.1 .a. M illiy iqtisodiyotda matematik usullar va modellarni




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana27.01.2024
Hajmi0,64 Mb.
#147305
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-mavzu. Iqtisodiyotda matematik modellashtirish usulini qoʻllashga doir misollar

1 .1 .a. M illiy iqtisodiyotda matematik usullar va modellarni 
qo‘llashning zarurligi
Matematik usullar oddiy traditsion usullarni inkor etmasdan, balki 
ularni yanada rivojlantirishga va obyektiv o ‘zgaruvchan natija 
ko‘rsatkichlarini boshqa ko‘rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga 
yordarh beradi. Matematik usullarning va elektron hisoblash mashinalarining 
milliy iqtisodiyotni boshqarishda afzalliklaridan biri shundaki, ular 
yordamida. modellashtiruvchi obyektga faktorlarning ta ’sirini, natija 
ko‘rsatkichiga resurslarning o ‘zaro munosabatlarini ko'rsatish mumkin. 
Bu esa o ‘nlab tarmoqlar va minglab korxonalarda xo‘jalikni ilmiy asosda 
prognozlashtirish va boshqarishga imkon beradi.
Matematik usullar va modellarning ahamiyatini quyidagilarda ko'rish 
mumkin:
I. 
Iqtisodiy - matematik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul 
resurslaridan oqilona foydalaniladi.
II. Matematik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni 
rivojlantirishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
III. Matematik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni 
umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi.
IV. Iqtisodiy-matematik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat 
chuqur tahlil qilinibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan 
qonuniyatlarini ham ochish imkonini beradi. Shuningdek, ular yordamida 
iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.
V. Iqtisodiy-m atem atik usul va m odellar hisoblash ishlarini 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni 
yengillashtiradi va iqtisod xodimlarning mehnatini ilmiy asosda tashkil 
etadi va boshqaradi.
Asosiy iqtisodiy - matematik usullarga quyidagi usullar kiradi:
1. Matematik statistika. U quyidagi fanlarga bo'linadi:
a) dispersiya tahlili (analiz);
b) korrelatsiya tahlili;
24


v) regressiya tahlili; 
g) 
faktorli analizi; 
d) indekslar nazariyasi.
2. 
Ekonometriya:
a) iqtisodiy o'sish nazariyasi;.
b) tarmoqlararo balans;
v) ishlab chiqarish funksiyasi nazariyasi
g) talab va taklif tahlili.
3. Optimal programmalashtirish:
a) chiziqli programmalashtirish;
b) kasr-chiziqli programmalashtirish; 
v) butun sonli programmalashtirish; 
g) dinamik programmalashtirish.
d) stoxastik programmalashtirish;
e) o‘yinlar nazariyasi va boshqalar.
4. 
Bozor iqtisodiyotiga taalluqli usullar:
a) erkin raqobat (konkurensiya) modellari;
b) firmaga taalluqli modellar.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi obyektlarni matematik modellar 
yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi.
Model so‘zi lotincha modulus so'zidan olingan bo'lib^ o ‘lchov, 
me’yor degan ma’noni anglatadi.
Iqtisodiy model iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. 
Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan obyektga aynan 
mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan 
obyektning hamma tomonini aks ettirish mumkin. Shunda jarayonning eng 
xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi. Demak, modelning 
haqiqiyligi m a’lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga, tadqiqotchining 
malakasiga va modellashtirish jarayonida aniqlanadigan masalaning 
xarakteriga bog‘liq ekan. Shuni ham unutmaslik kerakki, juda soddalashtirilgan 
model quyidagi talablarga to‘la javob bermaydi va aksincha, murakkab 
model esa uni yechish jarayonida qiyinchiliklar tug'diradi.
Iqtisodiy-matematik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan 
tashkil topadi. Ularni alohida ko'rib chiqaylik:
Birinchi bosqich. Iqtisodiy jarayon har tomonlama nazariy sifat jihatdan 
tahlil qilinadi va uning parametrlari, ichki va tashqi informatsion aloqalar
ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi ko'rsatkichlar aniqlanadi.
25.

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 .1 .a. M illiy iqtisodiyotda matematik usullar va modellarni

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish