“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
74
Oripova Mavluda Qodirovna
BVXTXQTMOHM "Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi" kafedrasi
katta o’qituvchisi
TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI
FOYDALANISH - BUGUNGI DAVR TALABI
Annotatsiya: Maqolada “Innovatsion yondashuv”, “Innovatsion faoliyat”,
“Innovatsion pedagogika” tarzdagi tushunchalarning mohiyati va ta’limdagi
ahamiyati yoritlgan
O‘zbekistonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasida keyingi yillarda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev
rahnamoligida amalga
oshirilayotgan tub islohotlar jarayoni zamonaviy bilimlarni puxta o‘zlashtirgan,
raqobatbardosh va innovatsion texnologiyalarni qo‘llay oladigan yosh avlodni
tarbiyalashni talab etmoqda. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek,“... har
qanday islohot, xususan, millionlab
yoshlarning hayoti va kelajagiga bevosita daxldor bo‘lgan o‘zgarishlar har
tomonlama chuqur o‘ylab ish tutishni, yetti o‘lchab, bir kesishni talab qiladi.”
[1,516] Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
tahsil olayotgan yoshlarni o‘qitishda zamon
talablari darajasiga erishish, xorijiy
tajribalardan foydalanib, raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash zarurati ham bu
borada muhim ahamiyat kasb etadi.
Har qanday muammoli masalalarni hal etishda o‘z nuqtai-nazari bilan
yondashadigan, o‘z mustaqil fikriga ega, har bir masalada qat’iy qaror qabul qila
oladigan va izlanuvchan yoshlarni tarbiyalash uchun innovatsion texnologiyalardan
foydalanish o‘z oldimizga qo‘ygan ustuvor vazifalarni bajarishimizga
ko‘maklashadi.
“Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim
tizimi
oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtiradigan va
o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir bo‘lgan, zarur
qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.” [2,10] Bu
vazifani bajarishda muammoli masalalarni yoritishga imkon beradigan
texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Ta‘lim jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni faol qo’llash, ta’lim
samaradorligini oshirish
va amaliyotga joriy etish, bugungi kunning muhim
vazifalaridan biridir. O’quvchilarning fikr doirasi, ongi,
dunyoqarashlarini