Iqtisodiy matematik modellashtirishning asoslari va ahamiyati




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana27.01.2024
Hajmi0,64 Mb.
#147305
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-mavzu. Iqtisodiyotda matematik modellashtirish usulini qoʻllashga doir misollar

e’tibordanchetda 
qoldiriladi. Bu ko‘p hollarda tuzijgan rejaning samaraliligiga 
o‘z ta’sirini o'tkazgan va xo'jalik yurituvchilar orasida matematik usullaiga 
ishonchsizlikni tug'dirgan. Bu fanning rivojlanishiga yomon ta’sir etmay,


balki o‘z navbatida modellashtirishda yana yangi qoidalarni yaratishga 
zaruriyat tug'dirdi. Endi boshqarishni to ‘g ‘ri tashkil qilishni matematik 
modelini yaratish ustida izlanishlar olib borila boshlandi va bu borada 
ham ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishildi.
Iqtisod ko‘p hollarda statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. 
Bularda izlanayotgan ko‘rsatkich aniq ko‘rinishda topilmasdan, balki 
unga ta ’sir etuvchi ko‘rsatkichlar orqali statistik funksiya shaklida 
ifodalanadi. Bunday modellar iqtisodiy-statistik modellar deb yuritiladi. 
Bunda, asosan, bog'lanishlar regressiya tenglamalari orqali yoziladi.
Modellashtirish jarayonining o'ziga xos muammolari bor. Hozirgi davrda 
iqtisodiyotda matematik modellashtirishning bosh muammosi ishlab 
chiqarilgan modellarni aniq va sifatli axborotlar bilan to‘ldirishdan iborat. 
Boshlang‘ich ma’lumotlarning to ‘la va aniqligi, ularni to'plash va qayta 
ishlash amaliyotda qanday modellarni qo'llash kerakligini ko‘rsatib beradi.
Iqtisodiyotda ko'pgina jarayonlar ommaviy xarakterga ega, ular 
ma’lum bir qonuniyatlar bilan tavsiflanadi. Bu qonuniyatlar esa bir 
yoki bir necha kuzatishlar asosida aniqlanishi qiyin. Shuning uchun 
iqtisodiyotda modellashtirish ommaviy kuzatishlarga asoslanishi kerak.
Boshqa muammo iqtisodiy jarayonlarning dinamikligida bo‘lib, ularning 
ko'rsatkichlarini o'zgarib turishiga va tarkibiy nisbatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Shuning uchun iqtisodiy jarayonlarni doimo kuz&tishga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy jarayonlarni va hodisalarning miqdoriy nisbatlarini o‘rganish 
iqtisodiy o'lchashlarga asoslanadi. O'lchashlarning aniqligi matematik 
modellashtirish yordamida bajariladigan miqdoriy tahlillarning aniqlik 
darajasini ko'rsatib beradi. Shuning uchun matematik modellashtirishdan 
sam arali fo y d a la n ish n i z aru riy sh a rti iq tiso d iy o 'lc h a s h la r n i 
takomillashtirishdan iborat.
Bozor iqtisodi sharoitida ham xo'jalikdagi iqtisodiy jarayonlar ommaviy 
xarakterga ega bo'lib, tasodifiylik komponentlarini o‘z ichiga oladi.
Ko'zda tutilmagan tasodifiyliklar - tabiiy hodisalar, xalqaro ahvoldagi 
o‘zgarishlar, ilmiy texnika yangiliklarining ochilishi va turli xil subyektiv 
ko'rsatkichlar hisoblanadi.
Iq tiso d iy o tn i rejalash tirish m etodologiyasi uchun iqtisodiy 
rivojlanishning aniqmaslik tushunchasi katta ahamiyatga ega. Bu 
tushunchaning umumiy mazmuni-bir qiymatlilikning yo'qligidir. Iqtisodiy 
prognozlashtirish va rejalashtirishdagi izlanishlarda ikki xil noaniqlik mavjud: 
iqtisodiy jarayonlar xususiyatlari bilan shartlangan haqiqiy aniqmaslik va 
bu jarayonlar haqidagi malumotlarni to‘la hamda aniq emasligiga bog'liq
14


bo‘lgan m a’lumotlarning aniqmasligi. Xalq xo'jaligi rivojlanishidagi 
noaniqliklar ikki sababga ko‘ra vujudga keladi: birinchidan, jarayonlarni 
rejalashtirish va boshqarishning borishi hamda bu jarayonlarga tashqi 
ta’sirning qaysi vaqtda amalga oshishini avvaldan aytib bo‘lmasligi va h.k. 
Ikkinchidan, davlat miqyosidagi rejalashtirish va boshqarish ijtimoiy 
hayotnng hamma tomonlarini qamrab olmasligi va h.k.

Iqtisodiy jarayon va hodisalaming murakkabligj va yuqorida aytilgan iqtisodiy 
tizimlarning xususiyatlari nafaqat matematik modellashtirishni qiyinlashtiradi, 
balki uning to‘g‘riligini, adekvat aks ettirishini ham qiyinlashtiradi. Iqtisodiyot 
modellarini va uning haqiqiyligini tekshirish va aniqlash murakkab metodologik 
muammo hisoblanadi. Umuman, modellar to‘g‘riligi tajriba yo‘li bilan 
aniqlanadi, lekin iqtisodiy modellar uchun bunday yo‘l bilan aniqlash 
imkoniyati yo‘q. Uni real jarayon yuz berganda tahlil qilish mumkin.
M atematikaning iqtisodiyotga qo'llanishi, iqtisodiy masalalarni 
matematika tili bilan ifodalash natijasida bu fanlar rivojlandi va amaliyotda 
yangi yo‘nalish «Iqtisodiy — matematik modellar» fani yuzaga keldi. 
«Iqtisodiy - matematik modellar va usullar» fani yordamida mahsulot ishlab 
chiqarish korxonasining iqtisodiy masalalarini yechish mumkin bo'ldi.
| Buning uchun avval cheklanishlar shartlari ifodalaniladi. Keyin esa
cheklanishlarni nazarga olgan holda funksiya tuziladi. Masalan, Iqtisodiy - 
matematik modellar va usullar fani asosida ishlab chiqaruvchi korxonaning 
umurniy mahsulotidan olinadigan umumiy foydasi yoki zararini hisoblash 
mumkin. Bu masalaning umumiy holda matritsa ko'rinishi quyidagicha:
Ax QB 
(1)
X > 0 
(2)
f (x) = CX => max (min) 
(3)
(1),(2) shartlar cheklanishlarni ifodalaydi.(3)tenglik esa Maqsad 
funksiyani ifodalaydi. Shunday qilib ,(1), (2) cheklanishlar, (3) Maqsad 
funksiya birgalikda, mahsulot ishlab chiqarish korxonasining Iqtisodiy - 
matematik modeli ifodalanadi. Bu Iqtisodiy - matematik modelda Q 
quyidagi belgilardan birini ifodalaydi.
Q = { > «
Agar Q tenglikni ifodalasa, bu holda (I) shart tenglamalar sistemasini 
ifodalaydi. Bunda
A- matritsa , yoki 
(a.) bunda t == I,m j = I, n,
15


Bu A matritsa nom a’lumlar oldidagi koeffitsentlardan tuzilgan tf 
xomashyolarni mahsulotlarning turlarini ishlab chiqarishga sarflanadigan 
normalarini ifodalaydi.
Modelda — V-vektor esa, xomashyolar zaxiralarini ifodalaydi. S ' 
vektor esa har bir mahsulotlar, har bir mahsulotlarning bir birligidan 
yoki birlik hajmidan olinadigan foydani ifodalaydi.
X -vektor, izlanayotgan m ahsulotlar turlarining birligini yoki 
noma’lum hajmlarini ifodalaydi. Shunday qilib, iqtisodiy - matematik 
modellar yordamida ekstremal masalalar yechiladi. Fizikaviy va matematik 
modellarga misollar:

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy matematik modellashtirishning asoslari va ahamiyati

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish