muloqot qilishdagi qo‘rquv va uyatchanglikni mana shu turdagi rolli o‘yinlarni sahnalashtirish orqali
yengish mumkin.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, endigina o‘z ona tilisini o‘rganayotgan o‘quvchi uchun o‘zga bir
chet tilni o‘rganish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonni yengillashtirish,
ikki tilni bir
biriga qiyoslab, taqqoslab o‘rgatish chet til o‘qituvchising mahoratiga bog‘liqdir. Chet til o‘rganish ko‘p
qirrali ta’limot bo‘lib, bu jarayonda inson murakkab psixologik o‘zgarishlarni boshdan kechiradi. Jumladan
ona tili bilan chet tilini taqqoslash jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayonda o‘rgatishning turli metod va
texnologiyalaridan foydalaniladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida
chet til bilan ona tilini
taqqoslab o‘rgatish samarali natija beradi. Chet til o‘rgatish uning metodikasiga oid bilimlarga ega
bo‘lishni taqozo etadi. Metodika va texnologiyalar chet til o‘rganish jarayonida muhim ahamiyat kasb
etadi. Xususan, ingliz tilida asosiy hisoblangan til ko‘nikmalari yani o‘qish, eshitish, yozish, gapirish ona
tilidada esa bolaning yozish va o‘g‘zaki nutq savodxonligi rivojlantirilishini inobatga olgan holda, bu ikki
tilni bir biriga integrallashtirib darslarni tashkil qilish hozirgi davr talablaridan biri hisoblanadi. O‘zbek tili
va ingliz
tili bilan integrallashuvi, o‘quv jarayonida o‘zbek tilining va ingliz tilining birgalikda
foydalanishining o‘quvchilarga qanday foyda keltirishini ilmiy va amaliy ravishda o‘rganuvchi so‘rovchilar
va tadqiqotchilar tomonidan muhokama qilingan mavzulardan biridir. Bundan tashqari, bu mavzu xususiy
o‘qitish metodlari,
dars rejalarini tuzish, o‘quv materiallarini tayyorlash, talabalarning motivatsiyasini
yuqori tutish va boshqa pedagogik asoslar bilan bog‘liqdir.