|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashningBog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
75
o’stirish, ularni erkin tinglovchidan, erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda
muhumdir. O’qituvchi darsda boshqaruvchi, o’quvchilar esa ishtirokchiga
aylanmog’i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi
ko’p qirrali samara keltiradi.
Zamonaviy ta’lim taraqqiyotida paydo bo‘layotgan “Innovatsion yondashuv”,
“Innovatsion faoliyat”, “Innovatsion pedagogika” tarzdagi tushunchalar ehtiyojlar
asosida kelib chiqqan bo‘lib, ularning maqsadi ta’lim sohasida o‘quv-tarbiya
jarayoni natijasini kafolatlaydigan o‘zgarish, yangilanishlar kiritishdan iborat.
Umuman, innovatsiyalar deganda, pedagogik tizimga yangiliklarni kiritish, o‘quv-
tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish, optimallashtirish orqali ijobiy, samarali
natijalarga erishish ko‘zda tutiladi. Innovatsiya jamiyat paydo bo‘lishidan boshlab
o‘zgarib kelmoqda. Ba‘zi pedagoglar “innovatsiya” so‘zini tor ma‘noda ta‘limni
takomillashtirish, zamonaviylashtirish desa, boshqalari unga kengroq tushuncha
bermoqda. Ta‘lim sohasidagi ayrim yangi tushunchalarni, islohot, o‘qitishni
zamonaviylashtirish,
takomillashtirish,
optimallashtirish
kabilar
bilan
almashtirmoqdalar. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda
(“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida : “Innovatsiya – inglizcha innovationas –
kiritilgan yangilik, ixtiro bo‘lib, ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga
asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mahoratni tashkil etish kabi
sohalardagi yangiliklar, faoliyat doiralarida qo‘llanilishi” deb ko‘rsatilgan.
O‘zbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxo‘jaeva
“innovatsiya” so‘ziga ta‘rif berib quyidagilarni e‘tirof etadi: “Innovatsiya”
(inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir. Yangilik kiritish ham ichki
mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o‘zaro
ta‘sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik – bu
bevosita: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar”. Innovatsion
texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik
va o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan
to‘liq foydalaniladi. Innovatsiya ta’lim mazmunida, shaklida, metodi va
texnologiyasida ijobiy o‘zgarishni ko‘zda tutadi. Innovatsiyalarning mohiyati
shundaki, ularning kiritilishi natijasida ta’lim sifatini oshishiga imkon yaratiladi.
Innovatsion ta’lim - ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish,
o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy
qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan
ta’lim. Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion
|
| |