|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashningBog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
77
foydalanishga alohida e’tibor berilayotganligining asosiy sabablari:
Birinchidan,
innovatsion
texnologiyalardan
foydalanishda
shaxsni
rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligi;
Ikkinchidan,
o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy
etish imkoniyatini berishi;
Uchinchidan,
o‘qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab,
samarali natija olgunga qadar bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib
olishga undashi;
To‘rtinchidan,
yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi
sababli, ularning qo‘llanilishi kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan zamonaviy
talablarni amalga oshirishni ta’minlashi;
Beshinchidan,
o‘qitish jarayonini qiziqarli olib borish, har bir o‘quvchiga
individual-kreativ yondashish imkonini berishidan iborat.[4,124]
Zero, hozirgi kunda qo’yilayotgan muhim talab ta’lim mazmuniga innovatsion
texnologiyalarni keng qamrovda joriy etishdir. Mazkur talab ta’lim jarayonida
muammoli vaziyatlar yaratib, o’quvchilar faolligini oshirish, mustaqil va ijodiy
fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, o’z nuqtai nazarini asoslay olish, ularni
nutqiy faoiyatiga tayyorlash, ta’lim samaradorligini oshirish kabi bir qator
vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashdek yuksak
mas’uliyat zimmasiga yuklatilgan o’qituvchilar innovatsion texnologiyalardan
foydalanish usullari bilan puxta qurollantirilgandagina, yuksak salohiyatli avlodni
tarbiyalash borasida o’z oldilariga qo’ygan eng muqaddas maqsadga erisha
oladilar. Yurtboshimiz aytganlaridek, “Yoshlarni o‘qitish, ularni ma’naviy va
axloqiy tarbiyalash, ularning bilim olishi va o‘zini-o‘zi kamolga yetkazishga
intilishini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim.” [1,422-b]
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz. Asarlar,1-jild. Toshkeht: O‘zbekiston, 2017, 591-bet.
2. Ishmuhamedov R.,Yuldashev M.Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik
texnologiyalar.-Toshkeht: Nihol, 2013, 279-bet.
3.
Abduqodirov
A.A.,Ishmuhamedov
R.J.,
Pardayev
A.
Innovatsion
texnologiyalar. “Iste‘dod” jamg’armasi 2010, 12-bet.
4. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion
texnologiyalar/Amaliy tavsiyalar.T.: “Iste’dod” jamg‘armasi, 2008.,124-bet.
|
| |