“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
279 
- axborotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish. 
Badiiy va axborot (ommabop) matnlarni o'qishda tadqiqot o'qish qobiliyatining 
to'rtta guruhini baholaydi: 
- aniq berilgan ma'lumotlarni topish; 
- xulosalarni shakllantirish; 
- axborotni talqin qilish va umumlashtirish
- matn mazmuni, lingvistik xususiyatlari va tuzilishini tahlil qilish va baholash. 
Tadqiqot natijalarini sharhlash imkonini beruvchi omillar holati to'g'risida 
ma'lumot to'plash uchun so‘rovnomalar to'plami quyidagilarni o'z ichiga oladi: 
• O’quvchilar so'rovnomasi; 
• O'qituvchi uchun so'rovnoma; 
• Ota-onalar uchun so'rovnoma; 
• Maktab ma'muriyati uchun so'rovnoma. 
2021-yilda tadqiqot birinchi marta kompyuter asosida olib boriladi. Ammo 
O‘zbekiston o‘quvchilari birinchi marta qatnashayotganligi sababli yozma, qogʻoz 
shaklda o‘tkazildi. 
Joriy yilning 5-14-aprel kunlari Oʻzbekiston maktablaridagi 4-sinf 
oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash boʻyicha (PIRLS) 
xalqaro tadqiqotlar oʻtkazildi. 2001-yildan beri har besh yilda bir marotaba 
oʻtkazib kelinayotgan ushbu tadqiqotlarda mamlakatimiz ilk marotaba, dunyoning 
60 dan ortiq davlatlari qatorida ishtirok etdi. 
Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) 
tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur tadqiqot oʻquvchilarning umumiy oʻrta 
taʼlim muassasalarining boshlangʻich sinfida toʻrt yil mobaynida qay darajada 
bilimga ega boʻlganliklarini aniqlab, butun dunyo boʻylab qiyosiy tahlil oʻtkazadi.
Mazkur tadqiqotlarda respublikamizdagi 180 ta maktabda tahsil oluvchi 5 
948 nafar 4-sinf oʻquvchilari hamda ularning ota-onalari, maktab direktorlari va 
sinf rahbarlari ishtirok etishi koʻzda tutilgan boʻlib, tadqiqotda ishtirok etuvchi 
maktablar va oʻquvchilar tasodifiylik tamoyillari asosida tanlangan. Bunda 
maktablardagi taʼlim tili, shahar yoki qishloqda joylashganligi va oʻquvchilar soni 
kabi mezonlar ham inobatga olindi.
PIRLS asosiy tadqiqoti qogʻoz shaklida oʻtkazildi va unda 4-sinf 
oʻquvchilari matnni oʻqib tushunish darajalarini baholovchi test topshiriqlarini 
bajardilar hamda taʼlimga qiziqishlari, uy va maktab sharoitlari toʻgʻrisidagi 
shaxsiy fikrlarini namoyon etuvchi oʻquvchi soʻrovnomasini toʻldirdilar.
Shuningdek, ishtirokchi maktablar rahbarlari va tanlangan sinf rahbarlari taʼlim 
muassasasidagi taʼlim muhitini oʻrganuvchi maktab va oʻqituvchi soʻrovnomasini, 



Download 6,55 Mb.
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish