• KREATIVLIK. KREATIVLIK MUAMMOSIGA ZAMONAVIY YONDASHISH.
  • Innovatsiya va intergatsiya




    Download 7,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/106
    Sana19.05.2024
    Hajmi7,6 Mb.
    #244239
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
    Bog'liq
    Р. Мавлонова

    Savol va topshiriqlar
    3, Jam iyat va shaxs bir-biri bilan qanday m unosabatda b o ia d i?
    2. «Tarbiya» kategoriyasi tushunchasini ochib bering.
    3. «D idaktik tizim » tushunchasini izohlang.
    4. TaTim m uassasasining tarbiyaviy vazifasi qanday?
    5. «Tarbiyaviy ta'sir» koTsatish sifati qanday?
    6. In no vat si on m aktabning tashkil topishida didaktik qarashdagi texnologiya 
    nim adan iborat?
    116


    VI 
    BOB. 
    KREATIVLIK. KREATIVLIK
    MUAMMOSIGA ZAMONAVIY YONDASHISH.
    Pedagogika va psixologiyada kreativlik xususiyatlarining rivoj- 
    lanishi, T a i im n in g zamonaviy globallashuv va axborotlashuv sharoitida 
    rivojlanishi va takom illashuvini innovatsiyalarning turli shakllarini 
    tadqiq etm asdan, bugungi kunda mutaxassisni nim aga va qanday 
    tayyorlashga bir qator yondashuv va m unosabatlarni tam ovillar a so ­
    sida ko‘rib chiqm asdan amalga oshirish m u m k in emas. Shu bilan 
    birgalikda. oliy m aktab pedagogik tarkibi jad al rivojlanayotgan inno- 
    vatsion t a i i m tizimi, birinchi navbatda, ijodiy qobiliyatlar, ijod 
    potensiali, o'z-o*zini ijodiy rivojlantirish, ijodiy individuallik va k re a­
    tivlik taiablariga javob berish m uam m osiga katta e'tibor qaratishi 
    lozim. Shaxsning ijodkorlik imkoniyatlarini tadqiq etishga b o i g a n
    ijtimoiy buyurtm a kreativlik m u am m osining alohida m uhim ligini 
    belgilaydi. Shaxsiy ijodkorlikning d inam ik (rivojlanib, o ‘sib boruvchi) 
    tasniflanishi kreativlik va uning asosiy qirralarida aks etadi. Biroq. 
    kreativlik psixologiya va pedagogika fa n la rining belgilangan ilmiy 
    kategoriyasi b o isa -d a , «kreativlik» tushunchasi tegishli lug4 at lard a 
    munosib defferensiyasini topm agan va ijod psixologiyasida yetarli- 
    cha aniqlanm agan. O i i la b ilmiy ishlarda ilmiy ijodkorlikning u 
    yoki bu qirralariga turlicha yondashib, har xil darajada qam rab 
    olinayotganligiga qaram asdan, hozirgacha na m u am m o n in g o'ziga 
    va na unga taalluqii b o i g a n amaliy savollarga nisbatan yagona to 'x tam
    mavjud emas.
    Hozirda, rivojlanishning zam onaviy bosqichida, m a z k u r an'analari 
    inson faktorining hal qiluvchi o‘rnini belgilamoqda. Bu faktorning 
    fenomenologiyasida ijodkorlik uning belgilangan asosini tashkil etadi, 
    Ijodkorlik inson fenomenining nam oyon b o ia d ig a n y u k s a k ko'rinishi 
    b o iish ig a qaram asdan, u eng kam o'rganilgan soha bo'lib, tabiiy 
    qonuniyat sifatida qaraladi. Gap shundaki. ijod jarayonining tabiatidagi
    117


    tasodifanlik, kutilm aganlik avval-boshdanoq uning zam onaviy ilmiy 
    m etodlarda owrganish im koniyatini chegaraladi. Zamonaviy fan imko- 
    niyatlari ijodkorlik tabiatining mavjud dalillar va savollarni t o i i q qoniq- 
    tiradigan universal tushuntirish im koniyatiga ega emas. H ozirgacha 
    V atanim izda va chet ellarda to'plangan bilim lar ijodkorlik psixologiyasi 
    m ohiyatini tushunishga vetarli emas. jam iy at taraqqiyoti tajribasida 
    psixologiya va pedagogikada ijodkorlik psixologiyasi sohasida izla- 
    nishlarni faollashtirish taqozo etilmoqda. chunki ijodkorlik natijalari 
    faqatgina shaxsiy tasnifga ega emas. balki ijtimoiy ahamiyatga egadir.
    Psixologiyada ijod va ijodiy faoliyat m uam m osini o’rganuvchi 
    alohida vo’nalish - ijodkorlik psixologiyasi yoiialishi vujudga keldi. 
    Ijodkorlik psixologiyasining asosiy m aqsadi psixologik qonuniyatlar, 
    ijod jarayoni m exanizm i va kreativ 
    [creativity
    - inglizcha 
    ijodiy)
    likni 
    o4rganishdan iborat. ljodkorlikka rivojlanishning asosiy m exaniz m i 
    sifatida (N.V. Kipiaki, A.M. M atyushkin, Y.A. Ponomarev, I.N. Semenov 
    va 
    boshqalar) 
    qaraladi 
    va 
    uning 
    oi'g anilishi 
    M .S .B e rn sh tey n , 
    V.S.Bibler, V.K.Shkin, O.K. Tixomirov, E.G. Yudin va boshqalar nomi 
    bilan b o g iiq .
    Psixologik ijodkorlikning kreativlik deb nomlanuvchi yo ‘nalishi 
    ustida g'arb olimlari: J. Gilford, S.Liding, V.Smit. D. X alperik va 
    boshqalar izlanishlar olib borishgan. Chet el olim larining kreativlik 
    tushunchasi haqidagi izlanishlarini tahlil qilib va um um lashtirib 
    R. X am eni yozadi: «Kreativlik o ’zida yangicha yo'sinda am alga 
    oshirilgan ow
    zlashtirish to i q in i n i (M akkelif), yangicha aloqadorliklarni 
    aniqlash (Kyubi), yangicha m unosabatga kirishish (Rodjers). yangi- 
    liklar (Lassuel). ongning yangicha e'tirozlariga sabab b o iu v c h i 
    faoliyatidir». K o'pchilik tadqiqotchilar kreativlikni belgilashda shaxs- 
    ning o'ziga xosligi va xususiyatlariga e'tibor qaratadilar. J.G ilfo d n in g
    fikricha, kreativlik va ijodiy imkonivat qobiliyatlar va ijodiy tafak- 
    kurga ta ’sir etuvchi om illar yig’indisi sifatida nam oyon b o ia d i. 
    E. Torrens kreativlikni yechim larni topishda bilim larning vetarli 
    b o im a s lig i m uam m osi, qiyinchiliklar qarshisidagi indentifikatsiya 
    va tax m in la rn in g shakllanishi. y ec him larning topilish jarayoni deb 
    qaraydi. (E. Torrens. 1996-y.)
    Ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-boshqaruv darajasida - ijodkorlik 
    determ inantlari borasida, ja m o a ijodkorligini boshqarishda tashkilot-
    118


    chili к muam mosi, ja m o an in g funksional-rolli differensiyasi ycnialishi 
    bo'yicha izlanishlar olib borilmoqda. Kreativlik ijodiy tafa kkurning 
    yangi mahsuli yoki natijasi ekanligi yuzasidan bahslar hall ham ayrim 
    oiimlar orasida davom etmoqda. Boshqa izlanishlarda ijodkorlikning 
    vangilik yaratishdagi yetakchiligi t a ld d la n a d i. V. A rte y m n in g izlanish- 
    larida ijodkorlik uning mahsuli b o l g a n obyektga qarab baholanmaydi, 
    deb aniq munosabat belgilanadi. Uning fikricha: «Kreativlik bilim. 
    faoliyat va istakning u y g ’unligi».
    Psixologiyada 
    evristika 
    m uam m osini 
    o'rganish 
    borasida
    V.N. Pushkin: «Evrestik. faoliyat shunday psixologik jarayonki. uning 
    yordam ida m uam m o vechimi topiladi. yangi vondashuv ishiab ehiqiladi. 
    evrestik faoliyat deb ataluvchi qandaydir vangilik yaratiladi», degan 
    edi. K reativlikning tasniflanishi kasbiy faoliyat jarayonida nam oyon 
    b o iu v c h i psixik komplekslar tarkibi bilan b ogiiq. K reativlikning 
    psixologik izlanishlardagi asosiy u rg ‘u m uam m olarni mustaqil yechishga 
    undovchi, o'ziga xos katta hajmdagi g'oyalarni y uzaga keltiruvchi va 
    ularning o'ziga xos yechim ini topishga asos b o iu v c h i individning 
    intellektual va shaxsiy qobiliyatiga qaratiladi. Kreativlik istisno etilgan 
    va g'aroyib fenomen deb baholanuvehi dastlabki izlanishlardan farqli 
    ravishda, zam onaviy izlanishlarda kreativlik har bir shaxs ega b o iis h i 
    m u m k in b o l g a n individ kompleksi sifatida qaralmoqda. Bu kreativlik 
    m uam m osiga turlicha yondashuvlarda namoyon bo iad i: u faqatgina 
    har bir shaxs ham q o i g a kirita olmaydigan natija enias. balki refleksi 
    va C z -o ’zim baholashdagi shaxsning yangicha si fat ko'rsatkiehi deb 
    o'rganilmoqda, Kreativlik haqidagi ko'pgina izlanishlarda har bir 
    shaxsda u yoki bu daraja va m iqdorda mavjud b o la d ig a n psixologik 
    kreativlik m exanizm i va ijodkorlik imkoniyatilariga asosiy e l i b o r
    qaratilmoqda.
    A n ’anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka shaxs kate- 
    goriyasi sifatida qaraladi, uni talqin qilish. aniqlash borasida bahslar 
    yuritilgan: Kreativlik tafa k k u r sifatida (J. Gilford, Y.K. Tixomirov) 
    voki intellektual faollik sifatida (D.B. Bogolevskaya, L.B. Yermolayeva- 
    Tomina), yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y A . Ponomarev 
    va boshqalar). Biroq oliy t a i i m pedagogikasi (kreativ androgogika)da 
    uning si fat k o ls a tk ic h in i va namoyon b o iis h darajasini aniqlashning 
    o'zi yetarli emas. Kreativlik biryoqlam a salbiy jihat sifatida qaralsa-da,
    119


    uning m u am m o la r tizim i um um lashtiriladi va bir butunlikni tashkil 
    etadi, bu ayniqsa o'z ida ta'lim jarayonida ijodiy t a i i m va tarbiyani 
    m ujassam lashtirgan shaxsning ijodiy im koniyatlari va kreativlikni 
    rivojlantirish jarayonida oliy m aktab pedagogikasiga taalluqlidir. 
    Shu sababli. kreativlikni rivojlanish imkoniyatlarini kreativ t a i i m
    va tarbiya jarayonida shaxs kategoriyasi sifatida o'rganish zarur. 
    G 'tg a n asrning 60—70-yillari pedagogikada kreativlik m uam m osini 
    o'rganishda keskin burilish yillari b o id i. Shu davrda ijodiy izlanuvchan 
    pedagog-novatorlar 
    paydo 
    b o id i. 
    Novatorlar 
    erishgan 
    natijalar 
    nafaqat pedagoglarni, balki psixologlarni ham qiziqtirdi. ular ijodiy 
    t a i i m i n i n g psixologik tom onlarini. 
    ijod faoliyatining pedagogik 
    psixologiyadagi m exan iz m in i o ’rgandilar. (V.V. Davidov. l.A .Z im n ay a, 
    N.V. K uzm ina, A.M. M a tyushkin, Y.A. Ponomarev, R.A. M avlonova 
    rahbarligidagi pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish instituti jamoasi.) 
    Kreativlikni o'rganishda am alga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiv 
    anrogogikada q o ila s h n in g u m um iy qonuniyatlari va o'ziga xosligini 
    aniqlash im konini beradi (V.M. Morozov). Biz kreativlikning tizim lilik 
    tuzilishidan kelib chiqib, unga shaxsning o'ta intellektual-evristik jihati 
    sifatida emas, balki shaxsni qadtiovchi, tabaqalashtirilgan t a i i m sifatida 
    qaraymiz. Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson 
    m a iiav iy atin in g ajralmas qismi bo'lib. shaxsni o'z -o'zini rivojlantirish 
    omili. shaxsiy jo n b o zlikning asosi, shaxs ega b o i g a n bilim larning 
    ko'p qirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilishda va o'rna- 
    tilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o'zgarti- 
    rishda. hayotiy m uam m o la rn i yechish jarayonida kutilm agan va nooda- 
    tiy qarorlar chiqarishda nam oyon bo’ladi. Kreativlik jarayonini tashkil 
    etish va boshqarishning m urakkabligi shundaki, bunda ijodiy indivi- 
    duallikning nafaqat ongli. balki ongosti tushunchalari paydo bo'ladi.
    Kreativlik tabiatini o'rganish m uam m osiga b a g is h la n g a n psixologo- 
    p edagogik adabiyotlarni tahlil qilib, odatda. intellektual kreativlik 
    masalasiga duch kelamiz. Ijtimoiy va aniq pedagogik kreativlik sohasida 
    am alga oshirilgan izlanishlar ancha kam. K o'p hollarda tadqiqotchilar 
    pedagogik kreativlik emas, balki pedagogik muloqot jarayonini o'rga- 
    nadilar, o'qituvchi va o'quvchi muloqotini yaxshilash uchun tavsiyalar 
    beradilar. Pedagogika va psixologiyadagi kreativlik tabiati uning rivojla- 
    nishiga ta'sir ko'rsatuvchi ichki va tashqi om illar haqidagi yuqorida 
    keltirilgan fikrlarni um um lashtirib quvidagicha xulosa chiqarish
    120


    mumkin: bu xodisa yaxlit va tuzilish jihatdan tushunish uchun yagona 
    tushunchalar tizimi mavjud emas. Inson shaxsida kreativlik, uning 
    darajasi, tuzilishi va o4ziga xosligi inson individualligining boshqa bir 
    jixatini o'zlashtirish jarayonining o4ziga xosligi va shaxsiy xususiyatlari 
    bilan uzviv bogiiq. Bu bogiiqiikni tasniflash kreativlik hodisasining 
    kelajakda o'rganilishi kutilayotgan yangi bir yo4nalishidir. Kreativlikni 
    intellektual kreativlik va ijtimoiy kreativlikka b o iish mumkin. Intel­
    lektual kreativlik analiz va sintezdan iborat. Analiz va sintez qila olish 
    qobiliyati umumiy intellektning asosidir. Ijtimoiy kreativlik o4zida 
    kasbiy kreativlikni mujassamlashtiradi. uning ko'pgina turlari orasida 
    pedagogik kreativlik ham mavjud. Pedagogik kreativlik kommunikativ 
    va didaktik kreativlikdan iborat. Didaktik kreativlik o4zida intellektual 
    boyliklarga intilish va shu bilan birga novatorlik qobiliyatida namoyon 
    boiadi. Kommunikativ va didaktik kreativlik pedagogik qobiliyatning 
    asosi hisoblanadi. Pedagogik qobiliyat ijodkorlik qobiliyatiga ta’sir 
    ko'rsatadi va o'z navbatida ichki sezimni rivojlantiradi. Pedagogik 
    ijodkorlik qobiliyati, ichki sezim va umumiy intellekt kesishganda ijod 
    mahsuli yaratiladi.
    Kreativlikni rivojlantirishda kreativ insonlarni kreativmas inson- 
    lardan farqlovchi hissiy chizgilari (o4z-o4ziga ishonch, tajovuzkorlik, 
    o4z-o‘zidan qoniqish, ijtimoiy cheklovlarga va boshqalar fikriga 
    toqatsizlik) individning shaxsiy o'ziga xosligi katta ta’sir ko4rsatadi. 
    Kreativlikning motivlikka munosabatini belgilovchi yagona qarashlar 
    tizimi mavjud emas. Nuqtayi nazarlardan biriga ko4ra, kreativlikda 
    individ o'z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanadi, faoliyat- 
    ning yangi qirralarini izlab topadi. Boshqa bir nuqtayi nazarga ko'ra 
    kreativ kishilarni motivlashtirish, tavakkalchilikka intilish, o4z imkoni- 
    yatlari chegarasini aniqlashga intilishdir. Aytish mumkinki, har ikkala 
    nuqtayi nazar ham o4zida kreativ insonlarning, motivlashning indivi­
    dual variantlarini mujassamlashtirgan. Innovatsion faoliyatning o4ziga 
    xosligi muammosida o'qituvchi xulq-atvorining o'quvchilar kreativ- 
    ligini rivojlantirish bilan bogiiq tasniflanishi katta ahamiyatga ega, 
    chunki oxir-oqibat bilim emas, balki rivojlanish omili b o ig an alohida 
    malakalar va ularning xulq-atvorga qo'llanishi muhimdir. Torransning 
    izianishlarida o'qituvchi xulq-atvorida bolalar kreativ rivojlanishiga 
    ijobiy ta’sir ko'rsatuvchi dalillar keltirilgan: ijodiy fikrlash qiymatini 
    baholash, bolalarni atrofdagi qo'zg'atuvchi omillarga nisbatan sezuv-
    121


    chanligini oshirish, obyekt va g'oyalarni erkin boshqara olish. ijod 
    jarayoni haqida konstruktiv axborotni rivojiantirish, tanqidchilikni 
    emas, konstruktiv tanqidni rivojiantirish, o'z-o'ziga hurmatni orttirish, 
    baholanishdan qoi'qish hissining oldini olish va boshqalar. Shunday 
    qilib, potensial kreativlik imkoniyatlar kreativligidir.
    Imkoniyatlar kreativligi amaldagi kreativlikka - dolzarb kreativ™ 
    likka aylanishi uchun. dastlabkisi m a iu m faoliyatda o'zlashtirilishi 
    uchun ichki o'zgarishlarga duch keladi. Shunday qilib, 
    kreativlik 
    o'zlashtirilganlar asosida rivojlantiriladL. kevinchalik 
    o'zgartirishlar 
    kiritiladi, o'qituvchining mavjud tajribasi qayta tuziladi. 
    Pedagogik 
    innovatsivalarga moslashishdan toki qayta tuzishgacha 
    b o i g a n y o l
    o4qituvchi innovatsion faoliyati dinamikasi asosini tashkil qiladi.
    Oiimlar pedagogik mahoratning quyidagi uch darajasini ko‘rsa- 
    tadilar: birinchi daraja - bu sinf bilan elementar munosabat. O'qituvchi 
    teskari aloqani qoilaydi, uning natijasiga ko'ra ow
    z harakatlarini belgi- 
    laydi. Lekin bu faoliyat metodik q ol Ian malar yoki boshqa o'qituvchi 
    tajribasi asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi daraja - dars faoliyatini, 
    lining 
    rejasini 
    tuzishdanoq 
    optimal lashtirish 
    bosqichidir. 
    Bunda 
    ijodkorlik o‘qituvchiga m aiurn maqsadni amalga oshirishda mazmun, 
    metod va shakllarni to 'g li tanlashdan iborat. Uchinchi daraja -e v ristik . 
    Pedagog o'quvchilar bilan jonli muloqotning ijodiy imkoniyatlarini 
    qoilaydi. O'qituvchining eng yuqori darajadagi ijodkorligi uning 
    to liq mustaqil faoliyatida namoyon boladi. U avvaldan m a iu m
    boigan usullarni qollashi mumkin, ammo u ularga o'zining shaxsiy 
    munosabatini 
    qoilaydi. 
    O'qituvchi 
    ijodiy 
    individualligi, tarbiya» 
    lanuvchining shaxsiy o'ziga xosligL ta'limning aniq darajasi, tarbiyalan- 
    ganlik darajasi, sinfning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda 
    zaruriyat taqozo etgan darajada ish ohb boradi Tayyor tavsiyalarni 
    am aid a qoilash darajalari ham farqlanadi:optim.allashtirish? evristik 
    daraja, shaxsiy, mustaqil. Tadqiqotchilar fikrlari orasida kreativ insonlar 
    boshqalarga taqlid qilmasdan. o'zlari tanlagan faoliyatlarining barcha 
    bosqichlariga ijodiy vondashadilan degon fikr yetakchilik 
    qiladi. 
    Oiganilayotgan muammoga V.A. Slastenin, L.S. Podimova, N.M. Gnatko 
    qarashlari bilan birgalikda, kreativlik mexanizmini ikki turga bolishni 
    taklif qiladilar: potensial va dolzarb. Potensial kreativlik - muallifning 
    fikricha, kreativlik faoliyatidir, individumni potensial joylashuvi m a iu m
    tashqi sharoitlarda dolzarb kreativlikni egallashning 
    asos 
    tavyorgarligini


    tashkil etadi; potensial kreativlik - ijodning subyektiv zarur sharoitidir. 
    V.A. Slastenin, L.S.Podimova potensial kreativlikning dolzarb kreativ- 
    likka izchil taqlid qilish mexanizmi orqali o‘tishi muammosiga o‘ziga 
    xos yondashganlar. Shunday qilib, kreativlik taqlid qilish, nusxa 
    ko'chirishdan ijodiy nusxa ko'chirish. taqlidiy ijod va haqiqiy ijod- 
    korlikka tomon rivojlanib boradi. Tabiiyki. barcha o‘qituvchilar ham 
    kreativ rivojlanishning barcha bosqichlari bilan tavsiflanmaydilar: 
    ba'zilar tayyor metodik tavsiyalardan nusxa olib, faqat birinchi darajaga 
    erishadilar; ikkinchilari to iiq konsepsiya va tizimlarga ega boim asdan 
    turib. ba'zi metodik usullarga o‘zgartirishlar kiritadilar, uchmchilari 
    ma'lum g ^ y a asosida to‘liq mazmun, metod va shakllarni ishlab 
    chiqadilar; toilinchilari esa ta i im va tarbiyada o'zlarining konsepsiya 
    va metodikalarini tavsiya etadilar. Yuqoridagilarga munosabat bildirib 
    aytish mumkinki, dastlabki uchtasi taqlid bosqichida boiib, to‘rtinchisi 
    ularga qarama-qarshi tarzda ijod bosqichida. Intellektual faollik 
    darajasini belgilangan kreativlik bosqichlari bilan taqqoslash, ikkala 
    yo‘nalish orasida ma'lum mutanosiblikni. innovatsion-pedagogik faoli- 
    yatning bir necha bosqichda takomillashib borish darajasidagi tushun- 
    chalarni aniqlashga imkon berdi. Pedagog faolligining borgan sari 
    yuqoriroq darajadagi faoliyatga ko'tarilib borishni kelajakda innovatsion 
    ta'lim strategiyasini tashkil qilishni belgilavdi.

    Download 7,6 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




    Download 7,6 Mb.
    Pdf ko'rish