• “Таълим тўғрисида”ги
  • Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/452
    Sana27.06.2024
    Hajmi8,84 Mb.
    #265988
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   452
    Bog'liq
    QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

    Фойдаланилган адабиётлар рўйхати. 
    1.
    Мирзиёев Ш.М. Олий таълим тизимидаги устувор вазифалар. 16 
    июнь 2021й. https://president.uz/. 
    2.
    Ўзбекистон Республикасининг
    “Таълим тўғрисида”ги 
    қонуни. 
    Т.2020 йил. 


    84 
    3.
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги 
    “Ўзбекистон Республикаси Олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлан-
    тириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ 5847 – сон фармони. 
    4.
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 1 апрелдаги 
    “Илм-фан соҳасидаги давлат сиёсати ва инновацион ривожлантиришдаги 
    давлат бошқарувини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 
    ПҚ-5047- сон фармони. 
    5.
    Высшee oбрaзoвaниe сeгoдня. 2008. № 8. Издaтeльскaя группa 
    «Лoгoс», 2008. - С. 5. 
    6.
    Кaрпeнкo М.П. Тeлeoбучeниe. М.: СТA, 2008. - С. 53. 
    7.
    Реморенко, И.И. Перспективы применения сетевой формы 
    реализации образовательных программ в сфере педагогического образования / 
    И.И. Реморенко, А.И. Рожков // Вестник Герценовского университета. - 2014. - 
    № 3-4. - С. 19-24.-https://lib.herzen. 
    8.
    Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги 
    маълумотлари. 
    9.
    https://gb.ru/blog/tsifrovizatsiya-ekonomiki/ 
     
    AKTSIYADORLIK JAMIYATLARIDA ICHKI AUDIT XIZMATINING 
    ASOSIY VAZIFALARI 
    Tursunov Sh. 
    TMI mustaqil izlanuvchisi 
    Iqtisodiyotimizning hozirgi sharoitida aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining 
    yanada ravnaq topishi hamda ularning xalqaro miqyosdagi aloqalari ko’lamining 
    kengayishi va rivojlanib borishi nafaqat son, balki sifat jihatidan yuqori saviyadagi 
    audit xizmatlariga bo’lgan talabni oshirmoqda.
    Ichki auditni tashkil etishdan asosiy maqsad-mamlakatimizda faoliyat 
    yuritayotgan korxonalarda buxgalteriya hisobining to’g’ri yuritilishini ta’minlash, 
    soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar to’g’ri yuritilishini 
    tekshirish, mulkdorlar manfaatini himoya qilish va boshqaruv organlari tomonidan 


    85 
    ularning manfaatlariga zid harakatlar qilinishining oldini olish, bunday holatlar 
    aniqlangan taqdirda bu haqda mulkdorlarni xabardor etishdan iborat. Ichki audit 
    xizmati korxona xodimlarining o’z vazifalarini yanada samaraliroq bajarishlariga va 
    shu bilan birga korxonaning ichki imkoniyatlarini aniqlash hamda ulardan to’liqroq 
    foydalanishga yordam beradi.
    Aktsiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ichki audit xizmatining asosiy 
    vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 

    kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan ta’minlashga va ichki auditni 
    amalga oshirish natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir 
    takliflar tayyorlash; 

    korxona boshqaruv organlariga ichki audit jarayonida aniqlangan 
    kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning 
    bartaraf etilishini nazorat qilish; 

    boshqaruv apparatiga o’z funktsiyalarini samarali bajarishi uchun auditorlik 
    nazorati bo’yicha tahlil materiallari, tavsiyalar va boshqa ma’lumotlarni berish orqali 
    yordam ko’rsatish. 
    Mazkur vazifalarni amalga oshirishda ichki audit xizmati jamiyat Kuzatuv 
    kengashiga bevosita bo’ysunadi. Unga ichki audit o’tkazish va uning natijalari 
    bo’yicha hisobot tuzishda muayyan talablar qo’yiladi. Ichki audit xizmati xodimlari 
    o’zlari o’tkazgan tekshirishlar natijalari buzib ko’rsatilganligi, ularga taqdim etilgan 
    yoki ular tomonidan xizmat vazifalarining bajarilishi munosabati bilan o’zlariga 
    ma’lum bo’lgan korxona sirini tashkil etuvchi axborotning maxfiyligiga rioya 
    qilinmaganligi uchun javobgar hisoblanadilar. 
    Demak, aktsiyadorlik jamiyatlarda, eng avvalo, o’zini - o’zi nazorat qilish va 
    aktsiyadorlar hamda investorlarning ishtirokini ta’minlash kabi muammolarning 
    bartaraf etilishi, ularni jamiyat faoliyati to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi 
    ta’kidlab o’tilgan. Aktsiyadorlik jamiyatlarida tashkil etilgan ichki audit xizmati 
    aktsiyadorlar va investorlarni jamiyatning moliyaviy hisoboti va buxgalteriya hisobi 
    ma’lumotlari bilan to’liq ta’minlanganligi, ularning mablag’laridan samarali va 
    oqilona foydalanilayotganligi o’rganadi. 


    86 
    Aktsiyadorlik jamiyati tashkil etilganda yoki ish faoliyatini boshlaganida biznes-
    reja tuzadi va ushbu reja asosida ish faoliyatini amalga oshiradi. Biznes reja kuzatuv 
    kengashi tomonidan tasdiqlanadi va barcha aktsiyadorlarga taqdim etiladi. Ichki audit 
    xodimlari dastlabki tekshirishni ushbu xujjatlarni o’rganishdadan boshlab, unga doir 
    barcha ma’lumotlarni tekshiradi.
    Ichki audit xizmati xodimlarining asosiy vazifalari kuzatuvchi kengashni 
    ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit xizmati amalga oshirgan ishlar 
    natijalari bo’yicha aktsiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruv tizimiini 
    takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash hisoblanadi. Ushbu vazifalarni 
    bajarishda ichki audit xodimlari tekshirish ob’ektlarini aniqlab, oldindan rejalashtirib 
    olgan bo’lishi lozim. Tekshirish ob’ektlari ichki auditorlar uchun juda muhim bo’lib, 
    ularni o’z vaqtida audit qilish hamda ichki audit jarayonida aniqlanadigan 
    kamchiliklar yuzasidan ma’lumotlarni aktsiyadorlik jamiyatining boshqaruv 
    organlariga tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish kerak. 
    Ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari 
    tomonidan qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, 
    buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning to’liq hamda to’g’ri 
    aks ettirilishi ta’minlanishini, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning 
    belgilangan qoidalariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek 
    jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya 
    etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya 
    organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi. 
    Fikrimizcha, aktsiyadorlik jamiyatlarida ichki auditning ahamiyati nafaqat 
    boshqaruv organlarini axborot bilan ta’minlaydi balki, aktsionerlarning ham 
    huquqlarini himoya qilishda hissasi ulkandir. Ichki audit xizmati xodimlari kuzatuv 
    kengashiga va aktsiyadorlar oldida jamiyatning buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan 
    foydalanib, ichki auditorlik hisobotini tuzadi va belgilangan tartibda kuzatuv 
    kengashiga hisobot beradi. Ichki audit xizmati xodimlari bevosita korporativ 
    boshqaruv xodimlari va kuzatuv kengashi tomonidan tayinlanadi va ularning 
    faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.


    87 

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   452




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish