0 ‘qituvchi: —
Barakalla! Siz, hammala-
ringiz vazifalarni yaxshi bajardingizlar, endi
bemalol sirkka borishimiz mumkin.
Bolalar madaniy muomala qoidalariga rioya
etib, sirkdagi artistlar bilan tanishadilar. Ularni
birinchi bo‘lib zebra kutib oladi.
O'qituvchi: —
Bolalar, bunaqa belgini qa-
yerda uchratgansizlar? (Yo‘lovchilar yo'lak-
chasida.) Nega o ‘sha yo'lakchani zebra deyi-
shadi? (Yo‘lakcha zebraga o ‘xshagani uchun.) Yo'lning qayeridan
o'tish kerak? (Yo'lovchilar yo'lakchasidan.)
0 ‘qituvchi: —
Siz bo'g'inlardan so‘zlar tuzishni o'rganib oldin-
gizmi yoki yo'qmi, bu savol zebrani qiziqtirmoqda: poq, nav, op,
zi, chi, tab, tob, bat, va h.k.
Bolalar vazifani tezda bajarishadi. Sabzi, op-poq, maktab,
vazifa, kitob, nav-bat-chi degan so‘zlar tuzishadi, so‘ngra mas-
xaraboz bilan uchrashadilar.
Masxamboz,:
— Drug' to'kib, ter, sochsang, qiiruq, seni, yer, qo'ymas.
Bolalar, bular nima? (So'zlar.)
0 ‘qituvchi: —
Masxaraboz qanchalik urinmasin shu so‘zlardan
maqol tuza olmagan ekan. Bolajonlar, sizlar, masxarabozga yordam
beringlar-chi. (Ter to'kib sochsang urug‘, yer seni qo'ymas quruq.)
M a’nosini so'rayman (agar hammamiz ter to'kib mehnat qilsak,
ya’ni ko'p o'qisak, kelajagimiz sermazmun va porloq bo'ladi).
Shundan keyin bolalarni ayiqcha kutib oladi. U so'zlarni oldingi
qatordan keyingi qatorga ko'chirishda qaysi qatordagi javob to'g'ri
ekanligini bilmoqchi:
Az-iz, o-na, ik-ki.
Ki-tob, va-zi-fa, nutq.
Mashq, da-raxt, re-ja.
0 ‘qituvchi: —
Bolalar, ayiqchaga yordam
beringlar. (Uchinchi qatordagi so'zlar to‘g‘ri ko‘-
chirilgan.) So'ngra bolalarning qarshisiga tulen
chiqadi. U ham bolalar uchun vazifa tayyorlagan:
a) Bolalar qushlarni seving! b) Qushlarning
yoqimli ovozi eshitildi. d) Qushlar kuzda qayerga
uchib ketadi?
Qaysi qatordagi gap undov gap? (a qatordagi
gap).
0 ‘qituvchi:
— Barakalla, siz eng aqlli, eng
ahil, ona tilini yaxshi biladigan bolalar ekansizlar.
Sirkdagi artistlar bolalar bilan xayrlashadi.