838
bo’yicha har yillik amortizatsiya hajmini hisob-kitob qilish uchun butun foydali
ishlatish muddatidagi umumiy baholangan mahsulotlar yig’indisini va mazkur
muayyan yildagi mahsulotlarni aniqlash lozim. Budjet tashkilotida mahsulot sifatida
ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni,
ishlangan soatlar soni, o’tib bo’lingan
tonna-kilometrlar soni va boshqalar olinishi mumkin.
Budjet tashkilotida amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida
yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ishlar,
xizmatlar) hajmining natural ko’rsatkichidan hamda tugatish qiymatini ayirgan
holdagi asosiy fondlar ob’ektining boshlang’ich (tiklash) qiymatining asosiy fondlar
ob’ektini butun foydali ishlatish muddatidagi nazarda tutilayotgan mahsulot (ishlar,
xizmatlar) hajmiga nisbatan mutanosibligidan kelib chiqqan holda aniqlanishi
mumkin. Budjet tashkilotida asosiy fondlardan intensiv foydalanilganda, shuningdek
ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida asosiy fondlar
amortizatsiyasi quyidagi
usullarda hisoblanadigan jadallashtirilgan amortizatsiya yo’li bilan ifodalanishi
maqsadga muvofiq:
ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;
yillar summasi usuli (kumulyativ usul).
Budjet tashkilotida ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni
kamaytirish usuli amortizatsiyani hisoblash davrida amortizatsiyalanadigan aktiv
qiymatining kamayishini anglatadi. Mazkur usulga ko’ra teng maromli (to’g’ri
chiziqli) hisoblash usulidan ikki baravar amortizatsiya me’yori mazkur hisobot
davridagi asosiy vositaning tegishli qoldiq qiymatiga ko’paytiriladi. Ikki baravar
amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo’yicha amortizatsiyani
hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati boshlang’ich (tiklash)
qiymatidan
chegirilmaydi. Budjet tashkilotida ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni
kamaytirish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot yili boshidagi
asosiy fondlar ob’ektining qoldiq qiymatidan va mazkur ob’ektni foydali ishlatish
muddatiga bog’liq holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me’yoridan
kelib chiqqan holda aniqlanadi. Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) ko’ra har
839
yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan
amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya
ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to’liq yillar sonini
amortizatsiya muddatini
tashkil qiladigan yillar tartib sonlari summasiga bo’lish orqali aniqlanadi. Budjet
tashkilotida yillar summasi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining
yillik summasi asosiy fondlar ob’ektining tugatish qiymati ayirilgan holda
boshlang’ich (tiklash) qiymatidan hamda sur’atida ob’ektni foydali ishlatish
muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa - ob’ektni foydali
ishlatish muddati yillari soni summasining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Budjet tashkilotida hisobot yili davomida asosiy fondlar ob’ekti bo’yicha
amortizatsiya
ajratmalari
qo’llaniladigan
hisoblash
usulidan
qat’i
nazar
(amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari),
yillik summaning
1/12 miqdorida har oyda hisoblanadi. Mavsumiy tusdagi ishlab chiqarish budjet
tashkilotlariida
foydalaniladigan
asosiy
fondlar
bo’yicha
amortizatsiya
ajratmalarining yillik summasi hisobot yilida budjet tashkiloti tomonidan asosiy
fondlardan foydalanish davri mobaynida teng maromda hisoblanadi. Asosiy
fondlarning har xil turlariga (guruhlariga) nisbatan amortizatsiyani hisoblashning turli
usullari qo’llaniladi. Bunda bir turdagi asosiy fondlar ob’ektlari bo’yicha (markasi,
turi va boshqalar bo’yicha) faqat bitta usul qo’llaniladi. Tugatish qiymati asosiy
fondlarning amortizatsiyalanadigan qiymatini hisob-kitob qilishda muhim tarkibiy
omil
hisoblanadi.
Tugatish
qiymati
muhim
bo’lmagan
holatda,
u
amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblab chiqarishda hisobga olinmaydi. Agar
tugatish qiymati ahamiyatga ega bo’lsa, u asosiy fondlarni
xarid qilingan sana yoki
ularni qayta baholash sanasida belgilanadi. Tugatish qiymati asosiy fondlarning
xizmat muddati oxirida tugatish bo’yicha kutilayotgan xarajatlarga kamaytiriladi.
Demak, yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib shuni aytish mumkinki, budjet
tashkilotlarida ham asosiy fondlarning eskirish hisoblash usullarini xuddi xo’jalik
subyektlari kabi o’rgartisih mumin. Bu budjet tashkilotlarini asosiy fondlar ishchi
840
holatini yaxshi saqlab turish, asosiy fondlarning ma’naviy yangi bo’lishini
ta’minlashga ko’maklashadi.