• Ma’lumot va bilim berish
  • O’zlashtirilgan bilimlarni qayta ishlash uchun topshiriqlar berish
  • Qizitish va qiziqtirish (motivatsiya)




    Download 289 Kb.
    bet4/17
    Sana13.06.2022
    Hajmi289 Kb.
    #23600
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Информатика фанидан амалий кыникмаларни ыргатишнинг илгор усулла
    AES Print, eepromva flesh.new..
    Qizitish va qiziqtirish (motivatsiya)
    Dars o’quvchilar bilan qiziqarli, hatto darsga aloqadar bo’lmagan mavzular to’g’risidagi suhbat bilan boshlanadi,
    Iloji bo’lsa, darsga bog’liq bo’lgan mavzular yuzasidan suhbatni boshlash kerak. Buning uchun, rnasalan, qiziqarli kashfiyot, yangilik yoki hikoya tanlanishi mumkin. Bularning barchasi birinchi dars mobaynida o’quvchilarning kayfiyati ko’tarilishiga, shu sohaga qiziqishiga yoki keyingi darslarda o’quvchilar o’rganadigan faniga e’tiborini qaratishiga yordam beradi.
    Agar dars birinchi bor yangi o’quvchilar guruhida o’tilayotgan bo’lsa, o’qituvchi o’zini qisqacha tanishtirib, o’quvchilarga ham o’zlarini tanishtirish imkoniyatini berish kerak. Bu o’quvchilarda ishonch tug’diradi, o’quvchilar o’zlariga bildirilayotgan hurmatni his qiladilar. Ta’riflangan va tanlangan o’qitish fanlari va modullari asosida nazariy fan maqsadini bayon etish orqali motivatsiya va muayyan mavzuga kirish amalga oshiriladi. Intrinzli (ichki) va eksrinzli (tashqi) motivatsiya uchun sabab va dalillar topishga harakat qilish lozim. Motivatsiyalash orqali o’qish va o’rganishga tayyorlanish uchun shart-sharoit yaratiladi.
    Ma’lumot va bilim berish
    O’qituvchi o’quvchilarga kasbga doir yangi materialni tushuntiradi, qisqa ma’ruzalar o’qiydi, munozaralar uyushtiradi, o’quv suhbatlari, o’yin mashg’ulotlari va muammolarni hal qilish haqida suhbatlar o’tkazadi. Keyingi darslarda yangi mavzuni boshlashdan avval, o’tilgan mavzular qisqacha, umumlashtirilgan holda qaytarilishi kerak.
    O’quvchilarga mavzularga mos tarqatma materiallar berilmog’i lozim. Bu o’quv jarayonini engillashtiradi. Mavzuga kirilmay turib, tarqatma materiallar berilmaydi. Ularni mavzuga monand ravishda birin-ketin tarqatish, ularni qo’yib chiqish uchun etarlicha vaqt berish va boshqa o’quvchilar e’tiborini axborotga qaratish uchun ovoz chiqarib o’qitish maqsadga muvofiq bo’ladi.
    O’zlashtirilgan bilimlarni qayta ishlash uchun topshiriqlar
    berish
    O’quvchilarga tafakkur qilish va qayta ishlash imkoniyatini yaratuvchi topshiriqlar o’zlashtirilgan bilimlarni faol ravishda qayta ishlash uchun zarurdir. Ular bilimlarni qabul qilishning nisbiy sust bosqichidan so’ng faol bosqichi kelishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Guruhlarda ishlash yoki mustaqil ravishda topshiriqlarni echish va natijalarni taqdim etish samarali o’qitish usullari hisoblanadi.

    Download 289 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 289 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qizitish va qiziqtirish (motivatsiya)

    Download 289 Kb.