• Ключевые слова Учетная политика, техническое обеспечение, сельское хозяйство, фермерское хозяйство, бухгалтерский учет. Abstract.
  • Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet251/452
    Sana27.06.2024
    Hajmi8,84 Mb.
    #265988
    1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   452
    Bog'liq
    QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

     
    Kalit so‘zlar. 
    Hisob siyosati, texnik ta’minot, qishloq xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi, 
    buxgalteriya hisobi. 
    Аннотatsiя:
    В статье рассматриваются эффективные способы ведения 
    учетной политики в сельскохозяйственных предприятиях, в том числе 
    техническое обеспечение бухгалтерского учета в фермерских хозяйствах. 
    Ключевые слова
    Учетная политика, техническое обеспечение, сельское 
    хозяйство, фермерское хозяйство, бухгалтерский учет. 
    Abstract.
    The article examines the effective ways of conducting accounting 
    policy in agricultural enterprises, including the technical support of accounting in 
    farms. 
    Key words.
    Accounting policy, technical support, agriculture, farm, accounting. 
    Mavjud manbalarni, xususan, xorijiy, MDH mamlakatlari va respublikamizda 
    chop etilgan sohaga oid ilmiy va о‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda meyoriy 
    hujjatlarni о‘rganish shuni kо‘rsatdi-ki, ularda kо‘pincha “hisob texnikasi”, 


    535 
    “buxgalteriya hisobi texnikasi”, “hisobda qayd etish texnikasi”, “hisob yuritish 
    texnikasi” kabi atamalar uchraydi. Bu atamalar buxgalteriya hisobining analitik va 
    sintetik hisob registrlarida xо‘jalik operatsiyalarini yozish (qо‘lda bajariladigan yoki 
    avtomatlashtirilgan hisob sharoitida), ularda oborot va qoldiqlar chiqarish kabi 
    amallarni bildiradi. 
    Bizningcha, buxgalteriya hisobini tashkil etishdan to yuritish va hisobot tuzish 
    hamda taqdim etishga qadar barcha ishlarni mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan 
    holda texnik ta’minlash - hisob siyosatining texnik ta’minoti deb atalgani maqsadga 
    muvofiq. 
    Hisob siyosatining texnik ta’minoti buxgalteriya hisobining uslubiy va tashkiliy 
    jihatlarini zamon talablari darajasida amalga oshirishga yо‘naltirilgan tadbirlar 
    tizimidir. 
    Bunday tadbirlar tizimiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 

    xо‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xо‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi 
    namunaviy schyotlar rejasi va uni qо‘llash bо‘yicha yо‘riqnoma asosida ishchi 
    schyotlar rejasini ishlab chiqish; 

    dastlabki hujjatlar va ularni rasmiylashtirish qoidalari (buxgalteriyaning har 
    bir bо‘limi bо‘yicha, masalan, ish xaqi hisobi, materiallar hisobi va h.k); 

    sintetik va analitik hisob registrlarining korxona sharoitiga mos namunaviy 
    shakllarini tanlash va (yoki) ishlab chiqish; 

    zamonaviy EHM, axborot texnologiyalari, dastur ta’minoti va shu kabilar 
    negizida buxgalteriya hisobini kompterlashtirish; 

    sintetik va analitik hisob obyektlari bо‘yicha tasniflagich (kodifikator)lar 
    tuzish; 

    biznesni boshqarishning zamon talablariga javob beradigan malakali 
    buxgalterlar bilan ta’minlash; 

    hisob jarayonlarini optimallashtirishga doir tashkiliy-texnik va sanitariya-
    gigiyena tadbirlari; 

    ichki nazorat tizimini tashkil etish; 


    536 

    hisob xodimlari jamoasida ishlab chiqarish munosabatlari madaniyati va 
    mehnat taqsimotini tashkil etish; 

    hisobot tuzish va taqdim etishni tashkil etish. 
    Hisob siyosatining texnik ta’minotini shakllantiradigan tadbirlar tizimidagi 
    talablarning barchasi muhim hisoblanib, sanitariya-gigiyena masalalari va malakali 
    buxgalterlar bilan ta’minlash va buxgalteriya apparati xodimlari orasidagi muhit 
    sog‘lomligi birinchi omil hisoblanadi. Bu kо‘p jihatdan korxona rahbariyatining 
    malakali kadrlarga munosabati va tashkilotchilik layoqatiga bog‘liq. Shu bois, biz 
    tadqiqot jarayonida masalaning bunday jihatlariga tо‘xtalmasdan, tadbirlardan 
    ayrimlarining holati va ularni takomillashtirishga e’tibor qaratdik. Bizningcha, hisob 
    siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobining texnik ta’minotida ishchi schyotlar 
    rejasini tuzish va hisob registrlarini ularga mos ravishda tanlash muhim о‘rin tutadi. 
    G‘uzar tumani «Baxodur-VALI» fermer xо‘jaligi asosan о‘simlikchilik tarmog‘ida 
    faoliyat yuritib, paxtachilik va bug‘doychilik bilan shug‘ullanadi. №20 BHMSda 
    xodimlarning о‘rtacha yillik soni 20 kishigacha bо‘lishi kerak bо‘lgan talabga javob 
    beradi va uni kichik tadbirkorlik subyekti sifatida qayd etish mumkin. Uning 
    faoliyatiga soddalashtirilgan hisob yuritish shaklini joriy qilish mumkin. 
    20-sonli BHMS ning 5.3 bandida “Hisobning soddalashtirilgan shaklda tashkil 
    qilinishi uchun kichik korxona va mikrofirmalar, korxonalarning moliyaviy xо‘jalik 
    faoliyati buxgalteriya hisobining namunaviy schyotlar rejasi asosida mablag‘lar va 
    uning manbalari hisobini asosiy schyotlarda yuritish imkonini beruvchi va bu orqali 
    umuman buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni 
    ta’minlash imkonini beruvchi xо‘jalik muomalalarining buxgalteriya hisobi 
    schyotlarining qisqartirilgan ishchi rejasini tuzish huquqiga egaligi”
    59
    . belgilangan. 
    Shunga kо‘ra, qishloq xо‘jalik korxonasi sifatida asosan bir tarmoqqa ixtisoslashgan 
    fermer xо‘jaliklari soddalashtirilgan shaklda buxgalteriya hisobini tashkil qilishlari 
    uchun о‘zlarining ishchi schyotlar rejasiga ega bо‘lishlari zarur. Qishloq xо‘jaligida 
    hisobning jurnal-order shakli, bu shaklda hisobni tashkil etishning umumiy 
    59
    О‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartlari T.: О‘zBAMA nashriyot-axborot markazi,-
    2004.-167 б


    537 
    tamoyillariga muvofiq, qishloq xо‘jalik korxonalarining о‘ziga xos tomonlarini 
    hisobga olgan holda tuziladi.
    Qishloq xо‘jalik korxonalarida ishlab chiqiladigan schyotlar rejasi xо‘jalikning 
    ichki hisob obyektlarini tо‘liq qamrab olishi va ularni har birini о‘zida alohida aks 
    ettirishi lozim. Agrofirmalar tashkiliy tuzilishiga kо‘ra xizmat kо‘rsatuvchi tarmoq 
    hisoblanadi. Ular fermer xо‘jaligi va boshqa qishloq xо‘jalik korxonalaridan 
    mahsulot sotib olib, qayta ishlab xaridorlarga yetkazib berish funksiyalarini bajaradi. 
    Hozirgi vaqtda faoliyat kо‘rsatayotgan agrofirmalarning aksariyati qayta ishlash 
    majmualariga ega emas. Ular asosan qishloq xо‘jalik korxonalaridan tayyor 
    mahsulotlarni sotib olib qayta ishlash korxonalariga, aholiga yetkazib berish bilan 
    shug‘ullanmoqda. Ishlab chiqarishning bunday tuzulmasi agrofirmaning ishchi 
    schyotlar rejasida о‘z aksini topishi kerak. Agrofirmalar uchun namunaviy ishchi 
    schyotlar rejasi tadqiqot jarayonida ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga joriy 
    etilmoqda.
    Qishloq xо‘jaligida MTPlar ham muhim xizmat kо‘rsatuvchi tarmoq 
    hisoblanadi. Ular faoliyatining ham о‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Amaliyotda 
    kо‘pchilik holatlarda MTPlar tomonidan qilingan ishlab chiqarish xarajatlari 9400- 
    “Davr xarajatlari” schyotida hisobga olish hollari uchraydi. Fikrimizcha, xizmatlarni 
    ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga bunday yondashuv tо‘g‘ri emas. Chunki, 
    MTPlarning asosiy ishlab chiqarishi xizmatlar kо‘rsatishdan iborat. Shuning uchun, 
    ularning xizmat kо‘rsatish uchun qilingan xarajatlarini 2010-“Asosiy ishlab 
    chiqarish” schyotida hisobga olish maqsadga muvofiq bо‘ladi. 
    Ta’kidlash joizki, tashkil etish usulidan qat’iy nazar, buxgalteriya hisobining 
    kompyuterlatirilgan tizimi ham axborotlarga qо‘lda ishlov berishga asoslangan 
    tizimga о‘xshash bо‘lib, hisob siklining asosiy bosqichlarini ta’minlashi lozim. 
    Jumladan: 

    axborotlarni tо‘plash va rо‘yxatga olish; 

    ma’lumotlarni guruhlash, jamlash va saqlash; 

    foydalanuvchilarga axborotlarni taqdim etish. 


    538 
    Hisobni kompyuterlashtirish tajribalarini о‘rganish shuni kо‘rsatdiki, kо‘p 
    hollarda hisob jarayoninig barcha bosqichlari qamrab olinmasdan, hatto hisob 
    yuritish tamoyillari va uslubiga rioya qilmaslik holatlari ham mavjud. 
    Shunday qilib, kompyuterlashtirish sharoitida hisob siklining alohida 
    bosqichlarini amalga oshirish texnologiyasi ma’lum xususiyatlarga ega. Shu bois, 
    buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirishda hisob siklining uchala bosqichini amalga 
    oshirish xususiyatlarini batafsil kо‘rib chiqamiz. 
    Birinchi bosqichda, aniqrog‘i xо‘jalik hodisalarini dastlabki kuzatish, о‘lchash, 
    axborotlarni tо‘plash va rо‘yxatga olish bosqichida, qoidaga kо‘ra, xо‘jalik 
    operatsiyasining sodir bо‘lish fakti dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilib, ulardagi 
    ma’lumotlar buxgalter tomonidan SHEHMga kiritilishi lozim. Ta’kidlash joizki, 
    buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimida dastlabki hujjatlar xо‘jalik 
    muomalasini sodir etish uchun asos bо‘luvchi hujjat ma’lumotlari asosida 
    kompyuterda terib chiqarilishi ham mumkin.
    Dastlabki hisob ma’lumotlari nafaqat qog‘ozda, balki disket, disk, fleshka va 
    boshqa axborot saqlovchi vositalarda ham qayd qilinishi mumkin. Bu ma’lumotlarni 
    qо‘lda kiritish hajmini qisqartiradi. Birlamchi ma’lumotlarning axborotlarni 
    saqlovchi vositalarga yozilishi xо‘jalik muomalasi sodir bо‘lgan joyda amalga 
    oshirilishi mumkin. Masalan, moddiy boyliklar omborida о‘lchash va ma’lumotlarni 
    qayd qilish qurilmasi о‘rnatilgan. Hisob siklining birinchi bosqichida dastlabki 
    ma’lumotlar axborotlarni saqlash vositalarida taqdim etilganda buxgalterning asosiy 
    vazifasi uning ishonchliligini nazorat qilishdan iborat. Bunda nazorat usullaridan biri 
    ma’lumot olingan rо‘yxatlarni va EHM xotirasiga kiritilgan ma’lumotlarni о‘zaro 
    taqqoslash hisoblanadi.

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   452




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish