NAZORAT RISKINI PASAYTIRISHDA ICHKI AUDITNING AHAMIYATI




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/452
Sana27.06.2024
Hajmi8,84 Mb.
#265988
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   452
Bog'liq
QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

NAZORAT RISKINI PASAYTIRISHDA ICHKI AUDITNING AHAMIYATI 
O.Nizomov 
TMI mustaqil izlanuvchisi 
Ichki auditning iqtisodiy samaradorligi bevosita ichki auditni o’tkazish vaqtida 
bajariladigan auditorlik amallarining tarkibi va uning hajmiga bog’liq bo’ladi. 
Ma’lumki, tashqi audit singari ichki auditda ham qo’llaniladigan nazoratning usul va 
yondashuvlari tasnifi masalalari bir qator mahalliy va xorijiy iqtisodchilar tomonidan 
bir xil deb e’tirof etilgan. Biroq, ularning aksariyati bunda auditning ko’p son va 
tarkibli metodik usullaridan unumli foydalanishni muhim, deb ta’kidlashadi. Shu 
bois, ichki auditorning professional qirrasi ko’p sonli va tarkibli auditorlik amallarini 
samarali qo’llashni bilish jihati bo’lishi kerak.
Ichki audit jarayonida qo’llaniladigan auditorlik amallarini ikkiga: nazorat 
amallari va ichki audit amallariga ajratish mumkin. Nazorat amallari ham ichki audit 
amallari ham maxsus adabiyotlarda keng yoritilgan. Shuningdek, ichki audit 
amallariga iqtisodiy monitoring, axborotni tiklash, maslahat berish, o’qitish va 
boshqalarni kiritish mumkin.
Nazorat usullari bilan bir qatorda nazorat funktsiyasi bilan bog’liq bo’lmagan, 
lekin, ichki audit tizimining ajralmas elementi hisoblangan ichki audit usullari ham 
dolzarbdir. Ichki auditni amalga oshirish jarayonini tavsiflovchi usullarga 
quyidagilarni kiritish mumkin:
-
boshqaruv yoki boshqa konsalting xizmati – qiziqtirgan savollar bo’yicha 
axborot berish va qayta ishlash, saqlash, to’plashga qaratilgan, qaror qabul qilish va 
tushunishga imkon beruvchi auditorlik amallarini bajarishni nazarda tutadi; 
-
o’qitish xizmati – ichki audit samaradorligini ta’minlash maqsadida 
seminarlar, muhokamalar, suhbatlarni tashkil qilishni o’z ichiga oladi. Shuningdek, 
korxona xizmat bo’limlari o’rtasidagi o’zaro samaradorlikni ta’minlaydi, xatoliklarni 
bartaraf etadi; 
-
axborotlarni tiklash – empirik usullar bilan axborotlarning etishmayotgan 
bloklarini topishga yo’naltirilgan holda ichki auditning tahliliy amallarini o’tkazishni 
ifoda etadi; 


88 
-
iqtisodiy yoki boshqacha monitoring – ichki va tashqi iqtisodiy yoki boshqacha 
axborotlarni hisobga olish va ichki audit jarayoniga (korxona moliya-xo’jalik 
faoliyatining boshqa jihatlariga) ta’sirini o’rganish maqsadida ularni doimiy yig’ish 
va tahlil qilishni nazarda tutadi. 
Auditorlik tekshiruvi hujjatlariga ilova qilinuvchi ishchi audit hujjatlarining 
ro’yxatini tekshiruv o’tkazuvchi auditor belgilaydi va ushbu hujjatlarni tanlab 
tekshirish materiallaridan kelib chiquvchi takliflar va xulosalarni isbotlashda 
hujjatlarning ishonchliligi va maqbulligi hisoblanadi. Shuning uchun dalillarni 
tanlash bo’yicha cheklovlar belgilanmaydi. 
Ichki audit rasmiy auditorlik xulosasini tuzishni talab qilmaydi, ammo ichki 
audit hisobotini tuzishni talab qiladi. 
Auditorlik faoliyatining qoidalarida “auditorlik xulosasini imzolanishi sanasi” 
o’ta muhim hisoblanib, unda auditorning tekshiruv davri tugaganidan keyin yuz 
bergan hodisa uchun emas, balki ichki audit hisobotini imzolangan sanagacha yuz 
bergan hodisalar uchun javobgar bo’ladi. 
Ichki audit xizmati buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi 
lozim bo’lgan barcha mavjud holatlar va hodisalarning tegishli tartibda u (ichki audit 
xizmati) tomonidan aniqlanganligi, baxolanganligi va tekshirilganligiga ishonch hosil 
qilish kerak. 
Rejalashtirishdan keyin auditorlar guruhi moliyaviy xo’jalik faoliyatining audit 
tekshiruviga kirishadi. Auditorlik ishlarini rejalashtirish ishlarni to’g’ri tashkil qilish 
bo’linma faoliyatining o’z vaqtida tekshirilishini taminlaydi va korxonaning nazorat 
xizmati yoki ichki auditorlardan samarali foydalanishga imkoniyat yaratib beradi. 
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, aktsiyadorlik jamiyatlarida ichki audit 
xizmatining tizimli yo’lga qo’yilishi nazorat riskining pasayishiga va audit ishi 
sifatining oshishiga olib keladi. 


89 

Download 8,84 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   452




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NAZORAT RISKINI PASAYTIRISHDA ICHKI AUDITNING AHAMIYATI

Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish