• So‘zlar va ibora banki.
  • O‘qish va tinglash.
  • Interaktiv darslar.
  • Munozara va guruh ishi.
  • Multimedia materiallar.
  • Issn – 2181-4201 ta’lim




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/109
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #266161
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109
    Bog'liq
    talim transformatsiyasi

    Bog‘liqlik.
    O‘quvchilarga ikki tilga bog‘liq mavzularni o‘rganishlariga yordam berish. Masalan, 
    o‘quvchilarning o‘z oilalariga, do‘stlariga, maktab doirasida o‘tgan voqea va holatlarga oid gapirishlarini 
    o‘rganish umuman yod bo‘lgan tushunchalarni o‘rganishdan ko‘ra osonroq hisoblanadi. Shundan 
    hodisalarni nazarda tutgan holatda chet tilini o‘rgatish samaraliroq va manfaatliroq bo‘ladi. 
    So‘zlar va ibora banki.
    O‘quvchilar uchun foydali so‘zlar va iboralar bankini yaratish. Bu
    o‘quvchilarning o‘zlarining fikrlarini bayon etishlarini yaxshilaydi va ularni o‘z fikrlarini ifodalashlari 
    uchun muntazam vaqt ajratishga yordam beradi. 
    O‘qish va tinglash.
    Ingliz tilini o‘rganishda, o‘quvchilarga tezkor tarjimalar va tinglovchi amallar 
    kiritishga yordam berish. Masalan, qisqa romanlar, darsliklar yoki qiziqarli dasturlar orqali o‘quvchilarga 
    ingliz tilini foydalanish bilan bog‘liq muammolarni, kelgusida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
    qiyinchiliklar va xatoliklarni oldini olishi mumkin. 
    Interaktiv darslar.
    Interaktiv darslar va o‘yinlar orqali o‘quvchilarni ingliz tilini o‘rganishga 
    bo‘lgan qiziqishlarini orttirish va samarali darslar tashkil qilish mumkin. Bu kabi qiziqarli darslar 
    o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishi mumkin. 
    Munozara va guruh ishi. 
    O‘quvchilarning ingliz tilidagi bilimlarini mustahkamlash uchun 
    munozaralar va guruh ishlarini o‘tkazish. Ular o‘z fikrlarini boshqalar bilan ulashish va ingliz tilidan 
    foydalangan holda bilimlarini ifodalashlari uchun imkoniyat yaratadi. 
    Multimedia materiallar.
    Multimedia materiallar, masalan, video darslar, audiodarslar, va 
    interaktiv ilovlar, o'quvchilarga turli usullar orqali ingliz tilini o‘rganish imkoniyatlarini taqdim etadi.
    Real hayot uyg‘unligi.
    O

    quvchilarga ingliz tilini o‘rganishda real hayot uyg‘unligini taqdim 
    etish. Masalan, o‘quvchilar uchun maqolalar, video va audiomateriyallar orqali har kuni turli matbuotlar, 
    radio va televizor dasturlarini o‘rganishlariga yordam berish. Bu kabi metodlar ingliz tilini o‘rganishga 
    o‘quvchilarga juda katta yordamchi bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi bir-biridan farqli ravishda turli xil 


    o ‘rganish usuli va metodlariga moslashishi mumkinligini unutmagan holatda ushbu ta‘lim usullaridan 
    foydalanish integrallashtirish jarayoni uchun samarali xizmat qiladi desak adashmaymiz. 
    Bu integrallashuvning bir necha muhim foydali xususiyatlari mavjud: 
    1.
    Kommunikatsiya va muloqotni rivojlantirish: O‘zbek o‘quvchilari ingliz tilini amaliy ravishda 
    o‘rganish orqali, fikrlarini ingliz tilida ifodalash va muloqot qilish qobiliyatlarini mustahkamlashlari 
    mumkin. 
    2.
    Xalqaro aloqalar va ish imkoniyatlari: Ingliz tili dunyo bo‘ylab kommunikatsiyada ko‘p o‘rganilgan 
    tillardan biridir, shuning uchun O‘zbekistondagi o‘quvchilar uchun ingliz tili o‘rganishi, xalqaro ish 
    bozoridagi muvaffaqiyat uchun katta afzallikdir. 
    3.
    Texnologik rivojlanish: Bugungi kunda, ko‘plab texnologik resurslar (masalan, internet, elektron 
    kutubxona, veb-saytlar) ingliz tilida mavjud bo'lib, shuning uchun o‘zbek tilini ingliz tiliga 
    integrallash o‘quvchilarga texnologik ko‘nikmalar bilan tanishishda yordam beradi. 
    4.
    Tarixiy ma’lumotlar va mafkuralar: Ko‘plab zamonaviy fanlar, masalan, ilmiy tadqiqotlar
    akademik maqolalar va h.k., ingliz tilida yaratiladi. O‘zbek o‘quvchilari uchun bu matnlar bilan 
    tanishish, ularga yangi fikrlar va g‘oyalar olishda yordam beradi. 
    Bunday integrallashuvlar, o‘zbek tilini ingliz tilida o‘rganish uchun maqsadga muvofiq ta’lim 
    resurslari, pedagogik usullar va dasturlar ishlab chiqishni talab etadi. Bundan tashqari, o‘quvchilari va 
    o‘qituvchilar o‘rtasida aloqani mustahkamlash, motivatsiyani oshirish va ingliz tilini o‘rganishni 
    kuchaytirish maqsadida to‘g‘ri o‘qitishning ham muhim ahamiyati bor. 
    Ta‘lim sistemasini ya’ni ingliz tili bilan ona tilini integrallashning o‘ziga xos muhim jihatlari 
    mavjud. Avvalo o‘quvchi ingliz tilida gap strukturasi tuzilishini o‘rganishni boshlasa o‘z ona tilidagi gap 
    tuzilishiga ham beixtiyor ahamiyat berishni boshlaydi. Ikkinchidan tillarni bir biriga o‘zaro bog‘lash 
    o‘quvchilarda kuchli motivatsiya uyg‘otadi va ikkala fanga nisbatan qiziqishi ortadi. Tillarni o‘qitishda turli 
    zamonaviy metodlar va innovatsiyalarni qo‘llash esa o‘quvchilar ongida tushuncha hosil qilibgina qolamay, 
    uni mustahkam egallashga ham yordam beradi. 
    Bir qator tadqiqotchilar, o‘zbek tilini va ingliz tilini integrallashtirishning O‘zbekistonda ingliz tili 
    o‘rgatish metodologiyasini rivojlantirishga yordam berishi, ingliz tili bilan bog‘liq texnologiyalardan, 
    tahliliy pedagogik modellardan va boshqa innovatsion usullardan foydalanishni tavsiya qilishadi. Bu, 
    o‘zbek tili va ingliz tili bilan integrallashtirilgan darslar va o‘quv metodlarini amalga oshirish va 
    o‘qituvchilarning va o‘quvchilarining ixtisoslashtirilgan o‘qitish usullari bilan tanishliklarini oshirish uchun 
    muhimdir. 
    Quyida havola etmoqchi bo‘lgan metodlarimiz ham ushbu integratsion yondashuvga namuna bo‘la 
    oladi. 

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish