|
Mavzuning dolzarbligi va uning asoslanishi
|
bet | 3/29 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #267908 |
Bog'liq rezerfMavzuning dolzarbligi va uning asoslanishi.
Hammamizga ma’lumki avtomobilni yo‘llarda tekis, ravon va xavfsiz harakatlanishida shinalarning o‘rni muxim ahamiyatga ega. Yong‘inlarni o‘chirishda, insonlarni va moddiy boyliklarni qutqarishda foydalaniladigan avtomobillar uchun shinalarni tanlash, ularni ekspluatatsiyasi va yo‘l bosib o‘tish meyorlarini belgilashni takomillashtirish choralari hamda shinalarni bosimini nazorat qilishda yangi innovatsion texnik qurilmalardan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan omillarni inobatga olgan holda yong‘in o‘chirish avtomobillari uchun shinalarni tanlash, ularni ekspluatatsiyasi va yo‘l bosib o‘tish meyorlarini belgilash chora-tadbirlari bugungi kunning dolzarb muammolari jumlasiga kiradi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari
Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi yong‘inlarni o‘chirishda, insonlarni va moddiy boyliklarni qutqarishda foydalaniladigan avtomobillar uchun shinalarni tanlash, ularni ekspluatatsiyasi va yo‘l bosib o‘tish meyorlarini belgilashni takomillashtirish choralari hamda shinalarni nazorat qilishda yangi innovatsion texnik qurilmalardan foydalanish va uni amaliyotda qo‘llash.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi yong‘in o‘chirish avtomobillar shinalarini tanlash, ularni ekspluatatsiyasi va yo‘l bosib o‘tish meyorlarini belgilash usullari, zamonaviy texnologiya va uskunalar orqali takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida umumiy ilmiy uslublar: matematik statistika, matematik modellashtirish, funksional yondashuv, mantiqiylik, tizimlilik, amaliy tajriba - sinov (eksperiment) o‘tkazish, statistik tahlil va amaliy eksperimental tajribalarni tahlili kabi usullardan foydalanilgan.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Yuk avtomabillarida qo‘llaniladigan shinlarning yo‘l bosib o‘tish me’yorlari, harakatlanishi va ularning xavfsizligini ta’minlash masalalari bilan shug‘ullangan qator olimlar (Charlz Gudyer, Jon Dunlop, Endryu Mishlin, A.V.Sitschev, G.V.Sidelnikov, E.F.Kasatkina, R.M.Ustarov, A.M.Lamzin, Sh.D.Gechebaev, M.M.Murtuzov, V.I.Yakovlev, G.V.Abakumov, V.N.Abramov, V.A.Damzen, T.N.Volodina, T.N.Volodina, L.D.Slyudikov, N.S.Zaxarov) ilmiy izlanishlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, ular tomonidan muammoning holati va tadqiqotning vazifalari atroflicha ko‘rib chiqilgan.
|
| |