbob va qurilmalarning oddiyligi, eksperiment madaniyati va estetikasiga alohida e’tibor 
    beriladi. Kimyoviy asbob va jihozlar yetishmagan sharoitda xoʻjalik jihozlari, tibbiy hamda 
    maishiy xizmatda ishlatiladigan asbob va idishlardan mohirona foydalanib mazmunan zamon 
    talablariga javob beradigan eksperimentlarni tashkil etish mumkin [1]. Kimyodan laboratoriya 
    ishlarini tashkil qilishda qiyinchilik tug‘diradigan, ba’zan kerakli natijani olishga xalaqit 
    beradigan yetishmovchiliklarning koʻpchiligini ozgina zukkolik bilan bartaraf etish mumkin. 
    Shu bilan birga ancha qimmat turadigan reaktiv va jihozlar oʻrniga maishiy xizmat, tibbiyotda 
    ishlatiladigan moddalar va bir marta ishlatiladigan jihozlardan foydalanib, tejamkorlikka ham 
    erishish mumkin yoki tajribalarni axborot texnologiyalar dasturi orqali animatsion jarayonlar 
    orqali tushuntirish mumkin [2; 74-b].



    Download 0.78 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Impact factor(isi): 539 volume 1, issue 5, 2023 59 february, 2022

    Download 0.78 Mb.
    Pdf ko'rish